1-20
1. Маъмурий жавобгарлик фани тушунчаси ва предметини ёритиб беринг.
Ma'muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari
Ma'muriy javobgarlik fani O'zbekiston Respublikasi huquq tizimining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ma'muriy javobgarlik fani O'zbekiston Respublikasining umumiy huquq tizimiga kirishi bilan birga o'zining maxsus vazifalari, o'rganadigan sohasi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa fanlardan, shu jumladan boshqa huquq tarmoqlaridan farq qiladi va ana shu farqlar uni mustaqil fan tarmog'i sifatida o'rganishni taqozo qiladi.
Ma'muriy javobgarlik fani predmeti ma'muriy javobgarlik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ma'muriy javobgarlikning predmeti deganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga xavf soluvchi ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Ma'muriy javobgarlik fani predmetini aniqlash bu ma'muriy javobgarlik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilash demakdir.
2. Маъмурий жавобгарлик фанининг вазифалари. Маъмурий жавобгарлик ва унинг бошқа ҳуқуқ cоҳалари билан ўзаро алоқасини таҳлил қилинг (жиноят ҳуқуқи, криминология, жиноят-процессуал ҳуқуқи, маъмурий ҳуқуқ, солиқ ҳуқуқи, фуқаролик ҳуқуқи).
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 2-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatib o'tilishicha, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanday ma'muriy jazo qo'llanilishi va ijro etilishi mumkinligini ham belgilab beradi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi inson va jamiyat farovonligi yo'lida fuqarolarning huquq va - erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta'minlashni, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarning o'z vaqtida va obyektiv koʻrib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, qonun hujjatlari, qanday harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma'muriy jazo qo'llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги қонунчилик инсон ва жамият фаровонлиги йўлида фуқароларнинг хуқуқ ва эркинликларини, мулкни, давлат ва жамоат тартибини, табиий муҳитни муҳофаза қилишни, ижтимоий адолат ва қонунийликни таъминлашни, маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларнинг ўз вақтида ва объектив кўриб чиқилишини, шунингдек бундай ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишни, фуқароларни Ўзбекистон Республикаси қонунларига Конституцияси риоя этиш ва руҳида тарбиялашни ўз олдига вазифа қилиб қўяди.
3. Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги қонун ҳужжатлари тушунчаси ва турларини ёритиб беринг.
2-§. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari va asosiy prinsiplari
O'zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kiritilgan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 1-moddasiga binoan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari:
1) Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks;
2) O'zbekiston Respublikasi qonunlari;
3) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;
4) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
5) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6) Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari;
7) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari;
8) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunlar ma'muriy huquqning tarkibiy qismi boʻlib, kodeksning 2-moddasida bevosita ko'rsatib o'tilganidek, bizning konstitutsiyaviy tuzumimizni, mulkchilikning barcha shakllarini, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini muhofaza qilishda, fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashda ishtirok etadi.
Konstitutsiyaviy tuzum jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarini o'z ichiga oladi. Iqtisodiy tizim asosini mulkchilik tashkil etadi. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining muhim vazifalaridan biri mulkni muhofaza qilishdir (masalan, mol-mulkni mayda o'g'rilik qilgani uchun ma'muriy javobgarlik). Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari yordamida qonun bilan belgilangan xoʻjalik yuritish printsiplari ham himoya qilinadi. Masalan, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish (171-modda), yonilg'i moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish (172-modda) va boshqalar ma'muriy javobgarlikka tortilishga sabab bo'ladi.
4. Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларининг асосий принциплари: қонунийлик принципи, фуқароларнинг қонун олдида тенглиги принципи, демократизм принципи, инсонпарварлик принципи, одиллик принципи, айб учун жавобгарликнинг муқаррарлиги принципини таҳлил қилинг.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir:
b) fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi;
g) ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipi.
Qonuniylik huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari
tomonidan qonunni bajarish maqsadida va qonunga asoslangan holda qabul qilinishi demakdir. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasi).
Odillik prinsipi huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan ma'muriy jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi odilona boʻlishi, ya'ni huquqbuzarlikning ogʻir-yengilligiga aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo'lishidir. Ushbu prinsipning mohiyati huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to'la isbotlangan va bunga ishonch hosil qilingan, qonunga muvofiq keladigan holatlarga asoslanganligidadir. Ma'muriy javobgarlikning odillik prinsipi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning Maxsus qismi moddalari sanksiyalarida huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan ma'muriy jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasida o'z ifodasini topadi.
Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan huquqbuzarligi uchungina javobgar boʻlishidir. Ayb har qanday huququzarlikning subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga koʻra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Demak, ayblilik har qanday huquqbuzarlik va jinoyatning zaruriy belgisi boʻlib, huquqbuzarlik sodir etishda ayblanayotgan shaxsning huquqbuzarligi uchun ma'muriy jazo tayinlashda aybning shakli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Aybning shakli va uning turlari ma'muriy jazoning miqdori yoki boshqacha huquqiy ta'sir chorasini qo'llashning muhim sharti hisoblanadi.
Fuqarolarningqonun oldida tengligi prinsipi mazmunida koʻrishimiz mumkinki, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, qonun oldida tengdirlar.
