Sukunat ortida
Minje ko‘rsatgan surat Sonaning qo‘lida titrardi suratda Hana tirik edi bu eng katta haqiqat edi ammo Sona suratning pastki burchagiga qarab qoldi u yerda sana yozilgan:
S: Unda nega to‘rt yil davomida uni o‘ldi deb o‘yladik?
Minje bir muddat jim qoldi keyin uning nigohi Namjoonga o'tdi.
M: Chunki kimdir shunday bo‘lishini xohlagan.
Sona Namjoonga qaradi, Namjoon hech narsa demadi bu sukut Sonani yanada g‘azablantirdi.
N: Men hammasini tushuntiraman.
Namjoon uning ko‘zlariga qaradi bu safar u qochmadi.
N: To‘rt yil oldin Hana yo‘qolmagan. U yashiringan.
N: Chunki uning qo‘lida juda muhim dalil bor edi.
Namjoon stol ustidagi eski telefonni oldi.
N: Teyonning oilasi bilan bog‘liq hujjatlar.
Sona jim qoldi endi voqealar asta-sekin bir-biriga ulanayotgandi.
O‘sha kun yomg‘irli edi Sona eski vokzalga Hana bilan uchrashish uchun kelgandi Hana qo‘lida oq qutini ushlab turardi u juda qo‘rqib ketgandek ko‘rinardi.
H: Men senga bir narsani ko‘rsatishim kerak.
Hana qutini ochdi, ichida hujjatlar, suratlar va kichkina fleshka bor edi Sona ularni tushunmasdi.
H: Men bularni tasodifan topib qoldim.
Hana javob berishdan oldin atrofga qaradi.
H: Namjoon ham bu ishning ichida.
Sona qotib qoldi, Hana darhol qo‘shimcha qildi:
H: Men Namjoonni yomon odam demayapman. Lekin u nimanidir yashiryapti.
Shu payt uzoqdan mashina ovozi eshitildi Hana birdan qo‘rqib ketdi.
Sona Hananing qo‘lidan ushladi.
Ammo Hana allaqachon orqaga chekinayotgan edi keyingi bir necha daqiqada hammasi juda tez sodir bo‘ldi Sona qochdi orqasidan kimdir kelayotganini eshitdi u qutini yashirishga urindi keyin Namjoon paydo bo‘ldi u Sonani to‘xtatmoqchi bo‘ldi ammo Sona undan qo‘rqib ketdi chunki u Hana aytgan gaplarni eslagandi, Sona qutini eski vokzalning polidagi yashirin bo‘shliqqa qo‘ydi va o‘ziga-o‘zi pichirladi:
“Agar men buni unutib qo‘ysam, qutini topadigan odam haqiqatni biladi.”
Keyin kimdir uning boshiga qattiq zarba berdi qolgan voqealar esa xotirasidan o‘chib ketdi.
Sona asta ko‘zlarini ochdi u nihoyat tushundi, u qutini o‘zi yashirgan Namjoon esa uni topgan ammo u qutini yo‘q qilmagan aksincha, to‘rt yil davomida yashirib kelgan.
S: Sen meni o‘sha kechadan keyin topding.
S: Va men hammasini unutgan edim.
S: Unda nega menga hech narsani aytmading?
N: Chunki o‘sha paytda seni kuzatayotgan odamlar bor edi.
S: Unda nega meni o‘zing kuzatding?
Namjoon javob bermadi Sona uning sukutini tushundi unga bu javob yoqmadi Namjoon haqiqatan ham uni himoya qilgan bo‘lishi mumkin edi ammo shu bilan birga, u Sonaning hayotini nazorat qilishga ham uringan.
S: Meni himoya qilish bilan hayotimni boshqarish bir xil narsa emas, Namjoon.
Namjoon ko‘zlarini undan uzmadi.
Bu safar u bahslashmadi Sona uchun aynan shu juda g‘alati edi.
Eshik sekin ochildi Doyon ichkariga kirdi qo‘lida yangi konvert bor edi.
