August 14

За гранью тишины

SUKUNAT ORTIDA

1-BOB. SOYADAGI ODAM

Seul tunlari ham uyg‘oq edi.

Yomg‘ir shahar ko‘chalarini yuvib, neon chiroqlarning aksini nam asfaltga sochardi. Mashinalar shovqini uzoqdan eshitilar, baland binolarning derazalarida esa hali ham chiroqlar yonib turardi.

Sona deraza yonida jim turardi qo‘lidagi qahva allaqachon sovib bo‘lgandi ammo u buni sezmasdi uning xayolida faqat bir ism bor edi.

Kim Namjoon.

U bu ismni yillar davomida unutishga harakat qilgan lekin ba'zi insonlar hayotingizdan ketishi mumkin xotiralaringizdan esa emas.

Stol ustida oq konvert yotardi Sona unga yana bir bor qaradi konvertni ertalab eshigi yonidan topgandi unda ism ham, manzil ham yo‘q edi, ichida esa bitta surat bor edi Sona suratni qo‘liga oldi suratda deraza qarshisida turgan erkak ko‘rinardi yuzini ko‘rib bo‘lmasdi ammo Sona uni tanidi.

Namjoon.

U suratni ag‘darib qaradi.

Orqa tomonida qora siyoh bilan yozilgan bitta jumla bor edi:

“Ba'zi sirlarni o‘tmishda qoldirgan ma'qul.”

Sona bir necha soniya yozuvga tikilib turdi.

S: Bu hazil bo‘lsa kerak...

U suratni stolga qo‘ydi ammo shu payt telefon jiringladi"noma'lum raqam" Sona qo‘ng‘iroqqa javob bermadi telefon yana jiringladi va yana, nihoyat u javob berdi.

S: Alo?

Jimlik, faqat narigi tomondan sekin nafas olish eshitilardi.

S: Kim bu?

Bir necha soniya o'tdi keyin erkakning sokin ovozi eshitildi.

N: Suratni oldingmi?

Sona qotib qoldi u bu ovozni minglab odamlar orasidan ham tanigan bo‘lardi.

Sona: Namjoon...

N: Ha.

S: Bu raqamni qayerdan olding?

N: Bu muhim emas.

S: Men uchun muhim.

N: Suratni oldingmi?

S: Ha.

N: Yaxshi.

Sona asabiy kulib yubordi.

S: Shunchaki “yaxshi”mi? Yillar davomida yo‘q bo‘lib ketding. Endi esa hech narsa tushuntirmay surat yuborasan.

N: Men yubormadim.

S: Unda kim?

N: Bilmayman.

S: Sen doim shunday qilasan.

N: Qanday?

S: Hamma narsani biladigandek gapirasan. Lekin hech qachon to‘liq javob bermaysan.

Narigi tomonda jimlik cho‘kdi.

N: Sona, meni diqqat bilan tingla.

S: Yo‘q.

N: Sen xavfdasan.

Sona: Menga sening himoyang kerak emas.

N: Bu safar gap himoya haqida emas.

S: Unda nima haqida?

N: Tirik qolishing haqida.

Sona yuragi tez urayotganini sezdi.

S: Menga tahdid qilyapsanmi?

N: Yo‘q.

S: Unda nega bunday gapiryapsan?

N: Chunki seni kimdir kuzatyapti.

Sona deraza tomon qaradi ko‘cha bo‘m-bo‘sh edi.

S: Sen meni kuzatyapsanmi?

N: ...

S: Namjoon?

N: Uyda yolg‘izsanmi?

S: Bu seni qiziqtirmaydi.

N: Javob ber.

S: Ha.

N: Eshikni qulfladingmi?

Sona: Hali ham menga buyruq berishga odatlangan ekansan.

N: Sona.

S: Men endi o‘sha qiz emasman.

N: Buni bilaman.

S: Unda meni nazorat qilishni bas qil.

N: Men seni nazorat qilmayapman.

S: Rostdanmi?

N: Men seni ogohlantiryapman.

Qo‘ng‘iroq tugadi Sona telefoniga tikilib qoldi uning yuragida qo‘rquv bilan birga g‘azab ham uyg‘ongan edi.
---
Ertalab Sona ishga kelganida, uni eng yaqin dugonasi — Park Suxyon kutib oldi Suxyon Sonaga bir qarashdayoq nimadir noto‘g‘ri ekanini tushundi.

Suxyon: Sen uxlamadingmi?

Sona: Uxladim.

Suxyon: Yolg‘on.

Sona: Nega hamma meni yolg‘on gapiryapti deb o‘ylaydi?

Suxyon: Chunki yuzing hammasini aytib turibdi.

Sona jim qoldi Suxyon uning oldiga qahva qo‘ydi.

Suxyon: Gapir.

Sona: Nima haqida?

Suxyon: Kechagi tun haqida.

Sona unga qaradi.

Suxyon: Sona, men seni o‘n yildan beri bilaman. Biror narsa bo‘lsa, ko‘zlaringdan bilinadi.