Qonuniylik shuni bildiradiki, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolarning jamoat birlashmalari Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq harakat qilishlari lozim. Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni qarab chiqish va ma'muriy javobgarlikka tortish ana shundan kelib chiqib, ushbu kodeks qoidalari asosida demokratizm, insonparvarlik va odillik prinsiplariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
Fuqarolarning tengliligi prinsipi O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 8-moddasida qayd etilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishi ta'kidlanadi. Binobarin, Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Insonparvarlik prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasidayoq belgilab qo'yilgan boʻlib, unda insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsad qilinadi.
Ma'muriy javobgarlikning insonparvarlik prinsipi huquqbuzarlik sodir qilgan shaxsga ham, jabrlanuvchiga ham birday taalluqlidir. Ma'muriy javobgarlikning insonparvarlik prinsipi, eng avvalo, ijtimoiy tuzumning ijtimoiy siyosiy mohiyati, ma'muriy javobgarlikning maqsad va vazifalari bilan bog'liqdir.
Ma'muriy javobgarlikning huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik prinsipi, eng avvalo, huquqbuzarlik sodir qilgan shaxsga nisbatan ma'muriy jazo chorasi qo'llanilar ekan, jismoniy azob berish, insoniy qadr-qimmatni kamsitishga aslo yo'l qo'yilmaydi.
5. Ҳуқуқбузарлик тушунчаси ва маъмурий ҳуқуқбузарликнинг мазмунини ёритиб беринг.
Ma'muriy huquqbuzarlik nomining oʻzidan ham ko'rinib turibdiki, g'ayrihuquqiy xatti-harakatdir. Bu qilinishi taqiqlangan narsani sodir etish yoki huquqiy norma bilan buyurilgan narsani qilmaslikdir. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning ba'zi moddalari muayyan turdagi huquqbuzarliklarga ta'rif berishda gipotezani (dispozitsiyani) va huquqiy norma sanksiyasini o'z ichiga oladi, lekin koʻpincha u "qoidalarni buzish" degan havola qiluvchi ifodani qo'llaydi (so'ngra aynan qanday qoidalar haqida gap borayotgani ko'rsatiladi va sanksiya qoʻllaniladi).
Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks ma'muriy huquqbuzarliklar tajovuz qiladigan ijtimoiy munosabatlar doirasini atroflicha tavsiflab bergan boʻlib, u kodeksning Maxsus kismida oʻz ifodasini topgan. Xususan, u yerda ma'muriy huquqbuzarliklar insonning sog'lig'iga qarshi qaratilgan, mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar haqida, tabiiy mo'hitni muhofaza qilish sohasidagi, sanoat, qurilish, issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi, savdo va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar to'g'risidagi boblar bor va hokazo
6. Маъмурий ҳуқуқбузарликнинг бошқа ғайриқонуний xатти-ҳаракатлардан фарқини тушунтириб беринг.
Qonun ma'muriy huquqbuzarlik belgilarini ifodalangan harakat yoki harakatsizlikning subyektiv tomoniga katta e'tibor beradi va shuni hisobga olgan holda ma'muriy huquqbuzarlikni u bilan tashqi tomondan o'xshash bo'lgan obyektiv g'ayrihuquqiy xulq-atvordan, u bilan rasman o'xshash bo'lgan harakatlardan chegaralaydi. Masalan, oxirgi zarurat, zaruriy mudofaa va g'ayrishuuriy holat, qonunga koʻra, ma'muriy huquqbuzarlikning yo'qligini bildiradi va shu sababli ma'muriy javobgarlikni istisno qiladi. Shu munosabat bilan kodeksning 18 va 19- moddalarida (zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat to'g'risida) ma'muriy huquqbuzarliklar haqida emas, balki kodeksda yoki boshqa normativ hujjatlarda ko'zda tutilgan, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik belgilaydigan xatti-harakat to'g'risida gapiriladi, 20-moddada esa (aqli norasolik to'g'risida) g'ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik to'g'risida gap boradi, ya'ni bu ham ma'muriy javobgarlikdan ozod etadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik tarkibi bu ma'muriy huquq me'yorlari bilan o'rnatilgan xususiyatlarning yig'indisi boʻlib, ularning mavjud bo'lishi bilan aniq bir qilmishlar ma'muriy huquqbuzarlik sifatida tan olinadi.
7. Маъмурий ҳуқуқбузарликнинг юридик таркиби тушунчасини ёритиб беринг.
Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 10-moddasiga binoan esa ma'muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asosi) qonun hujjatlariga binoan ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g'ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Quyidagi harakat yoki harakatsizlik ya'ni: 1) g'ayrihuquqiy; 2) aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida); 3) shaxsga, davlat va jamoat tartibiga, mulkchilikka, fuqarolarning huquklari va erkinliklariga, tabiiy muhitga tajovuz qilish; 4) qonun hujjatlarida aynan ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan holatlar huquqbuzarlik deb e'tirof etiladi. Bu tushuncha ma'muriy huquqbuzarliklarning yuridik belgilariga ega boʻlib, jamiyatga, davlatga va fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zarar yetkazishni koʻrsatib o'tish yo'li bilan ularga ijtimoiy tavsif beradi.