Sona darhol uning oldiga bordi konvert ichida faqat bitta manzil bor edi eski teatr va pastida esa:
Sona yozuvga tikildi Namjoon konvertni ko‘rishi bilan jiddiylashdi.
S: Chunki to‘rt yil davomida boshqalar mening o‘rnimga qaror qabul qabul qilishdi.
U konvertni buklab cho‘ntagiga soldi.
S: Endi qarorni o‘zim qabul qilaman.
Namjoon bir necha soniya jim turdi keyin bosh irg‘adi.
Sona hayron bo‘ldi u Namjoon yana qarshilik qiladi deb o‘ylagandi ammo Namjoon faqat bitta gap qo‘shdi:
N: Lekin men uzoqdan kuzatib boraman.
S: Unda meni boshqarishga urinma.
Ammo ikkalasi ham uning bu va’dasini qanchalik bajarishini hali bilmasdi.
Eski teatr yillar davomida yopiq edi derazalari chang bosgan eshiklari esa zanglagan.
Sona ichkariga kirganida uning qadam tovushi bo‘sh zal bo‘ylab tarqaldi sahnada faqat bitta chiroq yonib turardi va uning ostida bir odam turardi uzun sochlari, qora palto va tanish yuz, Sona bir necha soniya qimirlamadi u odam asta boshini ko‘tardi Sona uning yuzini ko‘rib, nafasi ichiga tushib ketdi.
Sona ko‘zlarida yosh paydo bo‘lganini sezdi.
Hana javob berishdan oldin ko‘zlarini yumdi.
H: Chunki seni tirik qoldirishim kerak edi.
S: Men to‘rt yil davomida nima bo‘lganini bilmay yashadim.
Sona to‘xtadi, Hana unga qaradi.
H: Namjoon ham hammasini bilmagan.
Hana bir necha soniya jim turdi keyin zalning orqa tomoniga qaradi.
H: Sening xotiralaringni kim o‘chirganini biladigan yagona odam bor.
Hana javob berishga ulgurmasidan chiroqlar o‘chdi qorong‘ilik keyin orqadan eshik qattiq yopildi Hana Sonaning qo‘lidan ushladi.
Sona yuragi tez urayotganini sezdi uzoqdan qadam tovushi eshitildi.
Va qorong‘ilik ichidan tanish ovoz yangradi:
Ammo Hana uning qo‘lini yanada mahkam ushladi va pichirladi:
— Unga hali ishonishing yaxshi emas.
Sona esa ilk bor kimga ishonishni bilmay qoldi.
Teatr ichidagi qorong‘ilik Sonaning nafasini qisib qo‘ygandek edi.
Hana uning qo‘lini mahkam ushlab turardi.
Sahnadan uzoqroqda esa Namjoonning qadamlari eshitilardi.
Bir.
Ikki.
Uch.
Keyin ovoz:
Sona javob bermadi.
Hana uni sahna ortidagi tor yo‘lakka tortdi. Ular eski pardalar orasidan o'tib, qorong‘i xonaga kirishdi.
Hana eshikni sekin yopdi.
Bir necha soniya ikkalasi ham jim turdi.
H: Men Namjoondan qo‘rqmayman.
S: Unda nega “unga ishonma” deding?
H: Chunki Namjoon haqiqatni biladi. Lekin u haqiqatning faqat o‘ziga kerak bo‘lgan qismini aytadi.
Sona bu gapni tushunishga urinardi.
Hana cho‘ntagidan kichkina fleshkani chiqardi.
H: Mana shu sababli men to‘rt yil yashirindim.
Hana: Sen haqingdagi ma’lumotlar.
H: To‘rt yil oldin senga nima bo‘lganini tushuntiradigan ma’lumotlar.
Sona fleshkani oldi ammo shu payt eshikning narigi tomonidan ovoz eshitildi.
Eshik tutqichi qimirladi.
Hana Sonaga qaradi.
S: Yana meni yolg‘iz qoldirmoqchimisan?
