September 8

Sukunat ortida

5-BOB

Namjoon akasi haqida gapirgandan keyin xona uzoq vaqt jim qoldi Sona endi hayron bo‘lishdan charchagandi to‘rt yil davomida u o‘z hayotining bir qismini bilmasdan yashadi. Har safar haqiqatga yaqinlashganida esa yangi sir paydo bo‘lardi.

Bu safar u qochmaslikka qaror qildi oq quti stol ustida ochiq turardi ichidagi hujjatlar, eski suratlar va fleshka endi yashirin emasdi Sona barcha fayllarni bir joyga yig‘di va sanalarni ketma-ket joylashtirganda, nihoyat voqealar tartibga tushdi:

17-aprel — Hana dalillarni topgan.

18-aprel — Sona va Hana vokzalda uchrashgan.

18-aprel, 23:41 — Namjoon ularni topgan.

19-aprel — Sona xotiralarining bir qismini yo‘qotgan.

Ammo bitta sana hammasidan muhimroq edi.

20-aprel.

O‘sha kuni barcha hujjatlar yo‘qolgan Sona papkaning oxirgi sahifasini ochdi u yerda bitta manzil bor edi, eski shifoxona u hech kimga aytmasdan o‘rnidan turdi.

Shifoxona shaharning chekkasida, yillar davomida yopiq turgan binoda joylashgandi Sona binoga kirganida chang bosgan koridorlar qarshisida cho‘zilib ketdi devorlarda eski bemorlar ro‘yxati osilib turardi, Sona ro‘yxatlarni tekshira boshladi va nihoyat uni topdi.

19.04.22 — noma’lum bemor.

Ism yo‘q faqat xona raqami:

307.

Sona uchinchi qavatga ko‘tarildi eshik yarim ochiq edi, ichkarida eski karavot va kichkina stol bor edi stol ustida esa bitta surat.
Hana.
Suratning orqasida:

“Men bu yerda uch kun bo‘ldim.”

Sona suratni ag‘darib, keyingi yozuvni o‘qidi.

“Meni kim olib kelganini bilaman.”

Sona yuragi tez ura boshladi pastida bitta ism bor edi, Namjoonning akasi, demak, to‘rt yil oldin hamma narsani boshqargan odam aynan u edi.

Hana undan qochgan, Minje Sonaning xotiralarini yashirgan, Namjoon esa uni himoya qilishga uringan ammo Namjoonning akasi to‘rt yil davomida soyada qolgan.

Sona birdan orqasidan qadam tovushini eshitdi va o‘girildi, Namjoon eshik oldida turardi bu safar uning yuzida avvalgi sovuqqonlik yo‘q edi u charchagan edi, Sona unga qaradi.

S: U shu yerda bo‘lgan.

Namjoon sekin bosh irg‘adi.

N: Ha.

S: Hana ham bilgan.

N: Ha.

S: Unda endi buni tugatamiz.

Namjoon hech narsa demadi faqat stol ustidagi suratga qaradi keyin telefonini chiqardi ekranda yangi xabar paydo bo‘ldi.

“Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsangiz, eski teatrga keling.”

Sona va Namjoon bir-biriga qarashdi bu safar hech kim qo‘rqmadi ular ikkalasi ham qayerga borish kerakligini bilardi.

Eski teatr yana qorong‘ilik ichida qolgan edi ammo bu safar zal bo‘m-bo‘sh emasdi.

Sahnada Hana turardi uning qarshisida esa Namjoonning akasi, Sona uni birinchi marta ko‘rdi u sokin edi go‘yo to‘rt yil davomida hech qanday jinoyat qilmagandek ammo Sona endi qo‘rqmasdi u qo‘lidagi telefonni yozuvga qo‘ydi barcha dalillar saqlangan edi.

Hana hammasini politsiyaga topshirishga tayyor edi Namjoonning akasi esa buni sezib qoldi u orqaga chekina boshladi shu payt tashqarida sirenalar eshitildi uning yuzidagi xotirjamlik bir zumda yo‘qoldi to‘rt yil davomida yashirilgan sir nihoyat ochilgandi, Minje ham kelgan edi u Sona oldida to‘xtadi uning ko‘zlarida aybdorlik bor edi.

