September 15

Sukunat ortida

6-BOB

Keyingi haftalar Sona uchun g‘alati darajada sokin o‘tdi u ilgari tinchlikni zerikish deb o‘ylardi endi esa tinchlikning qanchalik qadrli ekanini tushunardi.

Namjoon uning hayotiga qaytgan bo‘lsa-da, hech narsa avvalgidek tez sodir bo‘lmadi ular yana uchrashardi lekin endi har bir uchrashuvning o‘ziga xos ehtiyotkorligi bor edi go‘yo ikkalasi ham ko‘rinmas chiziqdan oshib ketishdan qo‘rqardi ba’zan ular bir necha soat birga yurishardi, ba’zan esa atigi yigirma daqiqa ko‘rishib, xayrlashishardi.

Namjoon Sonaning hayotini so‘rab-surishtirmasdi, Sona ham uning o'tmishini majburlab ochishga urinmasdi ular shunchaki hozirgi kunni yashashni o‘rganishardi.

Bir kuni Sona kutubxonada o'tirib, daftariga nimanidir yozayotgan edi deraza ortida kuzgi yomg‘ir yog‘ardi.
Telefoniga xabar keldi.

N: “Tashqaridaman.”

Sona beixtiyor jilmaydi u daftarini yopib, kutubxonadan chiqdi, Namjoon zinapoya yonida turardi qo‘lida ikkita issiq ichimlik bor edi Sona unga qarab kuldi.

S: Yana qahva?

N: Bugun sen tanlaysan.

Sona stakanni oldi ular yo‘l bo‘ylab sekin yurishdi bir necha daqiqa o'tgach, Namjoon to‘xtadi.

N: Charchamadingmi?

S: Yo‘q.

N: Unda yuramiz.

Bu juda oddiy suhbat edi ammo Sona ichidan bir narsani sezdi oldin Namjoon uning yonida bo‘lsa, atrofdagi hamma narsani unutardi endi esa u Namjoon bilan birga bo‘lib ham o‘zini yo‘qotmasdi.
Bu unga yoqardi.

Ular parkka yetib kelishdi daraxtlarning barglari sarg‘ayib, yo‘lakka to‘kilgandi Sona skameykaga o'tirdi Namjoon ham yoniga joylashdi bir muddat ular atrofdagi odamlarni kuzatishdi keyin Sona sekin gapirdi.

S: Bilasanmi, men ilgari seni yomon ko‘rishga harakat qilganman.

Namjoon unga qaradi.

N: Bilaman.

S: Lekin qo‘limdan kelmadi.

Namjoon javob bermadi, Sona davom etdi.

S: Chunki sening xatolaring bilan qilgan yaxshiliklaringni bir-biridan ajrata olmadim.

Namjoon boshini egdi.

N: Men ham o‘zimni oqlashga harakat qilmayman.

Sona unga qaradi.

N: Men noto‘g‘ri ishlar qilganman. Seni ba’zi narsalardan himoya qilaman deb, sening tanlovingni unutganman.

Sona jim qoldi bu Namjoondan eshitgan eng samimiy gaplardan biri edi.

S: Endi-chi?

N: Endi sen nima xohlasang, shuni tanlaysan.

S: Hatto seni tanlamasam ham?

Namjoon unga qaradi bir necha soniya jim turdi.

N: Hatto shunda ham.

Sona uning javobidan keyin ko‘zlarini pastga qaratdi u ichida iliq bir tuyg‘uni sezdi chunki ba'zan sevgi kimnidir ushlab qolish emasligini endi tushunardi ba'zan sevgi unga ketish imkoniyatini ham berish edi.

O‘sha kundan keyin Sona Namjoonga boshqacha qaray boshladi u hali ham hamma narsani unutmagan hali ham ayrim kechalari o'tmish yodiga tushardi ammo endi u o'tmishdan qochmasdi.

Namjoon ham o‘zgargan edi, u Sonaga xabar yuborardi, lekin javobni talab qilmasdi uchrashishni taklif qilardi, lekin Sona band bo‘lsa, xafa bo‘lmasdi, Sona ba'zan kun bo‘yi javob bermasa ham, Namjoon unga ketma-ket qo‘ng‘iroq qilmasdi bular mayda o‘zgarishlar edi ammo Sona uchun juda katta ma'noga ega edi.