H: Bu safar men seni tashlab ketmayapman.
U Sonaning qo‘liga kichkina kalit tutqazdi.
H: Bu kalit qutining ikkinchi bo‘limini ochadi.
S: Qaysi quti?
H: U qutining ichida hali sen ko‘rmagan narsa bor.
Sona Namjoonning ovozini eshitib, bir zum jim qoldi.
Hana esa uning ko‘zlariga qaradi.
Sona orqa eshikdan chiqib ketdi.
U teatrning orqa ko‘chasiga chiqqanida yomg‘ir yana boshlangandi.
Sona yugurmadi.
U shunchaki yurdi.
Qo‘lida fleshka.
Cho‘ntagida kalit.
Boshida esa yuzlab savollar.
Ammo bir narsani aniq bilardi:
Bu safar u hech kimga ko‘r-ko‘rona ishonmaydi.
Birdan uning telefoni jiringladi.
Ekranda: Namjoon.
Sona qo‘ng‘iroqqa javob bermadi.
Telefon yana jiringladi.
Keyin xabar keldi.
Sona xabarni o‘chirib tashladi.
Bir necha soniyadan keyin yana biri keldi.
U javob yozmoqchi bo‘ldi.
Ammo to‘xtadi.
Keyin telefonini o‘chirib qo‘ydi.
Sona Suxyon bilan birga fleshkadagi ma’lumotlarni ochdi.
Kompyuter ekranida yuzlab fayllar paydo bo‘ldi.
Ko‘pchiligi sana bilan nomlangan.
17.04
18.04.
19.04.
Sona birinchi faylni ochdi.
Eski videoyozuv.
Kamera stol ustida turgan.
Xonada Namjoon va Teyon gaplashayotgan edi.
N: Sona buni eslab qolsa, hammasi tugaydi.
Sona ekran qarshisida qotib qoldi.
T: Xotiralarini o‘zgartirish mumkinmi?
Video tugadi.
Sona chuqur nafas oldi.
Demak, Namjoon uning xotiralari bilan bog‘liq rejani bilgan.
Ammo uni o‘zi qilmagan.
Keyingi fayl ochildi.
Bu safar Hana ko‘rinardi.
Hana kameraga qarab turardi.
H: Agar Sona buni ko‘rsa, demak, reja ishlamagan.
H: Namjoon uning xotiralarini o‘chirmadi.
Sona hayrat bilan ekranga qaradi.
Ammo javob hali yo‘q edi.
Keyingi fayl avtomatik ochildi.
Qorong‘i xona.
Stul.
Va stulda o'tirgan odam.
Sona ekranga yaqinlashdi.
Yuz asta yorug‘likka chiqdi.
U odamni ko‘rib, yuragi tez ura boshladi.
Minje.
Sona ortga chekindi.
Videodagi Minje kameraga qaradi.
M: Agar Sona buni ko‘rayotgan bo‘lsa, demak, men yutqazganman.
M: To‘rt yil oldin uning xotiralarini men o‘zgartirdim.
Sona qo‘lidagi telefonni tushirib yubordi.
Xonada sukut cho‘kdi.
Ammo video hali tugamagan edi.
M: Men buni qilishni xohlamagandim.
M: Men faqat uni tirik qoldirmoqchi edim.
Ekran qoraydi.
Sona esa nihoyat hamma savollarning eng og‘ir javobini oldi.
Uning xotiralari tasodifan yo‘qolmagan.
Kimdir ataylab ularni yashirgan.
Va bu odam unga eng yaqin bo‘lganlardan biri edi.
Shu payt eshik taqilladi.
Sona va Suxyon bir-biriga qarashdi.
Yana taqillash.
Keyin ovoz:
N: Sona.
Sona ko‘zlarini yumdi.
U eshik tomon yurdi.
Ammo ochishdan oldin bir narsani angladi.
Endi u Namjoondan ham, Hanadan ham, Minjedan ham to‘liq javob ololmasdi.
Chunki ularning har birida sir bor edi.