Ma'muriy huquqbuzarlikning uchta belgisi bor:
2) g'ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik;
8. Маъмурий жавобгарлик тушунчаси ва маъмурий жавобгарликнинг ўзига xос xусусиятларини ёритиб беринг.
Ma'muriy huquqiy javobgarlik huquqiy munosabatlarning buzilishi bilan bog'liq boʻlib, ularga boshqaruvning oʻrnatilgan umumtartib qoidalarini bajarmaslik, masalan, yo'l harakati qoidalarini va jamoat tartibini buzish, tabiatni muhofaza etishga qarshi harakatlar va boshqalar kiradi.
Ma'muriy-huquqiy javobgarlik boʻyicha quyidagi jazo choralarini koʻrsatish mumkin: jarima, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoning haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish, muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquq (transport vositasini boshqarish, ov qilish huquqi)dan mahrum etish, ma'muriy qamoqqa olish va chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish.
Ma'muriy javobgarlikning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
Birinchidan, ma'muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonunosti hujjatlari bilan ham o'rnatiladi, ya'ni u oʻzining me'yoriy-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik qonun va qonunosti hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, ma'muriy javobgarlikning asosi ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojoʻya xatti-harakat ko'rinishida). Jinoiy javobgarlikda jinoyat, intizomiy javobgarlikda intizomiy nojoʻya xatti-harakat, moddiy javobgarlikda moddiy zarar yetkazish hisoblanadi.
Uchinchidan, ma'muriy javobgarlik subyekti sifatida fuqarolar va mansabdor shaxslar namoyon boʻladi. Jinoiy javobgarlikda fuqarolar va mansabdor shaxslar, intizomiy javobgarlikda xodim (jamoa subyektlarining intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali boʻlib kelmoqda), moddiy javobgarlikda xodim (mehnat qonunchiligi bo'yicha), jismoniy shaxslar (fuqarolik qonunchiligi boʻyicha) subyekt bo'lishi mumkin.
To'rtinchidan, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun ma'muriy jazo choralari qo'llaniladi. Jinoyat uchun jinoiy jazo, intizomiy nojoʻya xatti- harakat uchun intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun mulkiy jazo qo'llaniladi.
Beshinchidan, ma'muriy javobgarlik qonun hujjatlariga binoan keng doiradagi davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qoʻllaniladi. Jinoiy javobgarlik sud organlari tomonidan, intizomiy javobgarlik yuqori turuvchi davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan moddiy javobgarlik sud organlari tomonidan qo'llaniladi.
Oltinchidan, ma'muriy javobgarlik sudlanganlik holatini yoki ishdan bo'shatishni yuzaga keltirmaydi, jinoiy javobgarlikda sudlanganlik yuzaga keladi, intizomiyda esa ishdan bo'shatish mumkin.
Yettinchidan, ma'muriy javobgarlikni qo'llash uchun bo'ysunuvning bo'lishi shart emas, intizomiy javobgarlikni qoʻllashda esa bo'ysunuv mavjud bo'ladi.
9. Маъмурий жавобгарликнинг турлари: вояга етмаганларнинг маъмурий жавобгарлиги; мансабдор шаxсларнинг маъмурий жавобгарлиги; xизматчилар ва интизом уставлари татбиқ этиладиган бошқа шаxсларнинг маъмурий жавобгарлиги; xорижий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шаxсларнинг маъмурий жавобгарлигини таҳлил қилинг.
10. Зарурий мудофаа. Охирги зарурат. Ҳуқуқбузарликнинг кам аҳамиятлилиги сабабли маъмурий жавобгарликдан озод қилишни юридик тахлил қилинг.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 15-moddasida mansabdor shaxslarning Ma'muriy javobgarligi berilgan bo'lib, mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sog'lig'ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini ta'minlash o'z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog'liq Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun Ma'muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo'yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat'i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, Ma'muriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, Ma'muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb e'tirof etiladi.
Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish ko'rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida ko'pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo'lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo'lgan shaxs hokimiyat vakili deb e'tirof etiladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 16-moddasida ta'kidlanishicha, harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar Ma'muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladi. Mazkur shaxslar yo'l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganliklari uchun umumiy asoslarda Ma'muriy javobgar bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan shaxslarga nisbatan Ma'muriy qamoqqa olish choralari qo'llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat o'tayotgan harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar respublikada o'rnatilgan tartib-qoidalarga, masalan, respublikada yashash, shuningdek O'zbekiston hududidan tranzit yo'li bilan o'tish qoidalariga rioya qilishlari kerak. Bu qoidalar buzilgan taqdirda aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 225-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladilar.
O'zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
"O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi Qonunning 11-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan holda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan va ayni paytda chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari ham bo'lmagan shaxslar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar deb hisoblanishi ta'kidlanadi. Shu Qonunning 15-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan, lekin fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududida tug'ilgan farzandi O'zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadi.
16-moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to'g'ridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar boʻladi, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda Ma'muriy javobgar boʻladi.
Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 171-moddasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma'muriy javobgarligi belgilangan boʻlib, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo'l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda ma'muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.
11. Маъмурий жазо тушунчасини ёритиб беринг.