Sona bir necha soniya sukut saqladi keyin sekin gapirdi.

Sona: Namjoon qo‘ng‘iroq qildi.

Suxyonning yuzi jiddiylashdi.

Suxyon: Kim Namjoonmi?

Sona: Ha.

Suxyon: U seni qanday topdi?

Sona: Bilmayman.

Suxyon: Unga javob berdingmi?

Sona: Ha.

Suxyon: Nima dedi?

Sona telefonini stolga qo‘ydi.

Sona: Meni kimdir kuzatayotganini aytdi.

Suxyon: Sen politsiyaga murojaat qilishing kerak.

Sona: Balki.

Shu payt ularning yoniga Li Minje keldi.

Minje: Sona, bugun tushlikka chiqamizmi?

Sona jilmayishga urindi.

Sona: Mayli.

Telefon titradi yangi xabar noma'lum raqam.

“Minje bilan yolg‘iz qolma.”

Sona xabarni ko‘rib qotib qoldi.

Minje: Hammasi joyidami?

Sona: Ha.

Suxyon esa xabarni ko‘rib ulgurgandi.

Suxyon: Bu Namjoonmi?

Sona javob bermadi.

Suxyon: Sona...

Sona: Men bilmayman.

Ammo ich-ichidan u javobni bilardi.


Kechqurun Sona uyiga qaytgach, yana surat topdi bu safar u suratni ko‘riboq nafasini ichiga yutdi, unda u va Namjoon birga turishardi, yillar oldin ular hali bir-biriga ishongan paytlar surat ortida esa yana yozuv bor edi.

“Sen o‘sha kunni ham unutdingmi?”

Sona suratni qo‘lidan tushirib yubordi.

Sona: Men hech narsani unutmaganman...

Ko‘zlarida eski xotiralar jonlandi ammo u o‘sha kunni eslashni istamasdi chunki o‘sha kun hammasini o‘zgartirgandi.

Telefon yana jiringladi bu safar u raqamga qarab ham o‘tirmadi.

S: Nima xohlaysan?

N: Eski uyni eslaysanmi?

S: Ha.

N: Ertaga soat to‘qqizda o‘sha yerga kel.

S: Men bormayman.

N: Borasan.

S: Menga buyruq berma.

N: Men seni majburlamayapman.

S: Unda?

N: Sen haqiqatni bilishni xohlaysan.

Sona jim qoldi.

N: bilaman, sen javobsiz qolishni yomon ko‘rasan.

S: Agar borsam, hammasini aytasanmi?

N: Qo‘limdan kelganicha.

S: Senga ishonmayman.

N: Bilaman.

Qo‘ng‘iroq tugadi Sona uzoq vaqt telefonini qo‘lida ushlab turdi keyin derazadan tashqariga qaradi uning qarshisidagi binoning tomida bir soya turardi.

Sona ko‘zlarini qisdi soya g‘oyib bo‘ldi va o‘sha lahzada u bir narsani tushundi bu safar o'tmish uning ortidan kelmagan edi, o‘tmish uni kutib turgan edi.

Ertasi kuni soat 20:30 da Sona mashinasini shahardan tashqariga haydab ketayotgan ediu butun kun davomida eski uy haqida o‘yladi Suxyon esa uni borishdan qaytarmoqchi bo‘ldi.

Suxyon: Sona, iltimos, borma.

Sona: Men borishim kerak.

Suxyon: Nega?

Sona: Chunki men javoblarni bilmoqchiman.

Suxyon: Agar bu tuzoq bo‘lsa-chi?

Sona jim qoldi.

Suxyon: Men Namjonni yoqtirmayman.

Sona: Men ham.

Suxyon: Unda nega uning oldiga ketyapsan?

Sona: Chunki undan qo‘rqayotganim uchun emas.

Suxyon: Unda nima uchun?

Sona: Chunki o‘tmishimni boshqalardan eshitishni xohlamayman.

Suxyon bir necha soniya unga qarab turdi.

Suxyon: Agar nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa, menga qo‘ng‘iroq qil.

Sona: Va'da beraman.


Soat 20:58, Sona eski uy oldida to‘xtadi uyy qorong‘u edi faqat ikkinchi qavatdagi bitta derazada chiroq yonib turardi Sona mashinadan tushdi u eshik oldida bir necha soniya turdi keyin eshik o‘z-o‘zidan ochildi, ichkaridan Namjonning ovozi eshitildi.

N: Kelishingni bilardim.

Sona ichkariga kirdi, Namjoon deraza yonida turardi.

S: Meni nega chaqirding?

N: O‘tir.

S: Men o‘tirgani kelmadim.

N: Unda buni ko‘r.

U stol ustidagi qalin papkani ko‘rsatdi Sona papkaga yaqinlashdi ichida eski suratlar, hujjatlar va xabarlar bor edi birinchi suratni olishi bilan Sona qotib qoldi suratda Kang Teyon bor edi.

S: Teyon?

