August 21

За гранью тишины

2-BOB.

Sona eski uyning eshigini yopganidan keyin ham bir necha soniya o‘rnidan qimirlamadi yomg‘ir mayda tomchilar bilan yuziga urilardi. Sovuq havo kiyimlaridan o‘tib, badanini junjiktirardi, ammo u buni deyarli sezmasdi. Uning butun diqqati telefon ekranidagi so‘nggi xabarda edi.

“Agar Namjoon bilan qolishda davom etsang, uning asl yuzini ko‘rasan.”

Xabar ostidagi surat esa undan ham bezovta qilardi
"Namjoon, Teyo, Doyon"

Uchovlon bir xonada suratning eng dahshatli tomoni — xona Sonaga tanish edi u aynan hozirgina shu uyda, aynan shu devorlar orasida Namjoon bilan gaplashgandi Sona asta boshini ko‘tardi ikkinchi qavatdagi derazada Namjoon turardi, u uzoqdan ham ko‘rinardi ularning ko‘zlari bir necha soniyaga to‘qnashdi.

Namjoon hech narsa demadi Sona ham u mashinasiga o‘tirdi va eshikni qattiq yopdi dvigatel ishga tushdi ammo qo‘llari rulda qotib qolgancha, bir muddat mashinani harakatga keltira olmadi.

U Namjonga ishonmasdi lekin eng yomoni — Doyonga ham ishonmasdi, Teyonga esa umuman.

Uning hayotida birdaniga juda ko‘p savollar paydo bo‘lgandi va hech kim javob berishga shoshilmayotgandi Sona nihoyat mashinani haydab ketdi.


Shahar chiroqlari oynadan oqib o'tayotgan rangli soyalar kabi ko‘rinardi Sona bir necha marta orqa ko‘zguga qaradi avval hech narsa ko‘rinmadi keyin qora mashina paydo bo‘ldi u juda uzoqda edi.

Sona bunga e’tibor bermaslikka urindi, birinchi burilishda qora mashina ham burildi yana bir ko‘cha u ham.

Sonaning yuragi tez ura boshladi u tezlikni oshirdi qora mashina ham bu endi tasodif emasdi Sona telefonini oldi va Suxyonga qo‘ng‘iroq qildi, javob bo‘lmadi yana qo‘ng‘iroq qildi, jimlik.

Uchinchi marta qo‘ng‘iroq qilganida telefon avtomatik ravishda ovozli pochtaga o'tdi Sona telefonni tushirdi shu payt qora mashina yonidan o'tib ketdi Sona beixtiyor tormozni bosdi.

Mashina oldinda bir necha metr yurib, to‘xtadi bir necha soniya hech narsa sodir bo‘lmadi keyin eshik ochildi.

Sona yuragi tomog‘iga kelib qolganini his qildi u boshqa tomonga burilib, mashinani tezda harakatlantirdi yo‘lning chetida eski binolar ko‘rinardi u mashinasini ko‘chada qoldirib, piyoda qochishga qaror qildi.

Tor ko‘chalardan biri unga tanish edi Sona yugurdi orqasiga qaramadi qadam tovushlari eshitilardi kimdir uning ortidan kelayotgandi yomg‘ir kuchaydi.

Sona sirpanchiq yo‘lakdan o'tib, eski binoning ochiq eshigidan ichkariga kirib ketdi u qorong‘i xonada yashirindi nafasini sekinlashtirishga harakat qildi tashqarida qadam tovushlari to‘xtadi.

Bir necha soniya, keyin yana ammo qadamlar eshik oldida uzoq turmadi ular asta-sekin uzoqlashdi.

Sona ko‘zlarini yumdi shu payt telefoni titradi bitta yangi xabar.

“qochishni eplading”

Sonaning yuragi muzlab ketdi demak, u uni ko‘rgan va qayerga yashiringanini ham bilgan.

