21-29
21.Енгил тан жароҳати етказишни юридик таҳлил қилинг.
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish ma'muriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi.
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish quyidagi hollarda sodir bo'ladi:
a) harakat ehtiyotsizlik bilan sodir etilganligi va jabrlanuvchining sog'lig'iga zarar yetkazganligi, buni huquqbuzar yo oldindan ko'ra bilmagan, holbuki u zarar yetkazilishi mumkinligini oldindan ko'ra bilishi lozim vamumkin bo'lgan, lekin u zarar yetkazilishini oldindan ko'ra bilgan boʻlsaham yengiltaklik bilan uni bartaraf etish mumkinligiga ishongan bo'lsa;
b) huquqbuzar xatti-harakatining oʻzi va yetkazilgan zarar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo'lsa.
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish - bu harakat sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydiganturg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan huquqbuzarlikdir.
Yetkazilgan tan jarohatini yengil jarohat deb topish uchun uning yetkazilgan vaqtda hayot uchun xavfli bo'lmaganini va sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan tarzda yo'qotishga olib kelmaganini aniqlash lozim bo'ladi.
Sog'liqning yomonlashuvi muddatini va mehnat qobiliyati qay darajada yo'qotilganligi masalasini tibbiy guvohlik berish xulosasini hisobga olgan holda hal qilin.adi.
Sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan turg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan qasddan yengil tan jarohati yetkazishga birmuncha tez o'tib ketadigan shikastlanishlar kiradi. Yengil tan jarohati yetkazgan huquqbuzarning harakatlari zarur mudofaa chegaralaridan oshib ketgan taqdirda ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lmaydi, chunki ular himoya qilinuvchining zarur mudofaa chorasini qo'llanishi oqibati sifatida qonunda ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladigan holat tarzida nazarda tutilmagan.
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, basharti bu harakatlar jamoat tartibini buzishga olib kelmagan yoki jamiyatni hurmat qilmaslikni ifodalamagan bo'lsa, bezorilik deb baholanishi mumkin emas.
Mazkur huquqbuzarlik obyekti fuqarolarning sog'lig'idir. Huquqbuzarlik tarkibining obyektiv tomoni yengil tan jarohati yetkazilishi harakatini nazarda tutadi.
Ushbu modda birinchi qismi huquqbuzarlikning subyektiv tomoni ehtiyotsizlik orqasidan sofir qilinadi.
Ushbu modda ikkinchi qismi esa qasddan yengil tan jarohati yetkaziladi.
Huquqbuzarlikning subyekti huquqbuzarlik sodir etilgan paytda 16 yoshga to'lgan shaxs hisoblanadi.
Ushbu modda ikkinchi qismidagi huquqbuzarlik sodir qilinganligi uchun ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil ichida takroran yana qasddan yengil tan jarohati yetkazilishi JKning 109-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
22. Таносил касаллиги ёки ОИВ касаллиги/ОИТС юқадиган манбани
яширишни юридик таҳлил қилинг..
Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani, shuningdek o'zi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi xavfini tug'dirgan shaxslarni yashirish ma'muriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi.
Huquqbuzarlikning obyekti aholi sog'ligini muhofaza qiluvchi ijtmoiy munosabatlar hisoblanadi.
Mazkur huquqbuzarlikning obyektiv tomonini qasddan yashirishga qaratilgan faol, shuningdek passiv tarzdagi turli harakatlar tashkil etadi. Ko'pincha yashirish harakatsizlikdan iborat bo'ladi, u shifokorning bemorga uning o'zi zararlangan manbani ko'rsatib, shifokor ko'rsatgan davrda bemor bilan aloqada bo'lgan barcha shaxslarning nomini aytishni tushuntirgandan va bu shaxslarni yashirgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilishini ogohlantirgandan keyin shifokorning talabini bajarmaslikdan iboratdir. Bemorning zararlanish manbaini yashirgan deb hisoblash uchun asos bo'ladigan ma'lumotlar quyidagi xabarlardir:
shaxsning bemor zararlanish manbaidir, u buni bilgan holda yashirdi, degan xabari;
shaxslarning ular bemor bilan aloqada bo'lganmiz, holbuki, u buni yashirdi, degan xabari;
sog'liqni saqlash organlari, dastlabki tergov, tergov yoki sud organlarining ma'lumotlari va kasallanish manbai yoki bemor bilan aloqada bo'lgan shaxslarni, u yashirgan shaxslarni yashirganligi to'g'risidagi boshqa ma'lumotlar (basharti bu ma'lumotlar obyektiv tasdig'ini topgan taqdirda).