N: Ha.

S: U qayerda?

N: Bilmayman.

S: Yana “bilmayman”.

N: Hamma narsani bilmayman.

S: Lekin meni kuzatishni bilasan.

Najoon unga qaradi.

N: Ha.

S: Nega?

N: Chunki xavfsizligingni bilishim kerak edi.

S: Men sendan buni so‘ramaganman.

N: Bilaman.

S: Unda to‘xtat.

N: Yo‘q.

Sona unga ishonmay qaradi.

S: Nima?

N: Men to‘xtamayman.

S: Sen meni nazorat qilmoqchisan.

N: Men seni yo‘qotishni xohlamayman.

S: Men sening mulking emasman.

N: Men buni bilaman.

S: Unda o‘zingni shunday tutma.

Namjoon bir necha soniya jim turdi.

N: Men hamma narsani to‘g‘ri qilaman deb aytmaganman.

S: Nihoyat rost gap.

N: Lekin bir narsani bilaman.

S: Nima?

N: Seni himoya qilmoqchi bo‘lgan odam bilan seni boshqarishni xohlaydigan odam o‘rtasidagi farqni men ham har doim ajrata olmayman.

Sona jim qoldi bu uning Namjoondan kutmagan javobi edi ammo u baribir ishonmadi.

S: Minje haqida nima bilasan?

N: Yetarlicha.

S: Uni tekshirtirdingmi?

N: Ha.

S: Qanday haqqing bor?

N: Haqim yo‘q.

S: Unda nega qilding?

N: Chunki u sening yoningda.

S: Bu sabab emas.

N: Men uchun sabab.

S: Mana, muammo ham shu.

N: nimada?

S: Sen hamma narsani o‘zingning qarashing bilan o‘lchaysan.

Namjoon jim qoldi Sona papkani yopdi.

S: Men ketaman.

N: Sona.

S: Nima?

N: Eshikdan chiqishdan oldin buni ko‘r.

U stol ustidan yana bir surat oldi suratda Choi Doyon bor edi, Sona uni tanimasdi.

S: Bu kim?

N: Choi Doyon.

S: Unga nima bo‘lgan?

N: U ko‘p narsani biladi.

S: Qanday narsalarni?

N: Bizning ajralishimiz haqida.

Sona qotib qoldi.

S: Bizning ajralishimizga uning nima aloqasi bor?

N: O‘sha kuni men yolg‘iz emasdim.

S: Kim bor edi?

N: Teyon.

S: Yana kim?

Namjoon javob bermadi.

Sona: gapir.

N: Doyon ham bor edi.

Xona ichida og‘ir sukut cho‘kdi.

S: Demak, siz uchovingiz o‘sha kuni nima bo‘lganini bilasiz.

N: Ha.

So: Va men hech narsani bilmayman.

N: Sen ba'zi narsalarni bilishingni xohlardim.

S: Lekin aytmading.

N: Chunki seni himoya qilaman deb o‘yladim.

S: Sen meni himoya qilmagansan.

Sona uning ko‘zlariga tikildi.

S: Sen meni haqiqatdan uzoq tutgansan.

Namjoon javob bermadi Sona eshik tomon yurdi ammo telefoni titradi.

Noma'lum raqam.

Xabar:

“Agar Namjoon bilan qolishda davom etsang, uning asl yuzini ko‘rasan.”

Sona xabarni o‘qidi.

Keyin Namjoonga qaradi.

S: Buni kim yubordi?

Namjoon telefon ekraniga qaradi uning yuzidagi xotirjamlik bir zumda yo‘qoldi.

N: Doyon.

S: Ishonching komilmi?

N: Ha.

S: Unda unga qo‘ng‘iroq qil.

N: Hozir emas.

S: Nega?

N: Chunki u aynan shuni kutyapti.

S: Men bu o‘yinning bir qismi bo‘lishni xohlamayman.

N: Sen allaqachon uning ichidasan.

S: Men chiqaman.

N: Oson bo‘lmaydi.

S: Men oson bo‘ladi demadim.

U eshikni ochdi Namjoon uning ortidan qarab turdi.

N: Sona.

Sona to‘xtadi.

S: Nima?

N: Bu safar mendan qochishing mumkin.

Sona unga qaradi.

N: Lekin o‘tmishdan qocholmaysan.

S: Balki.

U tashqariga chiqdi ammo mashinasiga yetib bormasidan oldin telefoniga yana bir xabar keldi.

Bu safar surat bor edi, suratda Jun, Teyon va Doyon bir xonada turishardi suratning pastida esa bitta jumla:

“Uchovidan bittasi yolg‘on gapiryapti.”

Sona ekranga tikilib qoldi u endi kimga ishonishni bilmasdi ammo bitta narsani aniq bilardi bu hikoyada hech kim begunoh emas edi va eng qo‘rqinchlisi -- u Kim Junning eng katta siriga tobora yaqinlashib borardi.

.
.
.
.
.
.
1-bob yakunlandi.