Ma muriy jazo ma'muriy huquqbuzarlıklar uchun O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan doirada va tartibda qo'llaniladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi sanksiyalarda jazo chorasi va uning ruxsat etilgan me'yorlari (hajmi) ko'rsatib o'tiladi.
Ma'muriy jazoning maqsadi ma'muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi boʻlib, u ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o'zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi.
Ma'muriy jazo choralari yordamida davlat huquqbuzar tomonidan ham, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan ham sodir etilgan huquqbuzarliklarni ogohlantirishni amalga oshiradi. Ma'muriy jazo choralarining pirovard maqsadi huquqbuzar ham, boshqa shaxslar ham ma'muriy huquqbuzarliklarni boshqa sodir etmasligidan iborat.
Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma'muriy jazo choralari qo'llanilishi mumkin:
2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish;
3) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma'muriy qamoqqa olish. 6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish.
12. Маъмурий жарима тушунчаси ва ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг.
Jarima mulkiy xususiyatga ega bo'lgan ma'muriy jazo chorasidir. U pul bilan ifodalanadigan jazo chorasi boʻlib, huquqbuzardan davlat hisobiga muayyan miqdordagi pul mablag'larini undirib olishni ifodalaydi.
Ma'muriy jarima ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi davom etayotgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo'yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa o'ndan bir qismidan kam bo'lmasligi kerak. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng ko'p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa o'n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba'zi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaxslarga esa, yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko'p miqdori MJtKning 6-moddasiga binoan fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oshmasligi kerak.
Ma'muriy huquqbuzarliklarning muayyan turlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar sanksiyalarida jarimaning miqdorlari huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma'muriy jazo chorasining mazkur turi uchun belgilangan eng ko'p va eng oz miqdordan oshib ketmasligi kerak. Kodeksning Maxsus qismi normalari nisbatan koʻproq belgilangan sanksiyalarni o'z ichiga oladi, unda eng ko'p miqdor va kamroq hollarda esa jarimaning eng ko'p va eng oz miqdori ko'rsatiladi. Bu hol organga (mansabdor shaxsga) jarima miqdorini belgilashda sodir etilgan huquqbuzarlikni va aybdorning shaxsini tavsiflovchi barcha holatlarni hisobga olish imkonini beradi.
Jarima ma'muriy jazo chorasining asosiy turi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o'rniga tatbiq etilishi mumkin emas. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jarima qo'shimcha ma'muriy jazo chorasi bilan birgalikda solinishi mumkin (ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish yoki musodara qilish).
13. Ҳақини тўлаш шарти билан олиб қўйиш ва унинг ўзига xос xусусиятларини ёритиб беринг.
Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish va uning oʻziga xos xususiyatlariga to'xtaladigan bo'lsak, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish va shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
Mazkur jazo chorasi mulkiy tarzdagi ma'muriy javobgarlik o'lchovi bo'lib, faqat ashyolardan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa sifatida foydalangan ashyolar egasiga nisbatangina qo'llanilishi mumkin. Huquqbuzarga tegishli bo'lmagan ashyolarni (masalan, g'ayriqonuniy ov qilish ashyolarini) haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish ma'muriy jazo chorasi hisoblanmaydi.
Mazmunan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish oʻzaro bog'langan uchta harakatdan iborat.
Birinchidan, huquqbuzardan ashyoni majburan olib qo'yish, ikkinchidan, bu ashyoni sotish, uchinchidan, sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga olib qo'yilgan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirish. Bunday olib qo'yish haqini to'lash sharti belgisi bo'yicha boshqa ma'muriy jazo chorasi boʻlgan huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilishdan farq qiladi. Musodara qilinganda olib qo'yilgan ashyolar davlat foydasiga ishlatiladi.
Ashyoni haqini to'lab olib qo'yish ham asosiy, ham qo'shimcha ma'muriy jazo chorasi sifatida qo'llanilishi mumkin. U asosiy jazo chorasi tarzida faqat kodeksning 220-moddasi 1-qismida o'qotar qurollar va oʻq-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzganlik uchun jarima bilan muqobil tarzda nazarda tutilgan. Qo'shimcha jazo chorasi sifatida haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish kodeksda xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzganlik uchun (142- moddaning 2-qismi) va o'qotar ov qurollari va oʻq-dorilarni sotishdan boʻyin tovlaganlik uchun (222-modda) belgilangan. Shu bilan birga, basharti birinchi huquqbuzarlik uchun qonun chiqaruvchi ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yishni qo'shimcha jazo chorasi sifatida nazarda tutsa, ikkinchi huquqbuzarlik uchun mazkur jazo chorasini, albatta, asosiy jazo chorasi boʻlgan jarima bilan to'ldiradi.
14. Мусодара қилиш мазмуни ва xусусиятлари. Маxсус ҳуқуқдан маҳрум этиш тушунчаси ва турларини таҳлил қилинг.
Maxsus huquqdan mahrum etishga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo'llaniladi.
Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o'n besh kundan kam bo'lmasligi kerak.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo'llanilishi mumkin emas, MJtKning 1283-moddasi to'rtinchi qismida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy tirikchilik manbayi ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo'llanilishi mumkin emas.
