И всё-таки мы
Ertalab soat yettida Sona telefonining ovozidan uyg‘ondi, u bir necha soniya ko‘zlarini ochmay yotdi keyin telefonini qo‘liga olib, budilnikni o‘chirdi uyqusi rosa kelar edi juda ham
Kecha u Namjoon bilan deyarli tungi ikki yarimgacha yozishganini eslab, ko‘zlarini yumib yana bir necha soniya yotdi
Sona: Nega men kecha bunchalik uzoq gaplashdim?..
U o‘zidan so‘radi va o‘zi ham kulib yubordi, telefonini yana tekshirdi va yangi xabar bor edi Sona ekraniga qaradi.
Namjoon: Xayrli tong. Uygonishga qiynalmadingmi?
Sona hayron bo‘lib qoldi, u hali javob yozishga ulgurmay, yana bir xabar keldi.
Namjoon: Kecha "erta turishim kerak" deganding.
Sona jilmaydi
Namjoon: Men ham zo‘rg‘a uyg‘ondim.
Sona: Kecha meni uzoq gaplashishga majbur qilding.
Namjoon: Unda bugun erta uxlaymiz.
Sona telefonini qo‘ydi ammo yuzidagi tabassumni yashira olmadi.
Bir soatdan keyin LUNÉA repetitsiya zalida edi, musiqa baland ovozda yangrardi qizlar esa yangi xoreografiyani qayta-qayta mashq qilishardi.
Sona oynadagi aksiga qarab, harakatlarini tekshirdi.
Mina: Yana bir marta boshidan!
Rin: Menimcha, uchinchi marta yetarli.
Musiqa qayta boshlandi, bir necha daqiqadan so‘ng hamma polga o‘tirib qoldi.
Rin: Sen har besh daqiqada shuni aytasan.
Mina: Chunki har besh daqiqada charchayman.
Sona esa suv ichib, telefoniga qaradi ekranda yangi xabar bor edi.
Namjoon: Repetitsiyang boshlandimi?
Sona: Ha. Hozir o‘lib qolishim mumkin.
Namjoon: 😂 Shunchalik qiyinmi?
Mina Sona yoniga kelib, uning telefoniga qarashga urindi.
Sona telefonini darhol o‘chirib qo‘ydi.
Mina: "Hech kim" deganing juda qiziq.
Mina: Oxirgi ikki kundan beri telefoningga qaraganingda doim jilmayasan.
Sona: Men shunchaki yaxshi kayfiyatdaman.
Mina: Mayli, Hozircha ishonaman.
Mina qaytib ketdi Sona esa ichidan chuqur nafas oldi u hali qizlarga Namjoon haqida aytishni istamasdi chunki o‘zi ham bu tanishuv nimaga aylanishini bilmasdi.
Shu paytda Namjoon ham repetitsiyada edi, u raqs zalining o‘rtasida turib, qo‘lidagi suv idishini stolga qo‘ydi.
Jimin: Namjoon, sen bugun juda yaxshi kayfiyatdasan.
Jimin: Bilmayman. Doim kulib yuribsan.
Namjoon: Shunchaki kayfiyatim yaxshi.
Namjoon hech narsa demadi ammo bir necha soniyadan keyin telefonini yana tekshirdi, yangi xabar yo‘q edi u o‘zini nega xabar kutayotganini tushunmasdi.
Kecha ular endigina tanishishgan edi shunga qaramay, Sona bilan yozishgan suhbatlari unga yoqib qolgan edi.
Kunning ikkinchi yarmida LUNÉA fotosessiyaga bordi.
Sona navbatini kutib, telefonini qo‘lida ushlab o‘tirardi.
Menejer: Qizlar, bugun kechqurun yana bir tadbirga boramiz.
Menejer: Ha. Bir nechta artistlar qatnashadi.
Menejer telefonidagi ro‘yxatni tekshirdi.