Bir kuni Hana shaharga qaytdi Sona uni ko‘rishi bilan quchoqlab oldi ular uzoq vaqt gaplashishdi, Hana Sona bilan Namjoonning yana uchrashayotganini bilardi ammo u hech qanday fikr bildirmadi faqat Sona o‘z qarorini o‘zi qabul qilayotganiga ishonch hosil qilishni xohlardi.

H Unga yana ishonishni xohlaysanmi?

Sona bir muddat o‘yladi.

S: Ha.

H: Unda shoshma.

S: Shoshmayapman.

Hana jilmaydi.

H: Unda hammasi joyida.

Bu suhbatdan keyin Sona Namjoonga yozdi.

“Bugun ko‘rishamizmi?”

Javob bir necha soniyada keldi.

“Albatta.”

Kechqurun ular daryo bo‘yida uchrashishdi havo sovuq edi, Namjoon Sonaga issiq sharf olib kelgandi, Sona uni ko‘rib kuldi.

S: Men sovqotayotganimni qayerdan bilding?

N: Har safar sovuq bo‘lsa, qo‘llaring muzlab qoladi.

Sona unga qaradi u hali ham bunday mayda narsalarni eslab yurardi.
Sona sharfni oldi.

Sona: Rahmat.

Ular daryo bo‘yida uzoq yurishdi, shahar chiroqlari suv yuzida aks etardi, Sona birdan to‘xtadi Namjoon ham to‘xtadi.

S: Menimcha, biz avvalgidek bo‘la olmaymiz.

Namjoonning yuzida ozgina jiddiylik paydo bo‘ldi.

N: Bilaman.

S: Lekin balki bu yomon emasdir.

N: Nega?

S: Chunki avvalgidek bo‘lish o‘rniga yaxshiroq bo‘lishimiz mumkin.

Namjoon unga qarab qoldi, Sona birinchi marta uning ko‘zlarida qo‘rquv emas, umidni ko‘rdi.

Qish yaqinlashib kelardi.
Sona va Namjoonning uchrashuvlari esa odatga aylangandi ular endi bir-biridan qochmasdi, Sona Namjoon bilan o'tgan vaqtlarini yashirmasdi, Namjoon ham Sonaning hayotiga qaytish uchun hech qanday majburlash ishlatmasdi.

Bir kuni ular eski kitob do‘koniga kirishdi, Sona javonlar orasida kitob tanlayotganda Namjoon uzoqdan uni kuzatib turardi Sona birdan ortiga o‘girildi.

S: Nega qarayapsan?

N: Shunchaki.

S: “Shunchaki” deganing nima?

Namjoon jilmaydi.

N: Seni yana baxtli ko‘rish yoqimli.

Sona bir muddat jim turdi keyin kitobni yopib, uning yoniga bordi.

S: Men baxtliman.

N: Bilaman.

S: Va sen ham bunga sababchi bo‘lyapsan.

Namjoon javob bermadi ammo uning ko‘zlaridagi tabassum yetarli edi.

O‘sha kuni kechqurun ular shaharning baland joylaridan biriga chiqishdi quyida millionlab chiroqlar yonardi, Sona panjaraga suyangancha shaharga qaradi, Namjoon esa uning yonida turardi ular ancha vaqt jim qolishdi keyin Sona sekin qo‘lini Namjoonning qo‘liga yaqinlashtirdi ammo tegishdan oldin to‘xtadi, Namjoon buni sezdi u hech narsa qilmadi.
Sona o‘zi qaror qabul qilishini kutdi bir necha soniyadan keyin Sona uning qo‘lidan ushladi.
Oddiygina.
Sekin.
Ammo bu ular uchun juda katta qadam edi.

Namjoon uning qo‘lini mahkam siqib qo‘ymadi faqat qo‘lini shu holatda qoldirdi, Sona boshini uning yelkasiga qo‘ydi uzoq vaqt davomida ikkalasi ham gapirmadi bu safar sukut og‘ir emasdi bu sukut ichida xotirjamlik bor edi.