15. Маъмурий қамоққа олиш мазмунини ёритиб беринг.
Ma'muriy jazo chorasining yana bir turiga mma'muriy qamoqqa olish kiradi. Ma'muriy qamoqqa olish eng qattiq ma'muriy jazo chorasi hisoblanadi. U aybdorni ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan organ (mansabdor shaxs) belgilagan davrda ozodlikdan mahrum etishni, jamiyatdan ajratib qo'yishni bildiradi.
Ma'muriy qamoqqa olish uch sutkadan o'n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun o'ttiz sutkagacha muddatga qo'llaniladi. Ma'muriy qamoqqa olish tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudyasi
tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig'i tomonidan belgilanadi.
Ma'muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.
Ma'muriy qamoqqa olish tartibi O'zbekiston Respublikasining 2017- yil 9-yanvardagi O'RQ-420-sonli "Ma'muriy qamoqni o'tash tartibi to'g'risida"gi Qonun bilan tartibga solinadi.
16. Маъмурий жавобгарликни енгиллаштирувчи ҳолатларни таҳлил қилинг.
O'zR MJtKning 31-modda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning olti turini nazarda tutadi va ular ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi ishni qarab chiquvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma'muriy jazo chorasini qo'llanish vaqtida hisobga olinishi kerak.
Aybdorning o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon boʻlishi uning sodir etilgan xatti-harakatning g'ayrihuquqiy ekanligini anglab yetganligini, huquqbuzarlikka salbiy munosabatini, huquqbuzarlikni tegishli organlarga (mansabdor shaxslarga) o'z ixtiyori bilan ma'lum qilganligini, huquqbuzarlikning sodir etilishi holatlari va sabablarini tushunganligini bildiradi.
Aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi deganda uning bunday oqibatlarni bartaraf etish yoki kamaytirish sohasidagi real harakatlari tushuniladi. Masalan, huquqbuzar yo'l qatlamiga shikast yetkazar ekan, uni darhol ta'mirlab beradi. Zararni o'z ixtiyori bilan qoplash shuni bildiradiki, huquqbuzar hech bir talabsiz, eslatishsiz o'z tashabbusi bilan shikast yetkazilgan mulkning qiymatini to'laydi. Yetkazilgan zararni bartaraf etish deganda, masalan, shikastlangan mulkni ta'mirlash yoki uni xuddi shunday yangisi bilan almashtirish tushuniladi.
Agar huquqbuzar aqli raso bo'lib, kuchli ruhiy hayajon ta'sirida huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa, bu javobgarlikni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Basharti huquqbuzar aqli norasolik holatida huquqni buzgan bo'lsa, bu holat umuman ma'muriy javobgarlikni istisno qiladi. Og'ir shaxsiy, oilaviy yoki boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi deganda shaxsiy yoki oilaviy tarzdagi moddiy yoxud boshqa qiyinchiliklar tushuniladi. Shaxs ana shu qiyinchiliklar ta'sirida huquqbuzarlikni sodir etgan bo'ladi.
Huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta'sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta'siri ostida sodir etilishi shuni anglatadiki, huquqbuzar huquqbuzarlikni asosan chetdan bo'lgan ta'sir ostida sodir etadi, basharti bu ta'sir bo'lmaganda u mazkur huquqbuzarlikni sodir etmagan bo'lardi.
Huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Qonunchilik bunda shu narsaga asoslanadiki, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxslar huquqbuzarlikni hayotiy tajribasi yetishmasligi, javobgarlik to'g'risidagi mavjud normalarni bilmasligi, kattalarning ta'siri bilan sodir etishlari mumkin.
Javobgarlikni yengillashtiruvchi yana bir holat huquqbuzarlikni homilador ayol yoki o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolasini yolg'iz o'zi tarbiyalayotgan shaxsning sodir etishidir. O'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz o'zi tarbiyalovchi shaxs ayol ham, erkak ham bo'lishi mumkin.
Ana shu modda normasiga muvofiq, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan organ yoki mansabdor shaxs javbogarlikni yengillashtiruvchi boshqa holatlarni ham e'tirof qilishi kerakki, bularga huquqbuzarning yoshi, sog'lig'i, nogironligi, xizmatlari, urushda qatnashganligi va shu kabilar kiradi.
Davlat organi (mansabdor shaxs) ma'muriy jazo chorasini qo'llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sababini albatta ko'rsatib, O'zR MJtKning Maxsus qismidagi moddalarning jazo belgilash qismida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham yengilroq jazo chorasini qo'llashi mumkin. Sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo'lgan taqdirda, shu ishni ko'rib chiqishga vakolati bo'lgan organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin.
17. Бир неча ҳуқуқбузарликни содир этганлик учун маъмурий жазони қўллашни тушунтириб беринг.
Kodeksning 34-moddasiga binoan, bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma'muriy jazo choralarining qo'llanilishi quyidagi umumiy shartlar mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi:
a) bitta shaxsning ikki va undan ortiq ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishi, bu huquqbuzarliklarning har biri uchun Kodeksning Maxsus qismidagi mustaqil sanksiyaga ega boʻlgan alohida modda bo'yicha baho beriladi:
b) har bir huquqbuzarlik bo'yicha ma'muriy javobgarlikka tortish muddati o'tib ketmasligi;
d) bu huquqbuzarliklardan birortasi uchun ham shaxs ma'muriy jazo chorasiga tortilmagan bo'lishi kerak.