Bemor bilan jinsiy aloqada, yoki yaqin maishiy aloqada bo'lish natijasida tanosil kasalligi yoki OITS bilan zararlangan shaxs zararlanish manbai hisoblanadi.
Bemor bilan aloqada bo'lib, unga tanosil kasalligi yoki OITS bilan zararlanish xavfini tug'dirgan shaxslar deganda, ularning jinsiy aloqada bo'lgan sheriklari, shuningdek shifokor aytgan davrda to tanosil kasalligi yoki OITSni aniqlashgacha bo'lgan paytgacha u bilan yaqin munosabatda bo'lgan shaxslar tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasining "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuning 4-moddasida: "OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan boʻlib, ular:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha yagona tizimning faoliyat ko'rsatishini ta'minlash;
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qo'yish, OlVni yuqtirib olganlarni bepul maxsus davolash va ijtimoiy muhofaza qilish:
OIV infeksiyasiga tashxis qo'yish va uni davolash vositalari bilan ta'minlash, shuningdek tashxis qo'yish, davolash va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy preparatlarning, biologik suyuqliklarning xavfsiz bo'lishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari to'g'risida aholini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida aholini bepul, xavfsiz va maxfiy tibbiy tekshiruvdan o'tkazish uchun sharoitlar yaratish;
OIVni yuqtirib olganlarning umrini uzaytirish va turmushi sifatini oshirishga, ularning o'limini kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdan iboratdir".
23. Оз миқдорда талон-торож қилишни юридик таҳлил қилинг.
Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish Ma'muriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi.
Mulkni oz miqdorda talon-toroj qilish mulkka tajovuz qilishning keng tarqalgan turlaridan biridir. Bu huquqbuzarlik yetkazadigan moddiy zarar juda katta bo'lib, bundan ko'riladigan ma'naviy ziyon ham ozmuncha emas. Mulkni o'g'irlash, shu jumladan oz mikdorda talon-toroj qilish qasddan qilinadigan, haqini to'lamasdan sodir etiladigan g'ayriqonuniy talon-toroj boʻlib, bu mulkni g'arazli maqsadda o'zining mulki qilib olish yoki boshqa shaxsning mulki qilib berish uchun amalga oshiriladi. O'g'ri mehnat sarflamasdan boy bo'lib qoladi, talon-toroj qilingan mulkni o'z mulki sifatida tasarruf qiladi, uni ishlatadi, in'om etadi, sotadi va hokazo.
Basharti talon-toroj qilingan mulk eng kam ish haqining belgilangan miqdoridan oshib ketmasa, qilingan talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj hisoblanadi. Mulk deganda sanoat, xoʻjalik yoki hunarmandlik ishlab chiqarishi buyumlari, xomashyo, pul, haq to'langan hujjatlar tushuniladi, ular bevosita moddiy boylik olish huquqini beradi.
Talon-toroj qilingan mulkning qiymati belgilangan chakana narxlar bilan aniqlanadi..