Sona telefonni mahkam ushladi keyingi xabar bir necha soniyadan keyin keldi.

“Doyon bilan uchrash.”

Sona xabarni o‘qib, qotib qoldi u hali Doyon haqida deyarli hech narsa bilmasdi ammo bu ism tobora uning hayotining markaziga aylanayotgan edi.


Soat o‘n birga yaqin Sona eski vokzal yaqinidagi tashlandiq binoga yetib bordi bu joy tunda butunlay boshqa ko‘rinardi, kunduz kuni tashlandiq va oddiy tuyuladigan bino qorong‘ilikda g‘alati darajada qo‘rqinchli edi.

Sona eshikni itarib ochdi, ichkarida sovuq havo va nam beton hidi bor edi u bir necha qadam yurdi.

D: kelasan deb oylamagan edim.

Ovoz qorong‘ilikdan eshitildi, Doyon asta yorug‘lik ostiga chiqdi Sona uni suratdan tanidi ammo u tasavvur qilganidan ancha boshqacha edi.

Doyonning yuzida charchoq bor edi. Ko‘zlari esa doimo atrofni kuzatardi, go‘yo kimdir uni ham kuzatayotgandek u qo‘lidagi kichkina qora fleshkani Sonaga uzatdi.

D: Buni ol.

Sona fleshkaga qaradi.

S: Ichida nima bor?

Doyon bir muddat javob bermadi.

D: To‘rt yil oldingi tun.

Sona qotib qoldi, Doyon davom etdi:

D: Sen bilmaydigan narsalar juda ko‘p.

Sona fleshkani oldi ammo shu payt yuqoridan shovqin eshitildi Doyonning yuzi bir zumda o‘zgardi u tepaga qaradi kimdir binoga kirgandi bir emas, bir nechta odam.

Doyon Sonaga qarab, qisqa ishora qildi ular yo‘lak bo‘ylab yugura boshlashdi yuqoridan qadam tovushlari kelardi Sona yuragi tez urgancha Doyon ortidan ergashdi.

Ular zinadan pastga tushishdi orqadagi eshik qattiq ochildi kimdir ularni ko‘rib qoldi Doyon boshqa eshikni ochdi va tashqariga chiqishdi.

Sona yomg‘ir ostida yugurishda davom etdi orqasiga qaraganida Doyon hali ham binoning eshigi oldida turganini ko‘rdi u unga qo‘lini ko‘tardi go‘yo “ket” degandek Sona esa to‘xtamadi.


Ko‘chaning oxiriga yetganida qora mashina to‘satdan uning oldida to‘xtadi Sona orqaga chekindi eshik ochildi va undan Namjoon tushdi.

Yomg‘ir uning qora kiyimlarini ho‘llab yuborgan edi u Sonaga qaradi keyin uning qo‘lidagi fleshkani ko‘rdi Namjoonning yuzi o‘zgardi.

N: uni senga Doyon berdi.

Bu savol emasdi Sona javob bermadi Namjoon unga yaqinlashdi, ammo bir necha qadam narida to‘xtadi.

N: Uni menga ber.

Sona fleshkani mahkam ushladi.

S: Yo‘q.

Namjoon bir muddat unga qarab turdi avvalgi kabi g‘azab yoki buyruq ohangi yo‘q edi aksincha, uning ko‘zlarida Sona ilgari ko‘rmagan narsa bor edi "Qo‘rquv"

N: Uni ochishga shoshilma,

Sona javob bermadi Namjoon ortiga qaradi uzoqdan odamlarning ovozi eshitilardi.

N: bu yerdan ket.

S: Sen-chi?

Namjoon bir necha soniya jim turdi.

N: Men hal qilaman.

Sona uning gaplariga ishonmasdi ammo bu safar u bahslashmadi va ortiga o‘girilib ketdi fleshka esa hali ham qo‘lida edi u endi bu kichkina qurilma ichida uning butun hayotini o‘zgartiradigan sir yashiringanini bilmasdi.

