Jinoyat ijroiya yakuniy kazus
Shokirov ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirganlikda ayblanib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan aybdor deb topilib, unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tash belgilangan. Jazoni ijro etish koloniyasiga yetib kelgan Shokirov koloniya boshlig‘iga uzoq muddatga uchrashuv o‘tkazish uchun ariza bilan murojaat etgan. Jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i mahkumning iltimosini rad etgan va umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm etilgan shaxslarga uzoq muddatga uchrashuv huquqi berilmasligi bilan izohlagan.
1) Kaloniya turi to'g'ri qo'llanilganmi?
49-modda. Maxsus tartibli koloniyalar
Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Shokirov ikki yoki undan ortiq shaxsni shafqatsizlik bilan o'ldirganligi va umrbod ozodlikdan mahrum qilinganligi, uni 49-modda birinchi qismidagi umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar uchun mo'ljallangan maxsus tartibli kaloniyaga joylashtirilishiga asos bo'ladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 34 — 42-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y
34. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
36. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni:mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar o‘taydilar.
2) Uchrashuv uchun ariza bilan qilgan murojaati????
9-modda. Mahkumlarning asosiy huquqlari
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan /ta’minlanadi;
to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;