Sodir etilgan talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj ekanligini hal etishda talon-toroj qilingan mulkning qiymatidan tashqari, shuningdek bu buyumlarning tabiiy miqdori (vazni, hajmi) va ularning xalq xoʻjaligi uchun ahamiyati ham hisobga olinishi lozim. Talon-toroj qilingan mulkning, aytaylik, muayyan binokorlik materiallarining o'ta taqchilligi ham nazarda tutilishi kerak. Oz miqdordagi talon-toroj ma'muriy huquqbuzarlikning tarkibini tashkil etadi, basharti u mazkur moddada ko'rsatib o'tilgan shakllardagina sodir etilgan bo'lsa, ya'ni o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiiste'mol kilish yoki firibgarlik yo'li bilan amalga oshirilgan taqdirda, shunday bo'ladi. O'g'irlash yashirin tarzda talon-toroj qilishdir. O'zlashtirish huquqbuzar- ning haqiqatan ixtiyorida bo'lgan, masalan, omborchiga saqlash uchun berilgan yoki ekspeditorga yetkazib berish uchun topshirilgan mulkni saqlab turgan holda oʻziniki qilib olish yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirish oilan bog'liqdir.
Rastrata qilish aybdorning ixtiyorida bo'lgan mulkning g'arazli maqsadda uchinchi shaxs tomonidan sotilishi, ishlatilishi, hadya qilinishi, begonalashtirilishini bildiradi.
Xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish yo'li bilan talon-toroj qilishda mulk mansabdor shaxsning ixtiyorida bo'lmaydi, u g'ayriqonuniy farmo-
yish berib, soxta hujjatlardan foydalanib, mulkni egallab oladi va hokazo. Masalan, mansabdor shaxs qo'l ostidagi odamga muassasaga qarashli
benzin solingan kanistrni haq to'lamasdan o'z qarindoshiga topshirishni
Mulkni firibgarlik yo'li bilan egallab olish uchun bu mulk kimda saqlanayotgan bo'lsa, uni chalg'itish, mulkni aybdorga berishga undash maqsadida yolg'ondan foydalanish, haqiqatni qasddan yashirish yoki buzib ko'rsatish xosdir.
Bir qator talon-torojlarni baholashga ta'sir qiladigan holatlar jinoiy xatti-harakat bo'lsa ham, ular oz miqdordagi talon-toroj qilish uchun ahamiyatsiz bo'ladi. Bir guruh shaxslarning oz miqdordagi talon-torojni sodir qilish uchun oldindan kelishib olishi, uni alohida xavfli, takroran jinoyat qilgan kishining sodir etishi, shuningdek jinoyatni ijro etish usuli (binoga kirish yoki boshqa omborxonaga kirish yo'li bilan) oz miqdordagi talon-torojni (bunday jinoyat uchun g'arazli niyat mavjud bo'lmagan taqdirda) jinoiy jazoga tortiladigan talon-toroj deb baho berish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan holatlar hisoblanmaydi. Biroq bunday holatlar aybdorga jazo chorasini belgilashda hisobga olinishi lozim.
Subyektiv tomondan qarab chiqilayotgan huquqbuzarlik to'g'ridan toʻgʻri g'arazli niyat va maqsadning mavjudligini nazarda tutadi. Har qanday shakldagi oz miqdordagi talon-torojni mulkka tajovuz qilgan hodda sodir etishda o'g'irlovchi g'ayrihuquqiy xatti-harakat sodir etayotganini anglab yetadi, uning moddiy zarar tarzidagi zararli oqibatlarini oldindan ko'radi. O'g'irlik qiluvchining maqsadi g'ayriqonuniy bo'lib, u g'arazli maqsad bilan mulkni o'z mulkiga yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirishni istaydi. Aybdorning yovuz niyati katta miqdordagi mulkni o'g'irlashdan iborat bo'lib, talon-toroj qilingan mulk belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan ko'proq tursa, u holda jinoiy javobgarlik kelib chiqadi, chunki katta miqdordagi mulkni o'g'irlash yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bunday holatda talon-toroj qilish JKning 169-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oz miqdordagi talon-toroj uchun javobgarlik 16 yoshdan boshlanadi. Mansab mavqeyini suiiste'mol qilgan holda oz miqdorda talon-toroj qilishni faqat mansabdor shaxslar amalga oshirishlari mumkin.