Sona o‘sha kecha uyiga qaytmadi u Suxyonning uyiga bordi, Suxyon eshikni ochganida, Sonaning yuzidagi ifodani ko‘rib savol bermadi faqat uni ichkariga kiritdi Sona kiyimlari ho‘l bo‘lsa ham, bunga e’tibor bermadi u stol ustiga fleshkani qo‘ydi Suxyon unga qaradi.

Sn: Bu nima?

Sona sekin javob berdi:

S: Javoblar.

Ular kompyuterni yoqdi va fleshka uladi, ichida bitta fayl bor edi.

04_17_22

Sona faylga uzoq qarab turdi va tugmani bosishdan oldin chuqur nafas oldi, video boshlandi tasvir bir necha soniya xira edi keyin eski uy ko‘rindi to‘rt yil oldingi uy yomg‘ir yog‘ayotgandi va derazalar esa yopiq, ichkarida esa uchta odam bor edi.

Sona ekranga yaqinroq o'tirdi yosh Namjoon kameraga qarab turardi uning yuzi hozirgidan ancha yosh, ammo ko‘zlari g‘alati darajada jiddiy edi bir necha soniya sukutdan keyin u gapirdi.

N: Agar Sona bu videoni ko‘rayotgan bo‘lsa, demak, men unga haqiqatni aytishga juda kech qolganman.

Sona qotib qoldi.

Video davom etdi kamera boshqa tomonga burildi Teyon deraza yonida turardi Doyon stol oldida nimanidir varaqlardi Teyonning qo‘lida qalin papka bor edi.

— U hech narsani bilmaydi, — dedi Teyon.

Doyon unga qaradi.

— Bilmasligi kerak.

Namjoon esa ularning gapini eshitib turardi.

N: Men unga aytaman.

Teyon kulimsiradi.

— Sen doim uni himoya qilishni o‘ylaysan.

N: Men uni yolg‘onda ushlab turmayman.

Sona ekranga tikilib qoldi bu gaplar unga g‘alati tanish edi go‘yo ularning davomini xotirasining eng qorong‘i burchagidan izlayotgandek, video davom etdi eshik ochildi yosh Sona uyga kirdi u hech narsadan shubhalanmasdi qo‘lida kichkina oq quti bor edi u xuddi o‘sha qutini stolga qo‘ydi

Sona hozirgi paytda ko‘zlarini yumdi u qutini eslardi ammo uning ichida nima bo‘lganini eslolmasdi.

Video ichidagi Namjoon qutini ko‘rib, birdan xavotirlandi.

N: Uni qayerdan olding?

Sona kulib javob berdi.

S: Men uni topib oldim.

Teyon va Doyon bir-biriga qarashdi, Namjoon esa qutiga tikilib qoldi

Keyingi daqiqalarda nima bo‘lgani videoda ko‘rinmadi kamera birdan polga tushdi, tasvir qaltiradi keyin qattiq ovoz eshitildi eshik yopildi video to‘xtadi.

Sona ekranga tikilib qoldi.

S: Yo‘q...

Suxyon faylni tekshirdi.

Video tugamagan edi keyingi qism esa parol bilan yopilgan.

Sona bir necha soniya o‘ylanib turdi keyin birdan xotirasida bir sana paydo bo‘ldi u klaviaturaga raqamlarni kiritdi, fayl ochildi, ikkinchi video boshlandi.

Bu safar kamera tashqarida edi qora mashina eski uyning oldida to‘xtadi mashina eshigi ochildi va undan Minje tushdi.

Sona nafasi ichiga tushib ketgandek bo‘ldi u Minjeni ishxonadan beri tanirdi va u bilan oddiy suhbatlar qilgan birga tushlik qilgan unga ishongan.

Video ichidagi Minje esa uyga kirib ketdi bir necha daqiqadan keyin Teyon bilan birga ko‘rindi, Teyon qo‘lidagi telefonni unga uzatdi.