Oradan yana bir necha hafta o‘tdi, Sona endi bir narsani aniq bilardi u Namjoonni yana sevib qolayotganini tan olishdan qo‘rqmayotgandi bu eski sevgi emasdi bu yangidan qurilgan sevgi edi.
Ko‘proq ehtiyotkor.
Ko‘proq samimiy va eng muhimi — majburlashsiz.

Bir kuni Sona Namjoon bilan xayrlashayotganida to‘xtadi.

S: Namjoon.

N: Ha?

S: Menimcha, endi “yana birgamizmi?” deb so‘rashning vaqti keldi.

Namjoon unga qaradi bir necha soniya javob bermadi keyin jilmaydi.

N: Men ham shu savolni berishga qo‘rqib yurgandim.

S: Nega?

N: Chunki javobingni yo‘qotishdan qo‘rqardim.

Sona kulib yubordi.

S: Unda eshit.

U bir qadam yaqinlashdi.

S: Ha.

Namjoonning yuzida uzoq vaqtdan beri ko‘rinmagan chinakam tabassum paydo bo‘ldi ular yana birga bo‘lishdi ammo bu safar o'tmishdagidek emas bu safar ular bir-birini ushlab qolish uchun emas... bir-birini tanlagani uchun yonma-yon turishardi va Sona nihoyat tushundi: Ba'zi sevgilar bir marta yo‘qoladi.
Ba'zilari esa qaytib kelganda avvalgidan ham mustahkam bo‘ladi.
Ularning hikoyasi hali tugamagan edi aksincha, endi eng chiroyli qismi boshlanayotgandi.

Namjoon va Sona yana birga bo‘lganiga bir necha hafta bo‘lgandi ammo Sona bu holatga hali ham to‘liq ko‘nikmagandi ba’zan u uyg‘onganida bir necha soniya davomida hammasini tushunmasdi keyin telefonini olardi ekranda Namjoondan kelgan oddiy xabar turardi.

"Bugungi kuning yaxshi o'tsin.”

Shu kichkina xabar ham uning yuziga tabassum olib kelardi avvallari Sona sevgini katta va baland ovozli va’dalar deb o‘ylagan endi esa sevgi ba’zan ertalab yuborilgan bitta xabar, sovuq kunda berilgan issiq ichimlik yoki hech narsa so‘ramasdan yonida o'tirish ekanini tushunardi.

Namjoon ham o‘zgargandi u endi Sonaning har bir qadamini nazorat qilishga urinmasdi, Sona qayerga ketayotganini aytsa, shunchaki:

N: Yaxshi. Ehtiyot bo‘l.

deya javob berardi bu oddiy jumla Sonaga juda katta farqdek tuyulardi

Bir kuni Sona Hana bilan shaharda uchrashdi ular kichkina kafeda deraza yonida o'tirishardi.
Hana Sonaning yuziga qarab, bir necha soniya jim qoldi.

H: Baxtlisan.

Sona kuldi.

S: Shunchalik bilinib turibdimi?

H: Ha.

Sona derazadan tashqariga qaradi.

S: Men yana bunday bo‘lishini kutmagandim.

H: Men ham.

S: Ba’zan hali ham qo‘rqaman.

Hana uning qo‘liga sekin tegdi.

H: Qo‘rqishing yomon emas. Muhimi, qo‘rquv sening o‘rningga qaror qilmasin.

Sona bosh irg‘adi bu gap uning xayolida uzoq vaqt qoldi.

Kechqurun Namjoon uni kutib oldi ular odatdagidek birga yurishdi shahar sokin edi qishning sovuq havosi ko‘chalarga yoyilgandi Sona birdan to‘xtadi Namjoon ham to‘xtadi.

S: Men ba’zan yana hammasi qaytib kelishidan qo‘rqaman.

Namjoon uning nimani nazarda tutayotganini tushundi u o'tmish haqida gapirmadi faqat:

N: Agar yana qo‘rqib qolsang, menga ayt.

S: Har doim yonimda bo‘lasanmi?

Namjoon bir zum o‘yladi.

N: Men yoningda bo‘lishni xohlayman. Lekin sening yoningda qolishimni sen ham xohlashing kerak.

