December 23, 2023

Nazariya

Savollar:

  1. Kazusda berilgan jinoyat ( obyekt obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon) tahlil qiling?
  2. jinoyat subyektini zaruriy va fakultativ belgilarini tahlil qiling?

Jinoyat obyekti – jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatdir.

Jinoyat obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatdir. Ushbu ijtimoiy munosabatlar JK 2-moddasida ma’lum qadriyatlar tariqasida hamda JK Maxsus qismi bo‘lim (8-bo‘limdan tashqari) va boblari nomlanishida ifodalangan.

Vertikalligiga ko‘ra jinoyat obyekti umumiy, maxsus, turdosh va bevosita obyektlarga bo‘linadi.

Umumiy obyekt deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi

Maxsus obyekt – JK Maxsus qismining bir bo‘limiga kiritilgan moddalarda nazarda tutilgan, jinoyat tajovuz qiladigan, o‘z tabiatiga ko‘ra bir turdagi ijtimoiy munosabatlardir.

Turdosh obyekt ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar, qimmatlilik maxsus belgilariga qarab guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi.

Jinoyatning bevosita obyekti deyilganda, ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi.

Gorizontal bo‘yicha obyektlarni tasniflash jinoyatning bevosita obyekti bilan bog‘liqdir, ya’ni umumiydan xususiylik orqali alohidalikka yoki aksincha. Ushbu tasniflashga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha va fakultativ obyektlar farqlanadi. Bunday tasniflashning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha obyektga qaratilgan bo‘lishi mumkin (masalan, bosqinchilik jinoyatida tajovuz bir vaqtning o‘zida ham mulkka, ham shaxsga qarshi qaratiladi). Bunday holatlarda, ijtimoiy xavfli qilmish odatda ikkita obyektga tajovuz qilib, ulardan biri albatta, asosiy, ikkinchisi esa qo‘shimcha obyekt bo‘ladi.

Asosiy obyekt – JK moddasini tuzishda ushbu norma bilan maxsus himoyalangan ijtimoiy munosabat turi

Qo‘shimcha obyekt – JK Maxsus qismi tegishli moddalari bilan qo‘riqlanadigan asosiy obyektga tajovuz qilish natijasida xavf ostida qoladigan ijtimoiy munosabat turi

Jinoyatning fakultativ obyekti – alohida olingan jinoyatning asosiy obyektiga (ba’zan qo‘shimcha) tajovuz qilishda zarar yetkazilishi mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ijtimoiy munosabat turi

Jinoyat predmeti – jinoyat obyektiga nisbatan tajovuz qilishda aybdor shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan, u tufayli yoki uning uchun jinoyat sodir qilingan obyektiv olamdagi jonli yoki jonsiz moddiy narsalar.

Айнан казусмизда жиноят обекти инсон хаёти- бевосита обекти, соғлиги қўшимча обект (факултатив обект бўлиши мумкун.)

Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni – tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasini ifodalaydigan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning tashqi holatini xarakterlovchi obyektiv, ijtimoiy va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar yig‘indisidir.

Obyektiv tomonning zaruriy belgisiqilmish JK Maxsus qismi barcha moddalarida nazarda tutilgan.

Jinoiy qilmish – aybdorning ongli, ixtiyoriy faol yoki passiv xulqatvoridir. Faqatgina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgilarini ko‘rsatuvchi va to‘rtta quyidagi qismdan iborat qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega:

– huquqqa xiloflik;

– ijtimoiy xavflilik;

– onglilik;

– ixtiyoriylik

Jinoiy oqibat jinoiy qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy o‘zgarishda ifodalanadi (Zarar xususiyatiga ko‘ra, oqibat ikki guruhga: moddiy va nomoddiy oqibatga ajratiladi)

Moddiy tarkibli jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan yana biri – sababiy bog‘lanish – sababni ifodalovchi ijtimoiy xavfli qilmish hamda natijani ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi aloqadir.

Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar: jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi kabilardir. Ular nazariy jihatdan fakultativdir.

Jinoyat sodir qilish joyi – bu jinoyat sodir qilingan chegaralangan hudud, joy, geografik nuqta bo‘lib, unga masalan, uy-joy, o‘rmon, ombor va shu kabilar kirishi mumkin

Kazusdan tahlil qilinganda o"z uyida jinoyat sodir etilgan.

Jinoyat sodir etish vaqti sekund, minut, soat, sutka, oy kabi vaqt birliklari bilan o‘lchanadigan ma’lum davr bo‘lib, aynan shu davrda jinoyat sodir qilinadi.

Jinoyat sodir qilish usuli – bu jinoyat sodir qilinayotganda aybdor tomonidan jinoyatni sodir qilishda ishlatiladigan aniq uslub va usullar yoki ularning birligidir

Jinoyat sodir etish quroli – jinoyat sodir etishga ixtisoslashtirilgan va jinoyat sodir etishda bevosita ishlatiladigan moddiy dunyo predmeti

Ovqatga qo'shilgan zaxar jinoyat quroli kazusdagi........

Jinoyat sodir qilish vositasi – jinoyat sodir etishni yengillashtirish uchun ishlatiladigan vosita-predmet.

Jinoyat sodir qilish holati – bu bir qator obyektiv shart-sharoitlar (vaqt, joy va boshq.) yoki ularning birligi bo‘lib, ularning borligi sharoitida ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilinadi.