T: U hali bilmaydi.

M: Namjoon aytib qo‘yishi mumkin.

Teyonning yuzidagi tabassum yo‘qoldi.

T: Unda bunga yo‘l qo‘ymaymiz.

Sona stuldan turib ketdi uning ko‘zlarida qo‘rquv paydo bo‘ldi Suxyon ham videoga tikilib qoldi ammo voqea shu bilan tugamadi.

Kamera yana silkinib ketdi Namjoon xonaga kirib keldi u qo‘lidagi papkani stolga tashladi.

N: Men hammasini bilib qoldim.

Teyon qotib qoldi Doyon esa boshini egdi Minje bir qadam orqaga chekindi Namjoon Sonaning oldiga borishga urindi ammo Teyon uning yo‘lini to‘sdi, video shu yerda yana uzildi.

Sona qo‘llarini stolga qo‘ydi uning ichida bir savol qayta-qayta takrorlanardi.

Nima bo‘lgan edi?

Nega hamma undan nimanidir yashirgandi?

Nega Namjoon uni himoya qilish bilan birga kuzatib ham kelgandi?

Nega Doyon unga yordam berayotgan edi?

Va eng muhimi... nega Minje o‘sha kecha u yerda bo‘lgan?

Sona javob topishga ulgurmay, telefoniga xabar keldi.

Noma’lum raqam.

“Videoni ko‘rding.”

Sona qotib qoldi, uning orqasidan ikkinchi xabar darhol keldi.

“Endi keyingi qismini ham ko‘r.”

Telefon ekranida yangi fayl paydo bo‘ldi Sona unga qarab turdi fayl nomi esa juda qisqa edi.

"SONA"

Suxyon uning yoniga keldi, ikkalasi ham ekranga tikilib qoldi Sona faylni ochdi.

Qorong‘i tasvir paydo bo‘ldi keyin kamera sekin ko‘tarildi va ekranda to‘rt yil oldingi Sona ko‘rindi ammo u yolg‘iz emasdi ning yonida Namjoon turardi, Namjoonning qo‘lida esa o‘sha oq quti bor edi.

Sona yuragi urishdan to‘xtagandek bo‘ldi.

Video ichidagi Namjoon kameraga qarab, birgina gap aytdi:

N: Agar bu yozuv topilgan bo‘lsa, demak, Sona endi hammasini bilishi kerak.

Ekran qorayib qoldi.

Sona qimirlamay qoldi chunki u endi tushundi:

Namjoon unga haqiqatni aytmagan edi ammo bu hikoyadagi eng katta sir Junning o‘zi emasdi, bu — Sona to‘rt yil oldin nimalarni bilganida edi.

Xona ichida bir necha soniya davomida hech kim gapirmadi kompyuter ekranidagi video allaqachon tugagan, ammo Sona hali ham unga tikilib o'tirardi. Ekran qoraygan bo‘lsa-da, uning ko‘z oldida o‘sha tasvir qayta-qayta takrorlanardi.

To‘rt yil oldingi Sona uning yonida Namjoon, Namjoonning qo‘lida esa oq quti va kameraga aytilgan o‘sha g‘alati gap:

“Sona endi hammasini bilishi kerak.”

Sona sekin o‘rnidan turdi xuddi uzoq vaqt suv ostida qolib, endi nafas olishga uringandek edi uning xotirasida nimadir uyg‘onayotganini his qilardi lekin bu oddiy xotira emasdi.

Bu — u yillar davomida o‘zidan yashirib kelgan narsa edi.

S: Men o‘sha qutini eslayman.

Suxyon unga qaradi.

Sn: Ichida nima bor edi?

Sona boshini chayqadi.

S: Bilmayman.

U ko‘zlarini yumdi, qorong‘ilik, yomg‘ir, eski uy, Namjoonning ovozi, keyin...