Menejer: Bir nechta guruhlar bor. BTS ham qatnashadi.
Sona beixtiyor boshini ko‘tardi.
Mina: Nega birdan jim bo‘lib qolding?
Mina: Yana o‘sha "hech narsa".
Kechqurun tadbir bo‘lib o‘tadigan joyga yetib kelishdi bu safar zal kechagidek katta emasdi artistlar bir-birlarini ko‘rishlari va suhbatlashishlari uchun alohida joylar ham ajratilgan edi.
LUNÉA ichkariga kirgach, qizlar menejer bilan gaplashib turishdi.
Sona esa suv olish uchun chetga chiqdi u shishani ochayotganida orqasidan tanish ovoz eshitildi.
Namjoonning yuzida yengil tabassum bor edi.
Namjoon: Bugun ham uchrashdik.
Sona: Kecha "ertaga yana uchrashishimiz mumkin" deganding.
Namjoon: Men buni shunchaki aytgandim.
Sona: Ko‘rinishidan, to‘g‘ri chiqibdi.
Namjoon: Demak, omadli ekanman.
Ular yonma-yon turishardi atrofda odamlar ko‘p bo‘lsa ham, ikkalasi bir-biriga qarab gaplashayotganda go‘yo atrofdagi shovqin biroz uzoqlashgandek tuyulardi.
Namjoon: Bugungi repetitsiyang qanday o‘tdi?
Namjoon: Kecha aytganingdek, bugun erta uxlaymizmi?
Sona: Sen hozir ham kech qolasan-ku.
Sona: Demak, va’dangni buzmoqchisan.
Namjoon: Hali tun bo‘lgani yo‘q.
Bir necha soniyadan keyin Namjun jiddiyroq qaradi.
Namjoon: Bugun o‘zingni qanday his qilyapsan?
Sona: Yaxshi. Faqat biroz charchaganman.
Sona: Sen juda g‘amxo‘r ekansan.
Namjoon: Faqat yaqinlarim uchun.
Sona yuragi biroz tezroq urganini sezdi.
Sona: Demak, men yaqiningmanmi?
Ular yana bir-biriga qarab qolishdi.
Shu payt uzoqdan Mina Sonani chaqirdi.
Mina: Sona! Biz ketishimiz kerak!
Sona bir necha qadam yurdi keyin ortiga qaradi, Namjoon hali ham o‘sha yerda turardi u ham unga qarab turgan edi.
Mashina ichida Mina Sonani yoniga o‘tirdi bir necha daqiqa jimlikdan keyin Mina boshini Sona tomon burdi.
Mina: Yana "hech kim" bilan gaplashdingmi?
Sona: Sen hali ham shu mavzuni unutmadingmi?
Sona: Shunchaki bir tanishim bilan gaplashdim.
Mina: Mayli. Lekin sen nimanidir yashirayotganing aniq.
Sona derazadan tashqariga qaradi Seulning chiroqlari tez-tez o‘tib borardi u telefonini ochdi, yangi xabar kelgan edi.
Namjoon: Uyga yetib borganingdan keyin yoz.
Oradan bir soat o‘tib, Sona uyiga yetib keldi u xonasiga kirib, sumkasini qo‘ydi keyin telefonini oldi.
Sona telefonni qo‘ymoqchi bo‘ldi ammo yana xabar keldi.
Namjoon: Bugun seni ko‘rganimdan xursand bo‘ldim.
Sona bir necha soniya jim qoldi keyin sekin javob yozdi:
Bu safar boshqa xabar kelmadi Sona telefonini stolga qo‘ydi deraza oldiga borib, tungi Seulga qaradi kecha ular birinchi marta gaplashishgandi bugun esa yana uchrashishdi balki bu hamon tasodifdir balki yo‘q ammo hozircha Sona buni o‘ylashni istamasdi u shunchaki tabassum qildi va ich-ichidan ertangi kunni kutib qoldi.