MJtK 61-moddasining ikkinchi qismi xuddi shunday huquqbuzarlik Ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lishi va uchinchi qismida esa basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati eng kam ish haqining o'ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.
To'rtinchi qismida ustav fondida davlat ulushi bo'lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini ularning xodimi tomonidan o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko'ra javobgarlikka sabab bo'ladi.
24. Топиб олинган мол-мулкни яширишни юридик таҳлил қилинг.
Topib olingan yoki tasodifan qo'liga tushib qolgan qiymati eng kam ish haqining uch baravaridan ortiq bo'lgan o'zganing mol-mulkini yashirish ham huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi.
Ko'rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning tajovuz qilish obyekti shunday mol-mulk hisoblanadiki, u huquqbuzarlik sodir etilayotgan paytda bu mol-mulkka mulkchilik huquqi bo'lmagan xususiy shaxsning qo'lida bo'ladi.
Huquqbuzarning harakati o'zi topib olgan, tasodifan uning qo'liga tushib qolgan o'zganing mol-mulkini yashirishdan, ya'ni g'ayriqonuniy ravishda va haqini toʻlamasdan o'z foydasiga qaratishdan iboratdir. Topib olingan (topilgan) narsa deb shunday mol-mulkka aytiladiki, u boshqa birovning mulki bo'lib, biron-bir sabab bilan bu mulk ishonib topshirilgan shaxslarning ixtiyoridan tashqarida bo'lib qoladi yoki qarovsiz holatda turgan bo'ladi.
Yashirishda mol-mulk butunlay nazoratsiz, yo'qolgan, mazkur shaxsning ixtiyoridan tashqarida, tabiiy ofat natijasida, egasining hafsalasizligi va shu kabilar orqasida nazoratsiz qolgan bo'ladi.
Kodeksning 62-moddasi tasodifan huquqbuzarning qo'liga tushib qolgan molmulkni yashirish hollarini ham qamrab oladi (masalan, egasi ketayotganda o'z mulkini esdan chiqarib qo'yadi va hokazo). 62-modda bo'yicha ma'muriy javobgarlik shunday holda boshlanadiki, yashirilgan mol-mulkning narxi moddada ko'rsatib o'tilgan narxdan yuqori (eng kam ish haqining uch baravaridan ko'proq) bo'ladi yoki mulk ancha ko`proq qiymatga ega bo'ladi (masalan, tarix yodgorligi, oilaviy esdalik va shu kabilar sifatida qiymatli bo'ladi).
Ko'rib chiqilayotgan huquqbuzarlik g'arazli maqsadda amalga oshirilayotgan qasddan qilingan huquqbuzarliqdir. Aybdor topib olingan yoki tasodifan o'z qo'liga tushib qolgan mulk haqini to'lamay, uni g'ayriqonuniy ravishda yashirayotganini his qiladi va bu mulkning
boshqa shaxsga tegishli ekanligini yaxshi biladi. Mazkur huquqbuzarlikning obyekti fuqarolarning shaxsiy mulki bo'lib, bu mulk ularning o'z qo'lidadir.
Mazkur xatti-harakatning obyektiv tomoni topib olingan yoki huquqbuzarning qo'liga tasodifan tushib qolgan mol-mulkni yashirishdan iboratdir.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni to'g'ridan to'g'ri g'arazli niyatda namoyon bo'ladi, ya'ni mol-mulkni yashirgan shaxs bu mulkning boshqa shaxsning qo'liga tushib qolganligini oldindan biladi.
Kodeksning 62-moddasi boʻyicha 16 yoshga to'lgan shaxs huquqbuzarlik subyekti hisoblanadi.
25.??????????????????????????????????????
26.????????????????????????????????????????
27.????????????????????????????????????????????