Hech narsa.

Go‘yo kimdir uning xotirasining aynan o‘sha qismini kesib tashlagandek Sona ko‘zlarini ochdi stol ustidagi telefon yana titradi, bu safar xabar noma’lum raqamdan emasdi.

Namjoon.

Faqat ikkita so‘z:

“Meni oldimga kel.”

Sona uzoq vaqt ekranga qarab turdi u Namjoonning oldiga borishni istamasdi, aslida, undan uzoqlashishi kerak edi ammo ayni paytda savollarning javobi faqat unda bo‘lishi mumkinligini ham tushunardi.

S: yaxshi boraman.

Sn: Yolg‘iz bormaysan.

Sona unga qaradi.

Sn: Bu safar seni yolg‘iz qo‘ymayman.

Sona indamadi ammo ich-ichidan u bu uchrashuv faqat Namjoon bilan bog‘liq emasligini sezardi kimdir ularni juda uzoqdan kuzatayotgandi va o‘sha odam keyingi qadamini allaqachon rejalashtirib bo‘lgan edi.

Oradan bir soat o'tgach

Namjoon Sonani shaharning chekkasidagi eski binoda kutib turardi bu safar ular uchrashgan joy uy emasdi bino tashqaridan qaraganda tashlandiq omborga o‘xshardi, ichkarida esa bir nechta chiroq yonib turardi.

Namjoon deraza yonida turib, tashqaridagi ko‘chani kuzatardi uning qo‘lidagi telefon bir necha marta titradi u xabarlarni o‘qidi keyin esa o‘chirib tashladi, eshik ochildi Sona ichkariga kirdi uning ortidan Suxyon ham kirdi.

Namjoon ularga qaradi nigohi birinchi bo‘lib Sonaga tushdi keyin esa Suxyonga.

N: Nega uni olib kelding?

S: Chunki men senga yolg‘iz ishonmayman.

Namjoon bir necha soniya jim qoldi u bahslashmadi stol ustida yana bir nechta papka bor edi Sona ularga qaradi Namjoon papkalardan birini ochdi, ichidan eski surat chiqdi Sona uni qo‘liga oldi suratda u va Namjoon to‘rt yil oldin birga turishardi.

Ammo bu suratni Sona ilgari ko‘rmagan edi syratning orqa tomonida sana yozilgan.

17.04

Sona barmoqlarini surat chetiga tekkizdi.

S: Bu surat qayerdan?

N: O‘sha kechadan.

S: Men uni eslay olmayman.

N: Bilaman.

Sona unga keskin qaradi.

S: Nega?

Namjoon javob berishga shoshilmadi u derazaga qaradi go‘yo aytadigan gaplari juda og‘ir edi.

N: Chunki o‘sha kechadan keyin sen hammasini unutishni xohlading.

S: Men?

N: Ha.

S: Nega?

Namjoon unga qaradi.

N: Chunki sen qo‘rqding.

Sona kulimsiradi, ammo bu kulgida hech qanday quvonch yo‘q edi.

S: Men nimadan qo‘rqdim?

Namjoon javob bermadi.

Sona: Namjoon.

N: Mendan.

Xonadagi havo birdan og‘irlashdi Sona unga tikilib qoldi.

S: Men sendan qo‘rqganmanmi?

Namjoon boshini egdi.

N: O‘sha kecha — ha.

Sona bir qadam ortga chekindi bu gap u kutganidan ham og‘irroq edi chunki u Namjoondan qo‘rqishni xotirasida saqlamagan u Namjoonning yonida bo‘lgan paytlarini faqat yaxshi xotiralar sifatida eslardi ammo endi bu xotiralarning o‘zi ham shubhali edi.

S: Menga hammasini aytib ber.

N: Hammasini aytishim uchun hali vaqt kelmadi.

S: Yana shu gap.

U stol ustidagi papkani yopdi.