M: Men kechirim so‘rashga haqqim yo‘qligini bilaman.

Sona unga uzoq qarab turdi keyin hech narsa demadi chunki ba’zi narsalar uchun bitta “kechir” yetarli emasdi politsiya Namjoonning akasini olib chiqib ketdi.

Hana esa Sonaning yoniga keldi to‘rt yil oldin ajralgan ikki qiz nihoyat yana birga turardi ammo ularning ortida boshqa hayot qolib ketgandi.

BIR NECHA HAFTA O‘TGACH

Shahar yana odatdagidek yashay boshladi yangiliklarda katta ish haqida gapirishdi yashirilgan hujjatlar topildi, Namjoonning akasining jinoyatlari fosh bo‘ldi, Minje tergovga yordam berdi, Hana esa boshqa shaharga ketishga qaror qildi, Sona oxirgi marta u bilan vokzalda uchrashdi.

Hana ketishidan oldin oq qutini Sonaga qaytardi bu safar quti bo‘sh edi.

H: Endi uni yashirishing shart emas.

Sona qutiga qarab jilmaydi uni yopdi va birinchi marta o'tmishni ortda qoldirishga tayyorligini his qildi.

Oradan uch oy o'tdi, Sona hayotini qayta boshladi endi u har kecha eski xotiralar bilan uyg‘onmasdi vokzal tushlariga kirmasdi, Hana tirik edi haqiqat oshkor bo‘lgan ammo Namjoon... u ketmagan edi.

Sona uni ba’zan shaharning narigi tomonida ko‘rardi u uzoqdan qarab turardi, lekin yaqinlashmasdi

Bir kuni yomg‘irli kechada Sona kutubxonadan chiqdi ko‘cha bo‘sh edi Namjoon daraxt yonida turardi bu safar u odatdagidek sovuq emasdi, sona uning yoniga bordi ular bir muddat jim turishdi, Sona nihoyat tushundi: Ularning hikoyasi sevgi haqida emasdi.
Bu — ishonchni qayta tiklash haqida edi.
O‘tgan voqealarni unutish emas.
Ulardan keyin qanday yashashni o‘rganish haqida.

S: Endi meni kuzatib yurishing shart emas.

Namjoom bosh irg‘adi.

N: Bilaman.

U ortiga o‘girildi Sona esa bir necha soniya uning ketishini kuzatdi keyin o‘zi ham boshqa tomonga yurdi bu safar hech kim hech kimni ushlab qolmadi chunki ular nihoyat bir narsani tushunishgandi: haqiqiy ozodlik — kimningdir yonida qolish emas, balki xohlaganing uchun qolishdir.

Yomg‘ir asta to‘xtadi, Sona osmonga qaradi to‘rt yil davomida uni ta’qib qilgan sukunat nihoyat tugagandi.

Oradan uch oy o‘tgan edi.

Shahar avvalgidek yashardi odamlar ishga shoshardi, kafelarda musiqa yangrardi, kechqurun ko‘chalardagi chiroqlar birin-ketin yonardi ammo Sona uchun hamma narsa o‘zgargandi to‘rt yil davomida uni ta’qib qilgan sirlar nihoyat ortda qolgandi. Hana tirik edi. Haqiqat oshkor bo‘lgandi. Uzoq vaqt davomida yashirilgan voqealar nihoyat o‘z nomini topgandi, Sona esa hayotini boshidan boshlashga urinardi u endi kechalari cho‘chib uygonmas edi, eski oq qutini ko‘rsa ham yuragi avvalgidek siqilmasdi ammo bitta narsa o‘zgarmagandi.

Namjoon.

U ketmagan edi faqat uzoqdan turardi ba’zan Sona uni ko‘chaning narigi tomonida ko‘rardi. Ba’zan kutubxona oldidagi kafeda yolg‘iz o‘tirganini payqardi.