Ma'muriy qonunlar jinoyat qonunlaridan farqli o'laroq, bir necha huquqbuzarlik uchun jazo choralarini birga qo'shish imkoniyatini nazarda tutmaydi. 34-moddaning qoidalariga koʻra, har bir huquqbuzarlik uchun jazo chorasi alohida-alohida qo'llaniladi, ushbu moddaning 2 va 3- qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Jumladan, bitta shaxs ikki yoki undan ortiq ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda ma'muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida- alohida qo'llaniladi.
Basharti shaxs bir necha ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo'lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o'zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko'rib chiqilayotgan bo'lsa, bu shaxsga nisbatan qo'llaniladigan uzil-kesil jazo og'irroq ma'muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo'llaniladi.
Basharti shaxs Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma'muriy javobgarlik belgilangan va ular to'g'risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko'radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo'lsa, unga nisbatan jazo og'irroq ma'muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo'llaniladi.
Basharti shaxs Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks Maxsus qismidagi tegishli modda bilan Ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 1881- moddasi) sodir etgan bo'lsa, ish materiallari ko'rib chiqish uchun sudga topshiriladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 34-moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik to'g'risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo'shimcha jazo choralaridan biri qo'shilishi mumkin.
18. Маъмурий жазо қўлланиш муддатларини таҳлил қилинг.
Ma'muriy jazo chorasi muayyan muddatining o'tib borishi ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni ko'rib chiqayotgan organ ma'muriy jazo chorasi belgilash to'g'risida qaror qabul qilgan kuni (agar muddat oylar va yillar bilan hisoblansa) yoki soatda (agar muddat sutkalar bilan hisoblansa) boshlanadi.
Yil va oy deganda taqvim yili yoki oyi tushuniladi. Muddatlar-yillar yoki oylar bilan hisoblanganda ma'muriy jazo qaysi oydan hisoblansa, muddat o'sha oyning tegishli kunida tamom boʻladi. Agar bu oy tegishli kunga ega bo'lmasa, u holda muddat oyning oxirgi sutkasida tugaydi.
Muddatlar sutka bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkaning tunida soat 24 da tamom boʻladi.
Kunlar bilan belgilangan muddatlar sutkalar bilan belgilangan muddatlar kabi hisoblanadi.
Ma'muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.
Biroq xususiyati jihatidan har xil bo'lgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun mazkur muddatni hisoblash nuqtasi turlichadir. Koʻpchilik nojoʻya xatti-harakatlar uchun ma'muriy jazo chorasini tatbiq etish muddatining boshlanishi huquqbuzarlik sodir etilgan kun hisoblanadi. Basharti huquqbuzarlikni sodir etish davom etayotgan bo'lsa, uning o'tish muddati boshqacha hisoblanadi. Muayyan muddat davomida uzluksiz ravishda amalga oshirib kelinayotgan huquqbuzarlik davom etayotgan huquqbuzarlik deb e'tirof qilinadi. Davom etayotgan ma'muriy huquqbuzarlikka o'qotar qurolni saqlash, yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish, ro'yxatdan o'tmasdan yashash va shu kabilar misol bo'lishi mumkin. Bu huquqbuzarliklar muayyan xatti-harakatni uzluksiz amalga oshirish bilan ajralib turadi. Davom etayotgan huquqbuzarliklar bo'yicha ikki oylik muddat dastlabki huquqbuzarlik boshlangan paytdan emas, balki bu huquqbuzarlik faktining o'zini aniqlash paytidan boshlanadi.
Jinoyat ishini qo'zg'atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lsa, ma'muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to'g'risida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o'tmagan bo'lsa, qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxona munosabatlarini tartibga soladigan qonun hujjatlari asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
19. Фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларига тажовуз қиладиган ҳуқуқбузарликлар учун маъмурий жавобгарлигини юридик таҳлил қилинг.
I BOB. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MA'MURIY JAVOBGARLIK
1-§. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar tushunchasi va turlari
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko'ra, har bir inson erkinlik huquqiga hamda o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishlardan himoyalanish va shaxsiy turar joy daxlsizligi huquqiga ega. Yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini hech kim oshkor qilishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining V bobida fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun Ma'muriy javobgarlik belgilangan. Jumladan, quyidagi huquqbuzarliklar uchun Ma'muriy javobgarlik belgilangan: tuhmat; haqorat qilish;
davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik; Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etganlik; Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzganlik; Fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni oshkor etganlik;
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik, Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik;
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik;
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzganlik, nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlaganlik, ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlaganlik, vasiylik huquqini suiiste'mol qilganlik;
Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo'l qo'ymaslik to'g'risidagi talablarni buzganlik, ish beruvchining o'z fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha majburiyatini
bajarmaslik, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug'ish nafaqalarini to'lash bo'yicha majburiyatdan bo'yin tovlaganlik, aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, mehnatga ma'muriy tarzda majburlaganlik va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik kiradi.