S: Men to‘rt yil kutdim.

Namjoon unga qaradi.

S: Endi yana kutmayman.

Shu payt binoning yuqori qavatidan g‘alati shovqin eshitildi, Suxyon boshini ko‘tardi.

Sn: Bu nima?

Namjoon birdan jim bo‘lib qoldi u telefonini oldi ekranga qaradi va bir necha soniya o'tib, chiroqlar o‘chdi xona qorong‘ilikka cho‘mdi Sona beixtiyor ortga chekindi tashqaridan mashina eshigining qattiq yopilgan ovozi eshitildi keyin yana biri, Namjoon tezda stol yonidagi kichik fonarni yoqdi uning yuzi endi butunlay jiddiy edi.

N: Ular bizni topishgan.

S: Kim?

N: Teyon.

Sona yuragi tez ura boshlaganini sezdi Namjoon papkalardan birini oldi, ichidagi hujjatlarni tezda yig‘a boshladi Sona esa eshik tomonga qarab turardi bir necha soniyadan keyin tashqaridan qadam tovushlari eshitildi, sekin va og‘ir, bir necha odam.

Namjoon Sonaga yaqinlashdi.

N: Orqa chiqish bor, osha yerdan ket.

S: Sen bilan birga ketaman.

N: Yo‘q.

S: Nega?

N: Chunki agar ular meni ko‘rsa, sening ketishing osonroq bo‘ladi.

Sona unga tikildi.

S: Men seni tashlab ketmayman.

Namjoon bir zum unga qarab qoldi ammo bu safar uning ko‘zlarida g‘azab emas, xavotir bor edi.

N: Hozir qahramonlik qiladigan vaqt emas.

Eshik tutqichi qimirlaganida Sona gapirmadi Namjoon orqa eshikni ochdi uchovlon qorong‘i yo‘lakka chiqishdi ular zinadan pastga tushishdi yuqorida esa eshik ochildi odamlarning ovozi eshitildi.

Sona yugurayotib bir necha marta ortiga qaradi Namjoon eng oxirida kelardi u qo‘lidagi papkani mahkam ushlab olgan, ular binoning orqa tomoniga chiqishdi ammo ko‘cha ham bo‘sh emasdi narigi tomonda qora mashina turardi Sona to‘xtab qoldi Suxyon uning qo‘lidan ushladi.

Sn: Bu tomonga.

Ular boshqa ko‘chaga yugurishdi yomg‘ir yana boshlangan edi Sona nafas olishi qiyinlashganini sezdi orqada mashina ovozi eshitildi ammo bu safar Namjoon ularga ergashmadi.

Sona ortiga qaradi Namjoon ko‘cha o‘rtasida yolg‘iz qolgan edi uning qarshisida uch kishi turardi Sona uni uzoqdan ko‘rdi keyin qora mashina uning ko‘rish maydonini to‘sib qo‘ydi Sona to‘xtamoqchi bo‘ldi ammo Suxyon uni tortdi.

Sn: Yo‘q, Sona!

S: Namjoon!

Ammo javob bo‘lmadi ular ko‘chaning burilishidan o'tib ketishdi.

Yarim soat o'tgach Sona Suxyonning uyida deraza yonida turardi telefoniga qayta-qayta qarardi Namjoondan xabar yo‘q, qo‘ng‘iroq qilsa, telefon o‘chiq uning ichida g‘alati bo‘shliq paydo bo‘ldi.

Sona o‘zidan hayron edi u Namjoonga ishonmasdi undan ranjigandi uning ko‘p ishlarini kechira olmasdi ammo baribir uning biror narsaga duch kelganidan xavotirda edi.

Soat 03:17 bo‘ldi, telefon birdan titradi bitta yangi xabar.

“Derazadan qara.”

Sona qotib qoldi u sekin derazaga yaqinlashdi va pardani ochdi ko‘cha qorong‘i ammo narigi tomondagi daraxt yonida bir odam turardi Sona darhol chiroqni o‘chirdi Suxyon uyg‘ondi.