28. Учиш хавфсизлиги қоидаларини бузиш ни юридик таҳлил қилинг.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o'xshash biror-bir belgi va qurilma o'rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish harakatlarida, ikkinchi qismida binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o'rnatish qoidalarini bajarmaganlik, uchinchi qismida esa aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirganlik uchun, to'rtinchi qismida tegishli ruxsati bo'lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug'lik bilan ta'minlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurganlik uchun, beshinchi qismida alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mastlik holatida bo'lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo'lgan ekipaj a'zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta'siridagi yoki o'zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlashi, oltinchi qismida baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to'g'risidagi axborotni qasddan buzib ko'rsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining ma'lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog'liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo'q qilib yuborganlik uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 116-moddasi matni O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O'RQ-476-sonli Qonuni bilan o'zgartirilgan.
Mazkur xatti-harakat obyekti havo kemalarining normal, xavf- xatarsiz parvoz qilishidir.
Havo kemalarining aeroportlar va aerodromlar mintaqasidagi yerda, shuningdek ularning hududida normal va xavf-xatarsiz uchishini ta'minlash uchun havo kemalarining uchuvchilariga mo'ljal olishda yordam beradigan muayyan aniqlash belgilari va qurilmalari oʻrnatiladi. Bu xildagi tungi va kunduzgi belgilar hamda qurilmalar binolar va inshootlarga ham o'rnatiladi. Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o'xshash biror-bir belgi va qurilma o'rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish harakatlari bevosita aeroportlar va aerodromlar mintaqasidagi yerda, shuningdek ularning hududida normal va xavf-xatarsiz uchishini ta'minlashga xizmat qiladi va bu harakatlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning obyektiv tomonini tashkil etadi. Shuningdek, binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o'rnatish qoidalarini bajarmaslik va aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, harakatlari ikkinchi va huquqbuzarlikning obyektiv tomonini tashkil etadi. uchinchi qismidagi
Tegishli ruxsati bo'lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug'lik bilan ta'minlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurganlik uchun, alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mastlik holatida bo'lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo'lgan ekipaj a'zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta'siridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlashi, baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to'g'risidagi axborotni qasddan buzib ko'rsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining ma'lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog'liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo'q qilib yuborganlik harakatlari moddaning to'rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi huquqbuzarlikning obyektiv tomonini tashkil etadi.
Mazkur tarkiblarning obyektiv tomoni 116-moddada belgilangan taqiqlarni buzish faktining o'zi boʻlib, bu ularni JKning 260-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlab turadi.
29. Транспорт воситаларидан фойдаланиш қоидаларини бузиш ни
Haydovchilarning transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishi yo'l harakati xavfsizligiga va bu vositalardan foydalanishning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi ma'muriy huquqbuzarlikdan yo'l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo'l harakati qoidalari qoidalari va boshqa normativ hujjatlar transport vositalaridan foydalanishga doir bir qator talablarni, ularning majburiy ravishda YPX ro'yxatidan, texnik ko'rikdan o'tkazilishini belgilab beradi.
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo'lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi kodeksning mazkur moddasi 1-qismida nazarda tutilgan Ma'muriy huquqbuzarlik tarkibini hosil qiladi.
Mazkur moddaning 2-qismi obyektiv tomoni haydovchilarning belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo'lgan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgacha bilan jihozlanmagan, o't o'chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to'xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo'lgan transport vositalarini boshqarishdir.
Mazkur modda 3-qismining obyektiv tomonini haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo'lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarish harakatlarida ifodalaniladi. Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yo'lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o'chirgan holda boshqarish harakati mazkur moddaning 4-qismi obyektiv tomonini tashkil etadi.
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o'zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish, mazkur modda 5-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Mazkur modda 6-qismining obyektiv tomonini davlat raqam belgisi yasama yoki o'zga usullarda oʻzgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo'lmagan transport vositasini boshqarishdan iboratdir.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash harakati ushbu moddaning 6-qismi obyektiv tomonini ifodalaydi