Sona eshikni ochdi.
Namjoon qarshisida turardi.
Uning qo‘lida esa...
o‘sha oq quti bor edi.
Namjoon qutini Sonaga uzatdi.
N: Endi uni ochish vaqti keldi.
N: To‘rt yil oldin nima bo‘lganining oxirgi dalili.
Sona qutini oldi.
Ammo hali bilmasdi:
qutini ochishi bilan u nafaqat haqiqatni, balki o‘zining o‘sha kechadagi eng katta sirini ham bilib oladi
Xona ichidagi havo og‘irlashib ketgandi Sona stol ustidagi oq qutiga tikilib turardi to‘rt yil davomida yashiringan sir uning o‘z qo‘llari bilan berkitilgan sir va endi quti uning qarshisida turardi.
Namjoon eshik yonida jim turardi. U bu safar Sonaga yaqinlashmadi. Faqat uning qarorini kutdi, Sona qutini sekin stolga qo‘ydi qulfga kichkina kalitni soldi va quti ochildi.
Sona birinchi bo‘lib konvertni oldi uning ustida o‘zining qo‘lyozmasi bilan:
“Sona uchun. Agar hammasini eslasang, avval shuni o‘qi.”
Sona konvertni ochdi, ichidan bitta varaq chiqdi u o‘qiy boshladi.
Agar bu xatni o‘qiyotgan bo‘lsang, demak, men aytganimdek, xotiralaring qayta boshlagan, avvalo, Namjoondan qo‘rqma. Lekin unga ko‘r-ko‘rona ishonma, Hana haqida ham xuddi shunday.
Chunki ikkalangiz ham menga bir xil savol bergansiz: ‘Kimga ishonish kerak?’Javob esa hech qachon oddiy bo‘lmagan.”
Sona shu yerda to‘xtadi u Namjoonga qaradi, Namjoon nigohini olib qochmadi Sona yana xatga qaytdi.
“To‘rt yil oldin men hammasini bilib qoldim.
Teyonning oilasi noqonuniy ishlarni yashirayotganini bilardim. Men dalillarni topdim ammo ular bu dalillarni kim topganini ham bilib qolishdi.
Shuning uchun meni yo‘q qilishmoqchi bo‘lishdi.
Men qochdim ammo Sona meni topdi.”
Sona qog‘ozni mahkam ushladi demak, u Hananing oldiga tasodifan bormagan u o‘sha kuni uni izlagan.
“Men Sona bilan vokzalda uchrashdim.
Qutini unga berdim ammo bizni kuzatishayotganini sezdim.
Shuning uchun unga hamma narsani aytishga ulgurmadim.
Namjoon kelganida esa men undan yordam so‘radim.
U Sonani olib ketishini aytdi.
Men esa boshqa tomonga ketdim.”
U Namjoonning o‘sha kechadagi obrazini butunlay boshqacha tasavvur qilgan edi lekin xat hali tugamagan.
“Keyin Minje keldi.
U Sonani himoya qilmoqchi bo‘ldi ammo voqea uning nazoratidan chiqib ketdi.
Sona jarohat oldi va xotiralarini yo‘qotdi.
Minje esa buni yashirishga qaror qildi.”
Sona ko‘zlarini yumdi shuning uchun Minje videoda “uni tirik qoldirmoqchi edim” degandi uning xotiralarini o‘zgartirish qarori noto‘g‘ri bo‘lsa ham, sababi boshqa edi.
Sona xatning oxirgi qismini o‘qidi.
“Ammo bitta narsani men ham bilmayman.
O‘sha kechada bizni kim kuzatganini va kim Sona jarohat olganidan keyin uni olib ketganini.”
Demak, Minje uning xotiralarini o‘zgartirishdan oldin ham boshqa kimdir voqeaga aralashgan.
Sona: Men o‘sha kechada yolg‘iz qolmaganman.
Namjoon javob bermadi Sona uning yuziga qarab, javobni kutdi.