Tuhmat ma'muriy huquqbuzarlik bo'lib, fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilishdan iboratdir, bularni himoya qilish huquqi O'zbekiston Respublikasi ikasi Konstitutsiyasining mustahkamlangan. 27-moddasida
Tuhmat ya'ni bila turib yolg'on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish.
Tuhmat huquqbuzarligining yuridik tahlili:
Tuhmat huquqbuzarligi obyekti fuqarolarning sha'ni va qadr
qimmatini himoya qiluvchi ijtimoiy munosabatlar.
Tuhmat huquqbuzarligining yuridik tahlili:
Tuhmat huquqbuzarligi obyekti fuqarolarning sha'ni va qadr qimmatini himoya qiluvchi ijtimoiy munosabatlar.
Obyektiv tomondan tuhmat harakat bilan, uyudirmalar tarqatishda, ya'ni go'yo ro'y bergan ma'lumotlar, uydirma faktlarni kamida bitta shaxsga ma'lum qilishda ifodalanadi. Uydirmalar og'zaki, yozma yoki boshqa shaklda tarqatilishi mumkin. Uydirmalar tarqatilgani dalillar bilan isbotlangan bo'lishi lozim. Bila turib yolg'on gapirish shundan iboratki, tegishli ma'lumotlarni tarqatuvchi shaxs ularning haqiqatga to'g'ri kelmasligini biladi. Ma'lumotlarning yolg'onligini anglab yetmaslik (masalan, ma'lumotlarning rasmiy shaxsdan olinishi, hujjatlar bilan tanishish) javobgarlikni istisno qiladi. Haqiqatda sodir bo'lmagan faktlarning ma'lum qilinishi, lekin ularning mazmuniga noto'g'ri baho berilishi tuhmat hisoblanmaydi (masalan, agar texnik-slesar haqiqatan ham nohaq yig'imlar bilan shug'ullanadigan bo'lsa, uning aholidan pora olish haqidagi xabar). Tegishli ma'lumotlarni tarqatuvchi shaxsning mazkur ma'lumotlar to'g'ri bo'lishi mumkin, deb taxmin qilishi tuhmat uchun ma'muriy javobgarlikni istisno qilmaydi. Boshqa shaxslarni sharmanda qilsa ham, lekin haqiqatga to'g'ri keladigan ma'lumotlarni tarqatish tuhmat tarkibini hosil qilmaydi. Boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi ma'lumotlarni tarqatish uydirma hisoblanadimi degan masala axloq va ma'naviylik normalari asosida hal etiladi. «Boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalar» jumlasiga qonun, axloq va ma'naviylik normalariga rioya qilish nuqtai nazaridan fuqarolarning sha'ni va qadr- qimmatini jamoatchilik fikrida yoki ayrim fuqarolar fikrida yerga uruvchi uydirmalarni ham kiritish mumkin.
Subyektiv tomoni - qasddan sodir etiladigan huquqbuzarlik. Subyekti - o'n olti yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxs.
Tuhmat to'g'ridan to'g'ri g'arazli niyat bilan, odatda o'ch olish, ko'rolmaslik kabi bahonalar bilan sodir etiladigan huquqbuzarlikdir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda elektron qurilmalar orqali uydirmalar tarqatilishi tez-tez uchrab turadi. Bunda tuhmatning ijtimoiy xavfliligi keskin yuqori bo'ladi. Shu sababli, shaxsga nisbatan ommaviy axbarot vositalar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali tuhmat qilinganda, ya'ni uydirmalar tarqatilinganida aybdor Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, aybdor tuhmat ma'muriy javobgarligini bir yil ichida takror sodir etilishi ham Jinoyat kodeksi bilan 139-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortish uchun sabab bo'ladi. 16 yoshga yetgan shaxslar huquqbuzarlik subyektlari hisoblanadi.
3-§. Haqorat qilish (MJtK 41-modda)
Haqorat qilish fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga tajovuz
qiluvchi ma'muriy huquqbuzarlik, bunday tajovuz salbiy baho berishdan iborat bo'lib, shaxsning ma'naviy nufuziga atrofdagilar ko'z o'ngida putur yetkazadi, jabrlanuvchining oʻziga bo'lgan hurmatga zarar yetkazadi.
Haqorat qilish shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan
Haqorat qilish huquqbuzarligining yuridik tahlili:
Haqorat qilish huquqbuzarligining obyekti shaxsning daxlsizligi,
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tartibga soluvchi ijtimoiy
Obyektiv tomoni harakat bilan, og'zaki yoki yozma ravishda
Bu huquqbuzarlik obyektiv tomonining xususiyati shundan iboratki, u og'zaki, yozma (xat, rasm va shu kabilar) tarzda yoxud fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini yerga uradigan harakat (tarsaki, tupurmoq, beadab imo-ishora singari)lar bilan sodir etilishi mumkin. Tuhmatdan farqli o'laroq, haqorat qilishda jabrlanuvchining ma'naviy qiyofasini salbiy tasvirlovchi qandaydir faktlar ko'rsatilmaydi, balki shaxsga baho beriladi, bu baho kishining xulq-atvoriga, qiyofasi kabilarga tegishli bo'lishi mumkin.