Subyekt tomon jinoyatning ruhiy mazmunini ta’riflab, u jinoyat tashqi ko‘rinishi, ya’ni obyektiv tomoni bilan chambarchas bog‘langan. Agar jinoyatning obyektiv tomoni – bu tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, subyekti tomoni esa, teskarisi – ichki mazmuni bo‘ladi.

Jinoyat tarkibining subyekt tomoni aybdorning jinoyat qonunida jinoyat sifatida nazarda tutilgan, aybdor o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati bo‘lib, uning aybi, motivi, maqsadi va his-tuyg‘usini ifodalaydi.

Ayb – bu barcha turdagi jinoyat tarkibi subyekt tomonining majburiy belgisi hisoblanadi. Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ga nisbatan ruhiy munosabatida va ushbu ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatida ko‘rinadi. Ayb qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin.

Motiv shaxsning jinoyat sodir etishga bo‘lgan ichki mayli va xohishida ko‘rinadi.

Maqsad – bu aybdorning shunday tasavvuriki, unda o‘zi istagan natijaga jinoyat sodir etish bilan erishishi uchun intilishi tushuniladi. Motiv va maqsad fakultativ belgilar bo‘lib, ya’ni ular har qanday tarkibni ham ifodalamaydi. Qachonki ular JKning maxsus qismi dispozitsiyasida ko‘rsatib o‘tilganida yoxud ularning mavjudligi yuridik tabiatning aniq bir jinoyat tarkibidan kelib chiqqanida, motiv va maqsad mana shu jinoyat tarkibi subyekt tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.

His-tuyg‘u shaxs jinoyat sodir etishida o‘zida his qiladigan ichki kechinmalarda ko‘rinadi.

Qonunchilik tuzilish shakliga muvofiq, aybning tuzilishi qasd va ehtiyotsizlik shaklida bo‘ladi.

Aybning har bir shakli bir necha turlarga bo‘linadi. Qasd to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linadi (JK 21-moddasi), ehtiyotsizlik esa, o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikka bo‘linadi (JK 22-moddasi).

To‘g‘ri qasd – qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishining real imkoniyatini va muqarrarligini oldindan ko‘ra oladi va ularning kelib chiqishini istaydi.

Egri qasd qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishining real imkoniyatiga ko‘zi yetadi, ularning kelib chiqishini xohlamaydi, biroq bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yib beradi yoki ularga befarq bo‘ladi.

Казусда аёл фарзандларига нисбатан эгри қасдда жиноят қилган

O‘z-o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini anglamaydi, o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mavhumlikni oldindan ko‘radi, ehtiyotkorlik choratadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi

Beparvolik ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini anglamaydi, o‘z xulq-atvori ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmaydi, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘ladi.

Aybsiz holda zarar yetkazish (kazus), qachonki shaxs o‘z qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglamaganda yoki ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetmagan va ish holati bo‘yicha anglashi va oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim bo‘lmaganda yuz beradi.

Jinoyat subyekti – jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxsdir.

JK 17-moddasida jinoyat subyektining umumiy belgilariga ta’rif berilgan hamda ular quyidagi uchta zaruriy elementlar majmui orqali ifodalanadi:

– jismoniy shaxsligi;

– aqli rasoligi;

– JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyektning yoshi

Jinoyat subyekti belgisi sifatida aqli rasolik shaxsning muayyan rivojlanish bosqichidagi qobiliyati, ijtimoiylashuvidan kelib chiquvchi yoshdagi va jinoyat sodir etish vaqtidagi ruhiy jihatdan sog‘lig‘i hamda harakatlari uchun o‘z-o‘ziga hisob berishi va ularni boshqarishi, keyinchalik jinoiy javobgarlik va jazoni o‘tashdagi ruhiy holati sifatida belgilanadi

Aqli rasolik va aqli norasolikni tartibga soluvchi qonunchilikka ko‘ra, bu ikki tushunchalarni ajratib turuvchi formula ikki mezonning majmuidan tashkil topib, ulardan biri yuridik mezon, ikkinchisi esa tibbiy mezondir. Yuridik mezon ikki belgini xarakterlaydi: intellektual va irodaviy

JK 18-moddasi 2-qismiga ko‘ra, aqli norasolikning tibbiy mezoni quyidagi to‘rtta guruh ruhiy kasallikning mavjudligida ko‘rinadi:

– surunkali ruhiy kasallik;

– vaqtinchalik ruhiy kasallik;

– aqlning pastligi;

– kasallikning boshqa holatlari

Jinoyatning maxsus subyekti – jinoyat subyekti zaruriy belgilaridan tashqari yana Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida belgilangan va shu jinoyatlar uchun zaruriy belgi bo‘lgan qo‘shimcha belgilari ham mavjud bo‘lgan subyektdir

  • Huquqiy maqomiga ko‘ra:
  • Demografik belgilariga qarab
  • Mansabdorlik holatiga qarab:
  • Kasbiy majburiyatiga qarab
  • Jabrlanuvchiga nisbatan yuqoriroq holatda bo‘lgan shaxs:
  • Jinoyat sodir qilayotgan shaxsning jinoyat bilan maxsus holatdaligi:
  • Jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun boshqa zarur mezonlarga qarab,sog‘lig‘iga qarab – shaxsda OITS-infeksiyasining mavjudligi (JK 113-moddasi).

Shu yerda Toshevning joniga qasd qilishi bilan Sobirovaning erini qasddan o'ldirish uchun qilgan jinoyati otasida sababiy boglanish bor yoki yoqligiga oydinlik kiritamiz. Albatta bu bir biriga bogliq emas. Toshev ruxiy holatiga kora joniga qasd qilgan.