Vampire diaries
Qorong‘u tushgan. Osmonda oy yaltirab, sokinlikni buzar edi. Jungkook, 128 yoshli alfa vampir, o‘rmonda yolg‘iz turardi. Uning ko‘zlari qip-qizil, xuddi olovdek yonardi. Bu yigitning yuragi muz, xarakteri esa... dahshat. Odamlar undan qo‘rqardi, chunki u hech kimga rahm qilmasdi. Qon ichish uning uchun sharbat so‘rishdek oddiy edi. U odamlarni o‘limga mahkum qilib, ularning hayotini bir lahzada so‘ndirardi. Hamma uni “yirtqich” deb atardi, lekin unga baribir edi. Jungkook o‘z dunyosida yashar, o‘z qonunlariga bo‘ysunardi.
Uzoqda, sokin bir joyda, Taehyung ismli boshqa vampir yashardi. U 120 yoshda, o‘ziga xos omega vampir edi. Taehyungning hayoti Jungkooknikidan butunlay farq qilardi. U odamlarga ziyon yetkazmas, ular orasida oddiy hayot kechirardi. Qon ichishga majbur bo‘lsa ham, hech kimni o‘ldirmasdi. Uning yumshoq tabiatiga qaramay, odamlar uni yomon ko‘rardi. Vampir ekanligini yashirsa-da, ko‘pchilik undan shubhalanardi. Taehyung yolg‘iz edi, hech kimga yaqinlashmas, hech kim bilan do‘stlashmasdi. Uning yuragi sokin, lekin ichida olov yonardi.Bir kun Taehyung Jungkook haqida eshitdi. Hamma bu alfa vampirning vahshiyligidan gapirardi. Kimdir uni “tugatish kerak” dese, boshqasi “undan qochish kerak” der edi. Taehyungning qalbida esa boshqa bir narsa uyg‘ondi. Qiziqishmi? Yo qo‘rquvmi? U bilmasdi. Faqat shuni angladi: Jungkookni ko‘rishi kerak. Bu qaror uning hayotini butunlay o‘zgartirishi mumkin edi.
new ff hotestlarim mani krc bu ff ozimga vashshe yoqdi szlargayam yoqdi degan umidlaman va reak qoldirsh esilarda chiqmasn 😚