Bu salbiy baho haqiqatga to'g'ri kelish-kelmasligi mazkur tarkib uchun ahamiyatsizdir. Basharti, masalan, shaxs jabrlanuvchini ahmoq deb atasa-yu, haqiqatan u ko'pchilik boshqa shaxslarning fikricha ham aqlsiz bo'lsa, u holda haqorat yanada yaqqol namoyon bo'ladi.
Subyektiv tomoni qasddan sodir etiladigan huquqbuzarlik. Ya'ni shaxs o'zining xatti-harakatlari g'ayrihuquqiy ekanligini anglab yetadi va ularni sodir qilishni istaydi. Bundan tashqari, huquqbuzarning aniq ifodalangan maqsadi shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini yerga urishdan iboratdir.
Haqorat koʻpchilik o'rtasida aybdorga ham, jabrlanuvchiga ham tanish yoki notanish kishilar ishtirokida, hatto jabrlanuvchi yo'q boʻlgan vaqtda ham qilinishi mumkin. Bu keyingi holatda aybdorning niyati haqoratning jabrlanuvchiga ma'lum bo'lishidan iboratdir.
Subyekti o'n olti yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxs. Huquqbuzarlikning ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilishi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 140-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
20. Сайлов ва референдумни ташкил этиш ҳамда ўтказиш соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар учун маъмурий жавобгарли гини юридик таҳлил қилинг. 1-§. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish (MJtK 512-modda)
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga to'siqlarni yuzaga keltirish uchun ma'muriy huquqbuzarlik nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga doir masalalar O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan Saylov kodeksi bilan tartibga solingan.
Ushbu huquqbuzarlikning obyektini Saylov kodeksi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Saylov kodeksining 11-moddasida Saylov komissiyalari va ularning a'zolari o'z faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshirishi, saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'lishi belgilab qo'yilgan. Shuningdek,
Saylov kodeksining 33-moddasida kuzatuvchilarga: saylovchi saylov byulleteniga o'z belgisini qo'yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo'lish;
fuqarolarga ta'sir o'tkazish, biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo'yishda biron-bir tarzda yordam ko'rsatish;
saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ularni ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashish taqiqlangan.
Saylov kodeksining 3-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to'g'ridan to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga to'siqlarni yuzaga keltirishda namoyon bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o'tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish nomzodlarni ro'yxatga olishda, saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqishda komissiyaga ta'sir o'tkazish, saylovchilardan ular qaysi nomzodga ovoz berganliklarini surishtirish kabi harakatlarda ifodalanadi. Saylov komissiyasining faoliyatiga noqonuniy aralashish mansabdor shaxs, mas'ul shaxs tomonidan saylov va referendum to'g'risidagi qonun hujjatlarida yuklatilgan mansab vakolatlari xizmat mavqeyidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni qasddan sodir etilishida namoyon bo'ladi.
2-§. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik (MJtK 513-modda)
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o'tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning murojaatlarini ko'rib chiqishni g'ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish ma'muriy huquqbuzarlikni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o'tkazuvchi komissiyalarning qonun bilan tartibga solingan vakolatlari doirasida qabul qilingan tegishli qarorlarini ijro etish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar huquqbuzarlik obyektini tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasida Markaziy saylov komissiyasining o'z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari okrug va uchastka saylov komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar hamda boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiyligi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, Saylov kodeksining 26-moddasida Saylov komissiyasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiy ekanligi belgilab qo'yilgan. Ushbu moddaning 6-qismida esa Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga. tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo'yilgan masalani ko'pi bilan uch kunlik muddatda ko'rib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shartligi belgilangan.
Murojaatlarni ko'rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish murojaatlarni ko'rib chiqish majburiyati yuklangan shaxs yoki organning qonunda ko'rsatilmagan asoslarga ko'ra murojaatni qabul qilmasligidir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalari tomonidan referendum oʻtkazuvchi komissiyalari saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq masalalar yuzasidan murojaatlarni ko'rib chiqish muddatining uzrsiz sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilishi ma'muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni mansabdor shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslikdan, ularning murojaatlarini ko'rib chiqishni g'ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzishda namoyon bo'ladi
3-§. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish (M.JtK 514-modda)
Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish huquqbuzarlikni keltirib chiqarib, ma'muriy javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 6-bobida kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari belgilab qo'yilgan. Saylov kodeksining 33-moddasiga asosan kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo'lish;
nomzodlar ko'rsatishga bag'ishlangan yig'ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro'yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo'lish;
saylov natijalari to'g'risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiya- si tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxalarini so'rash va olish;
agar tegishli saylov uchastkasida ushbu Kodeksning talablari buzilishiga yo'l qo'yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo'lsa, o'z kuzatuvlari to'g'risida tegishli saylov komissiyasiga ma'lum qilish.
Saylov kodeksining 34-moddasiga asosan siyosiy partiyalarning
vakolatli vakillari O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko'rsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to'g'ri to'ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.
Saylov kodeksining 35-moddasiga asosan ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo'lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog'ida hozir bo'lish huquqiga ega.
Deputatlikka nomzod qilib ro'yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazish, saylovoldi yig'ilishlarida so'zga chiqish, televidenie ko'rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo'lish huquqiga ega.