Namjoon hech qachon uning oldiga kelmasdi Sona ham uni chaqirmasdi ular orasida uch oy davomida g‘alati sukut hukm surdi bu sukut avvalgidek og‘ir emasdi ammo tugamagan gaplarga to‘la edi, Sona ba’zan derazadan tashqariga qarab, o‘ziga bitta savol berardi:

“Agar u yonimga kelsa, men nima qilaman?”
Javobini bilmasdi.

Ammo yuragining bir chetida hali ham Namjoon uchun joy borligini inkor qila olmasdi.

O‘sha kuni yomg‘ir yog‘ayotgan edi Sona kutubxonadan chiqdi ko‘cha deyarli bo‘sh edi u soyabonini ochib, yo‘l chetidan yurarkan, daraxt yonida turgan odamni ko‘rdi.

Namjoon.

U qora palto kiygan, qo‘llari cho‘ntagida edi yomg‘ir yelkalariga tushardi u Sonani ko‘rdi ammo odatdagidek uning tomon yurmagancha, o‘sha joyida qoldi Sona bir necha soniya unga qarab turdi keyin o‘zi bordi ularning orasida bir necha qadam masofa qoldi.

U ketishga o‘girildi Sona esa uning ortidan qarab qoldi avvallari u Namjoon ketayotganini ko‘rsa, ichida g‘alati bo‘shliq paydo bo‘lardi bu safar esa u boshqacha tuyg‘uni sezdi uni to‘xtatgisi kelardi.

S: Namjoon.

U to‘xtadi sekin ortiga qaradi, Sona bir zum nima deyishini bilmay qoldi keyin faqat:

S: Qahva ichasanmi?

Namjoonning yuzida juda kichik tabassum paydo bo‘ldi.

N: Ichaman.

Ular yaqin atrofdagi kichkina kafega kirishdi bu oddiy qahva edi, oddiy stol, oddiy yomg‘ir ammo Sona uchun bu uch oy ichidagi eng muhim kecha edi chunki ular yana bir stol atrofida o'tirishardi bu safar sirlar bilan emas.

Ular uzoq vaqt gaplashishmadi, Sona oynadan tashqaridagi yomg‘irga qarardi, Namjoon esa unga xalaqit bermasdi oldingi Namjoon bunday qilmasdi u savol berardi va javob kutardi, Sona nimani o‘ylayotganini bilishga urinardi endi esa u shunchaki yonida o'tirardi.

Sona buni qadrladi chunki ishonch katta so‘zlardan emas, aynan shunday kichik narsalardan qaytishini tushuna boshlagandi.
Kechqurun ular kafedan chiqishdi yomg‘ir to‘xtagan edi, Namjoon ketish uchun o‘girildi Sona esa uning ortidan qarab turdi.

S: Ertaga ham qahva ichamizmi?

Namjoon to‘xtadi va Sonaga qaradi.

N: Agar xohlasang.

Sona jilmaydi.

S: Xohlayman.

Namjoon bosh irg‘adi.

Ular ikki tomonga ketishdi ammo bu safar ikkalasi ham bir narsani his qilgandi, bu xayrlashuv emasdi bu yangi boshlanish edi.

Keyingi kunlarda ular tez-tez uchrashadigan bo‘lishdi.
Ba’zan qahva.
Ba’zan kutubxona.
Ba’zan shunchaki shahar bo‘ylab uzoq yurish.

Ularning munosabati asta-sekin o‘zgardi, Sona yana Namjoonning yonida o‘zini erkin his qila boshladi Namjoon esa Sonaning hayotiga qaytishga urinmasdan, uning hayotida joy topishni o‘rgandi.

Bir kuni ular kechqurun parkda o'tirishardi, Sona qo‘lidagi kitobni yopdi.

S: Men seni sog‘ingan ekanman.

Namjoon unga qaradi.

N: Men ham.

Shu ikki jumla yetarli edi chunki to‘rt yil davomida aytilmagan minglab gaplar orasida eng muhimi shu edi ular hali ham bir-birini sog‘inardi ammo bu safar ular shoshilmasdi.
Chunki ikkalasi ham bilardi: Sevgi qaytishi mumkin lekin ishonchni qayta qurish uchun vaqt kerak va ular bu vaqtni bir-biriga berishga tayyor edi. 🖤

.
.
.
.
.
.
5-bob yakunlandi.