Sona unga qaradi bu javob unga yoqdi chunki Namjoon endi uning o‘rniga qaror qilmasdi.

Ular yana yurishni davom ettirishdi yo‘l chetidagi chiroqlar ostida ularning soyalari yonma-yon tushardi Sona bir narsani sezdi.
U endi Namjoonning qo‘lidan ushlashdan qo‘rqmasdi u o‘zini himoyasiz his qilmasdi chunki bu safar u xohlab turib uning yonida edi.

Bir oy o'tgach hayot asta-sekin odatdagi tartibiga qaytdi Sona o‘qishi bilan band bo‘ldi.
Hana o‘z ishlariga qaytdi.
Namjoon ham o‘z hayotini davom ettirdi ammo ular bir-birining hayotida doim joy qoldirishardi, ba’zan birga nonushta qilishardi ba’zan kechqurun uzoq yurishardi ba’zan esa umuman uchrashmasdan, telefonda qisqa gaplashishardi ularning munosabati endi dramatik voqealarga emas, oddiy kunlarga qurilayotgan edi aa Sona aynan shuni xohlardi.
Tinchlik.

Bir kuni Sona Namjoonning uyiga eski kitobini olib borish uchun bordi eshik ochilganda ichkarida eski suratlar solingan quti turardi, Sona uni ko‘rib qoldi u qutiga tegmadi faqat qarab turdi, Namjoon uning nigohini sezdi.

N: Xohlasang, ko‘rishing mumkin.

S: Yo‘q.

U bir oz o‘ylanib:

S: Bugun emas.

Namjoon bosh irg‘adi u Sonaning qarorini hurmat qildi, Sona shu payt yana bir narsani tushundi.

Ishonch — barcha eshiklarni birdaniga ochish emas ba’zi eshiklarni o‘z vaqting kelganda ochish.

Kechga yaqin Sona ketishga tayyorlandi eshik oldida bir necha soniya turib qoldi, Namjoon unga qaradi.

N: Nima bo‘ldi?

S: Hech narsa.

U jilmaydi.

S: Shunchaki... seni topganim yaxshi bo‘ldi.

Namjoon javob bermadi ammo uning ko‘zlaridagi iliqlik yetarli edi, Sona chiqib ketdi Namjoon eshik oldida bir muddat turib qoldi keyin stol ustidagi eski suratlar qutisiga qaradi u o'tmishni o‘zgartira olmasdi.
Sona ham ammo endi ularning oldida yangi vaqt bor edi.

Qor yog‘gan kecha birinchi qor kutilmaganda yog‘di Sona derazadan tashqariga qarab turardi telefoniga xabar keldi.

“Derazangdan qaragin.”

Sona hayron bo‘lib pardani ochdi ko‘chada Namjoon turardi u yuqoriga qarab, qo‘lini ko‘tardi.

Sona beixtiyor kuldi u ustiga kurtka kiyib, pastga tushdi, Namjoon hech narsa demadi ular shunchaki ko‘chada birga yurishdi qor asta-sekin ko‘payardi, Sona osmon tomon qaradi.

S: Bolaligimdan beri birinchi qor yoqqanda tilak tilardim.

N: Bu safar nima tilading?

Sona unga qaradi.

S: Aytmayman.

N: Unda amalga oshishini kutamiz.

Sona jilmaydi ular yana yurishdi.

Bir necha daqiqadan keyin Sona sekin Namjoonning qo‘lidan ushladi bu safar qo‘rqmasdan Namjoon ham uning qo‘lini ushlab turdi ular hech narsa demadilar ammo ikkisi ham bir narsani bilardi ularning sevgisi avvalgi holiga qaytmagan edi u undan ham boshqacha narsaga aylangandi.

Yangi sevgi.

O‘tmishni biladigan xatolarni unutmaydigan ammo baribir kelajakni tanlaydigan sevgi Sona ichida tilagan tilagini hech kimga aytmadi lekin uning ko‘zlaridan buni tushunish qiyin emasdi u tilagan narsa juda oddiy edi: amjoon bilan tinch va baxtli hayot va bu safar u bunga erishish mumkinligiga ishona boshlagandi🖤

.
.
.
.
.
Tamom.