August 11

И всё-таки мы

«Va baribir — biz»

Qahramonlar bilan tanishuv

.

Sona

🌸Sona
Yoshi: 20 yosh
Guruh: LUNÉA
Pozitsiyasi: Lider, vokalist

Sona — sokin, mehribon va mas’uliyatli qiz. Notanish odamlar bilan biroz tortinchoq, ammo yaqinlari yonida juda quvnoq va gapdon.

U bolaligidan idol bo‘lishni orzu qilgan. Musiqani, kitob o‘qishni va yolg‘iz sayr qilishni yaxshi ko‘radi.

Sona doimo boshqalarga kuchli ko‘rinishga harakat qiladi. Charchaganida ham buni ko‘rsatmaslikka odatlangan ammo Namjoon bilan tanishgandan keyin u asta-sekin oni yonida o‘zini boshqacha tutishini sezadi.

Namjoon

🐨 Namjoon

Yoshi: 26 yosh
Guruh: BTS
Pozitsiyasi: Lider, repper

Namjoon — xotirjam, aqlli, e’tiborli va hazil qilishni yaxshi ko‘radigan inson.

U kitoblarni, san’atni, tabiat qo‘ynida sayr qilishni va tinch joylarni yaxshi ko‘radi.

Namjoon doimo atrofidagi insonlarga yordam berishga harakat qiladi. Ba’zida esa o‘zini unutib qo‘yadi.

Sona bilan tanishgach, u qiz bilan gaplashish juda oson ekanini sezadi.

Avvaliga Sona uning uchun shunchaki yangi tanish bo‘ladi ammo vaqt o‘tishi bilan Namjoon uning xabarlarini kutib qolayotganini va uni yana ko‘rishni xohlayotganini sezadi.

Mina

🐰 Mina

Yoshi: 21 yosh
Guruh: LUNÉA
Pozitsiyasi: Vokalist, raqqosa

Mina — quvnoq, energiyaga boy va juda kuzatuvchan qiz u Sonaning eng yaqin dugonalaridan biri.

Mina birinchi bo‘lib Sonaning Namjoon bilan tanishgandan keyin tez-tez jilmayadigan bo‘lib qolganini payqaydi, albatta u nima bo‘layotganini bilishga juda qiziqadi. 😏

Ari

🦋 Ari

Yoshi: 20 yosh
Guruh: LUNÉA
Pozitsiyasi: Vokalist

Ari — mehribon, sokin va biroz xayolparast u odamlarning kayfiyatini tez sezadi va Sona charchaganida uni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ari boshqalarning shaxsiy hayotiga aralashishni yoqtirmaydi. Shuning uchun Sona va Namjoon orasidagi o‘zgarishlarni shunchaki kuzatib yuradi.

Rin

🐱 Rin

Yoshi: 22 yosh
Guruh: LUNÉA
Pozitsiyasi: Repper, raqqosa

Rin — jiddiy, to‘g‘riso‘z, lekin juda g‘amxo‘r u his-tuyg‘ularini ko‘p ko‘rsatmaydi, ammo Sona bilan nimadir bo‘lsa, buni birinchilardan bo‘lib sezadi.

Rin — Sona eng ko‘p ishonadigan insonlardan biri.

Jihun

🎧 LUNÉA menejeri

Ismi: Kan Jihun
Yoshi: 31 yosh

LUNÉA guruhining mas’ul menejeri u qizlarning jadvalini qattiq nazorat qiladi, lekin ularga deyarli ukalari-singillaridek munosabatda bo‘ladi.

U uchun eng muhimi — qizlarning sog‘lom bo‘lishi, ishlarini yaxshi bajarishi va dam olishni unutmasligi.

LUNÉA

✨ LUNÉA

LUNÉA — to‘rt nafar qizdan tashkil topgan K-pop guruhi.

Sona — lider va vokalist
Mina — vokalist va raqqosa
Ari — vokalist
Rin — repper va raqqosa

Qizlar sahnadan tashqarida ham juda yaqin. Bir-birlarini doimo qo‘llab-quvvatlashadi.

Author:Men bu ff bilan idollar ham biz kabi oddiy inson va ular ham sevib sevilishga haqqi borligi haqida sozlamoqchiman. Biz muxlislar oz idollarimizni ozimiz kabi oddiy inson sifatida korishimiz kerak, ularni ham oz hayotlari bor ular biz uchun juda kop narsalar qilyabdi. Biz ham ularga loyiq muxlis bolaylik.