Sona birinchi marta uning bu javobiga ishongandek bo‘ldi chunki Junning ovozida yolg‘on emas, charchoq bor edi.
Sona qora daftarni ochdi birinchi sahifada sanalar yozilgan.
Keyin esa to‘rt yil davomida yozilgan qisqa yozuvlar, ba’zilari Hanaga tegishli, ba’zilari Sonaga.
Oxirgi sahifaga kelganda Sona qotib qoldi bu sahifadagi yozuv uning qo‘lyozmasi edi.
“Men hammasini unutishim mumkin. Lekin bir narsani unutmayman.”
“Bamjoon meni topganida, men undan birinchi navbatda bitta savol so‘rashim kerak.”
Sona hayron bo‘lib Namjoonga qaradi.
Namjoon boshini chayqadi, Sona daftarni aylantirdi orqa sahifada javob bor edi u sekin o‘qidi:
“Namjoon, sen o‘sha kechada meni nima uchun qutqarding?”
Xona jim bo‘lib qoldi, Sona Namjoonga qaradi.
Namjoon bir necha soniya indamadi.
N: Chunki sen mendan yordam so‘raganding.
Sona yuragi siqilib ketganini sezdi bu gap unga nimagadir juda tanish edi u ko‘zlarini yumdi va birdan yana bir xotira qaytdi.
“Iltimos, meni yolg‘iz qoldirma.”
Namjoon unga qo‘l uzatgan ammo shu payt uzoqdan mashina chiroqlari ko‘ringan, Namjoon Sonani o‘rnidan turg‘izgan.
Sona ko‘zlarini ochdi uning yuzidan yosh oqayotganini o‘zi ham sezmay qolgandi Namjoon bir qadam oldinga yurdi ammo Sona bu safar ortga chekinmadi.
S: Men seni yomon odam deb o‘ylagandim.
S: Balki sen hammasini to‘g‘ri qilmagandirsan.
S: Lekin sen meni tashlab ketmagansan.
Ularning orasida yana sukut paydo bo‘ldi bu safar sukut avvalgidek qo‘rqinchli emasdi ammo hikoya hali tugamagan edi.
Sona fleshkani kompyuterga uladi, ichida esa bitta fayl bor edi.
U faylni ochdi ekranda qorong‘i video paydo bo‘ldi kamera vokzalning tashqarisini ko‘rsatardi.
Hana chiqib keldi u atrofga qaradi keyin kim bilandir gaplashdi.
Kamera ovozni yaxshi yozib olmagan edi ammo bir necha soniyadan keyin boshqa odam kadrlarga kirdi.
Bu odamning yuzini ko‘rish qiyin edi ammo uning ovozi aniq eshitildi.
— Sona haqida hech kimga aytma.
— U allaqachon hammasini eslay boshladi.
Sona nafasi ichiga tushib ketdi.
Kadr qoraydi so‘ng oxirgi soniyada odamning yuzi yorug‘likka tushdi.
U bu yuzni tanirdi bu odamni u kecha Minjening videosida ko‘rgan edi ammo u bitta narsani tushunmayotgandi agar bu odam tirik bo‘lsa...
Nega hamma uni to‘rt yil oldin o‘lgan deb hisoblagan? Ekranda esa video tugadi.
Namjoon ham yuzini o‘zgartirdi Sona sekin unga qaradi.
Namjoon javob berishidan oldin telefon jiringladi ekranda noma’lum raqam.
Sona qo‘ng‘iroqqa javob berdi narigi tomonda bir necha soniya sukut bo‘ldi.
— Sona... nihoyat xotiralaring qaytdimi?
— Unda endi mening oldimga keladigan vaqt boldi.
Sona telefonni sekin tushirdi Namjoon unga qarab turardi.
Namjoon bu safar darhol javob berdi.
Sona ko‘zlarini katta ochdi chunki Namjoon unga to‘rt yil davomida akasi yo‘qligini aytgan edi ammo u tirik edi va endi u Sona bilan uchrashmoqchi edi.