May 5, 2025

vampire diaries

Qorong‘u o‘rmon. Havo og‘ir, xuddi bir narsa yuz berishini kutayotgandek. Jungkookning oyoq tovushlari yerga urilib, sokinlikni buzardi. Uning ko‘zlari qip-qizil, og‘zida yangi qonning ta’mi. Bir necha daqiqa oldin u bir odamni “ovladi”. Bu uning uchun o‘yin edi – qonunlarsiz, rahmsiz. Odamning so‘nggi nafasi chiqqanda, Jungkook faqat kuldi. “Zaiflar yashashga loyiq emas,” dedi u o‘ziga o‘zi. Uning qo‘llari qonga belangan, lekin u bunga e’tibor ham bermadi. U vampirlarning alfasidir – hech kim uni to‘xtata olmaydi. O‘sha kechasi u yana bir qurbon izladi. O‘rmonda bir guruh yigitlarning ovozi eshitildi. Jungkookning lablarida muzdek tabassum paydo bo‘ldi. “Bu kecha qiziq bo‘ladi,” deb pichirladi u, ko‘zlarida yirtqichlik chaqnadi.Uzoqda, odamlar gavjum bir restoranda, Taehyung o‘z ishini qilardi. U ofitsiant edi, lekin bu faqat niqob. Uning vampir tabiati uni tinimsiz sinardi. Restoran odamlar bilan to‘la, hamma shovqin-suron ichida. Taehyung patnislar ko‘tarib, stollar orasida yurar, lekin uning ko‘zlari boshqa olamda edi. Ichida bir narsa qaynardi. Ochlik. Qon istagi. U buni yashirishga urinardi, lekin har bir odamning tomiridagi qon oqimi uni vasvasaga solardi. O‘sha payt bir mijoz, qo‘pol bir yigit, Taehyungning qo‘lidagi patnisni urib tushirdi. “Ehtiyot bo‘l, ahmoq!” deb baqirdi u. Taehyungning ko‘zlari bir lahzaga qizarib ketdi. U o‘zini zo‘rg‘a bosdi. Ichidagi yirtqich bu yigitning bo‘yniga yopishishni xohlardi, lekin Taehyung bu istakka qarshi turdi. “Kechirasiz,” dedi u tishlari orasidan, hech narsa bo‘lmagandek. Mijoz kulib, uni masxara qildi, lekin Taehyung javob bermadi. U faqat patnisni yig‘ib, orqa xonaga o‘tdi. Yuragi urardi, ko‘zlari qorayib borardi. “Men bunday emasman,” deb pichirladi u o‘ziga. Ammo bu yolg‘on edi.

O‘sha kecha Taehyung ishni tugatib, uyiga qaytish o‘rniga boshqa yo‘l tutdi. Uning oyoqlari xuddi o‘zi bilmagan holda uni olib borardi. Jungkook. Bu ism uning xayolida aylanardi. Hamma undan qo‘rqardi, lekin Taehyungda qo‘rquv yo‘q edi. Balki u o‘ziga o‘xshagan birini izlayotgandir? Balki u yolg‘izlikdan charchagandir? U bilmasdi. Faqat shuni his qildi: Jungkookni topishi kerak. O‘rmonga yaqinlashganda, havo og‘irlashdi. Taehyungning vampir sezgi tufayli u Jungkookning yaqin ekanini bildi. U yuragini bosib, o‘rmon ichiga kirdi. U yerda uni nima kutayotganini tasavvur ham qila olma