Sn: Nima bo‘ldi?

Sona unga javob bermadi u derazadan uzoqlashdi telefon yana titradi.

“U seni topishidan oldin sen uni top.”

Xabar jo‘natuvchi: Doyon.

Sona telefonni mahkam ushladi, Doyon tirik edi ua u nimanidir bilardi.


Ertalab Sona Doyon bilan uchrashish uchun eski kutubxonaga bordi bu safar u yolg‘iz edi.

Doyon eng chekka stol yonida o'tirardi uning yuzi kechagidan ham charchagan ko‘rinardi stol ustida eski magnitofon turardi.

D: Buni eshit.

U tugmani bosdi bir necha soniya shovqin eshitildi keyin ovoz, Namjoonning ovozi ammo ovoz juda yosh edi.

“Sona hali hech narsani bilmaydi.”

Keyin Teyonning ovozi.

“Bilmasligi kerak.”

Yana bir ovoz, bu safar Sonaning o‘z ovozi.

“Men hammasini eshitdim.”

Sona qotib qoldi u o‘z ovozini eshitgan edi ammo bu gapni eslay olmasdi Doyon magnitofonni o‘chirdi.

S: Bu qachon yozilgan?

D: O‘sha kecha.

S: Men nimani eshitganman?

D: Men bilmayman.

S: Bilasan.

Doyon unga uzoq qaradi.

D: Men faqat shuni bilamanki, o‘sha kechadan keyin sening xotiralaring o‘zgardi.

S: Kim qildi?

Doyon javob bermadi.

S: Namjoonmi?

D: Yo‘q.

Bu javob juda tez aytildi Sona buni darhol sezdi, Doyon o‘rnidan turdi.

D: Senga yana bir narsani ko‘rsatishim kerak.

U eski suratni oldi.

Faqat Sona, u eski uyning oldida turgan suratning chetida esa yana bir odam bor edi yuzini ko‘rib bo‘lmasdi ammo uning qo‘lida aynan o‘sha oq quti bor edi Sona suratni ko‘rib, asta nafas oldi.

S: Bu odam kim?

Doyon unga qaradi.

D: Sen uni bilasan va taniysan.

S: Kim?

D: O‘zing eslashga harakat qil.

Sona suratga tikildi xotiralar yana qaytishga urindi yomg‘ir, qorong‘i xona, oq quti, Namjoon, Teyon, Doyon va.... yana bir ism.

Sona ko‘zlarini yumdi uning boshida birdan og‘riq paydo bo‘ldi u bir qadam ortga chekindi.

S: Men...

D: Sona?

U boshini ushlab qoldi va nihoyat bir parcha xotira qaytdi, to‘rt yil oldingi tun u eski uyda yolg‘iz emasdi u Namjoon bilan bahslashayotgan edi keyin eshik ochilgan, kimdir ichkariga kirgan Sona o‘sha odamning yuzini ko‘rgan.

U yuz...

Sona ko‘zlarini katta ochdi.

S: Yo‘q...

D: Kimni ko‘rding?

Sona unga qaradi ammo javob berishga ulgurmasidan kutubxonaning eshigi ochildi va ikkalasi ham bir vaqtda o‘girildi.

Eshik oldida Namjoon turardi uning kiyimlari nam, yuzida charchoq bor edi ammo eng qo‘rqinchlisi — uning qo‘lida Sona ilgari hech qachon ko‘rmagan eski oq quti bor edi.

Namjoon Sonaga tikildi.

N: Sen nihoyat eslayapsan.

Sona qimirlamadi, Doyon esa sekin ortga chekindi chunki ularning uchalasi ham tushunib ulgurgandi: to‘rt yil oldingi tun hali tugamagan edi.

.
.
.
.
.
.
2-bob yakunlandi.