December 27, 2023

Inson huquqlari 2-kazus

Aziza bolaligidan desantchi-o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlashni orzu qilgan. U maxsus parashyut darslarida qatnashgan, parashyutda uchish bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega edi. Biroq bu kasb O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan, ayollar mehnatidan foydalanishni butunlay taqiqlovchi noqulay mehnat sharoitlari bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. 2019-yilda mazkur ta’qiq bekor qilinganidan so‘ng Aziza o‘t o‘chiruvchi-desantchi lavozimiga ishga kirish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Bo‘sh ish o‘rni ochilganligi haqidagi e’londa “Nomzodga qo‘yiladigan talablar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan edi: jismonan baquvvat, chidamlilik; fidoyilik, ishonchlilik; xotirjamlik, intizomli; bo‘yi 170 sm dan kam bo‘lmagan”. Azizaning bo‘yi 162 santimetr bo‘lganligi sababli, unga ko‘rsatilgan lavozimga ishga qabul qilish rad etildi. Aziza eʼlonda ayollar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar oʻrnatilganligi munosabati bilan bilvosita jins bo‘yicha kamsitish borligi toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qiladi.

Тахмимний саволлар:

  1. Десантчи Ўт ўчирувчи бўлиш учун қўйилган талаблар ҳуқуқий асосга эгами
  2. Азизанинг судга мурожаати ўринлими

Жавоблар:

AYOLLAR MEHNATI TO‘LIQ YOKI QISMAN QO‘LLANILISHI TAQIQLANADIGAN MEHNAT SHAROITI NOQULAY BO‘LGAN ISHLARRO‘YXATI[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-yanvarda 865-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

degan taqiq bo'lgan ekan 2000-2019 yilgacha shu ro'yxatda o't o'chiruvchi ham berilgan va bu taqiq olib tashlangan,

2019 yil 1 maydan:

  • ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinadi (MKning 225-moddasi, shuningdek roʻyхatga qarang). Uning oʻrniga ayollar sogʻligʻiga salbiy ta’sir etishi mumkin boʻlgan soha va kasblar tavsiyaviy roʻyхati tasdiqlanadi;

deyilgan ekan PQ–4235-son qaror