2-kazus.Ma'muriy huquq
KAZUS
Tuman hokimining 2008-yil 15-maydagi 707-sonli qarori bilan tumanning “Beshkapa” QFYdagi 24-konturidan 1,2 gektar yer uchastkasi fuqaro Q.Sobirovga bog‘ barpo etish uchun 11 yil muddatga ajratilgan. Shundan keyin Q.Sobirov tomonidan “Musaffo” fermer xo‘jaligi tashkil etilib, fermer xo‘jaligi va tuman hokimligi o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilgan. Ajratilgan yer uchastkasining muddati 2019-yilda tugagan va taraflar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasining amal qilish muddati uzaytirilmagan.Keyinchalik tuman hokimining 2020-yil 5-martdagi 13-sonli qarori bilan fuqaro L.Qilichovga bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun tuman zaxira yerlaridan “Beshkapa” QFYdagi 24 va 26-konturlardan jami 9,85 ga yer uchastkasi 49 yil muddatga ijaraga berilgan.Shu sababli, arizachi Q.Sobirov ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2020-yil 5-martdagi 13-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
1) Maʼmuriy huquqiy munosabatlarni aniqlang
2) Maʼmuriy protsess mavjudmi? Boʻlsa, qanday
3) Holatda mavjud maʼmuriy aktlarni aniqlang. Va elementlarni tahlil qilib bering.
4) Ushbu vaziyatga oʻzingizni huquqiy asosingizni bering.
Birinchi navbatda, ma'muriy huquqiy munosabatlar tushunchasi haqida fikr mulohaza yuritamiz.
Maʼmuriy-huquqiy munosabatlar huquq normasi bilan tartibga solingan va davlat boshqaruvi organi qoida oʻrnatuvchi sifatida ishtirok etadigan, tomonlarning maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlari yoki harakatsizligini ifodalovchi munosabat turi. Ma‘muriy –huquqiy munosabat elementlari subyekt, obyekt va yuridik faktlar hisoblanadi. Bu yerda ma’muriy huquqiy munosabatning subyekti sifatida davlat boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar ishtirok etmoqda.
Endi holat bo’yicha ma’muriy organni aniqlab olishimiz kerak. Ma’muriy organ bu - ma’muriy huquq subyektlaridan biri hisoblanib, xususiy shaxslar bilan vujudga kelayotgan ma'muriy huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishga, o’zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan ma’muriy hujjatlarni yuzaga keltiradi va oxirgi qaror qabul qilganiga qadar ma’muriy harakatlarni amalga oshiradi va ish bo’yicha protsessual hujjatlar qabul qilib, xususiy shaxslar tomonidan berilgan arizasi yoki shikoyatini ko’rib chiqadi. Ma’muriy organ tushunchasiga “Ma’muriy tartib taomillat to’g’risi”gi qonunning 4-moddasida ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalardir deb ko’rsatilgan. Demak, berilgan kazusda tuman hokimini ma’muriy organ sifatida olishimiz mumkin. Chunki bu yerda hokim xususiy shaxs bilan ma’muriy huquqiy munosabat vujudga keltirmoqda va ma’muriy harakatlarni amalga oshirmoqda. Ya'ni ozining vakolatiga ko'ra yer ajratib ijaraga beryapti ( fuqaro q.sobirovga).
Shu o’rinda ma’muriy hujjatga e’tiborimizni qaratsak. “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida” gi Qonunining 4-moddasida ma’muriy hujjatga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi hisoblanishi belgilangan. Maʼmuriy hujjatning quyidagi xususiyatlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
- Maʼmuriy hujjat maʼmuriy organ tomonidan qabul qilinadi;
- Maʼmuriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻliq;
- Maʼmuriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi, oʻzgartiradi yoki tugatadi;
- Maʼmuriy hujjat muayyan jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud bir shaxslardan iborat jamoaga qaratiladi;
- Maʼmuriy hujjat muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi.
2008-yil 15-maydagi 707-sonli qarorni va 2020-yil 5-martdagi 13-sonli qarorni mamuriy hujjat sifatida qarashimiz mumkin. Chunki hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan mamuriy organ hisoblangan tuman hokimi tomonidan chiqarilgan. Qarorlarning har ikkisi ham jismoniy shaxs hisoblangan fuqaro Q.Sobirov va L.Qilichovlar uchun yerdan ijara sifatida foydalanish huquqini vujudga keltirmoqda.
58-modda. Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish
Ma’muriy hujjatning amal qilishi:
agar ma’muriy hujjat muddatli xususiyatga ega bo‘lsa, ma’muriy hujjatning amal qilish muddati o‘tishi;
ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish bilan bog‘liq shartning yuzaga kelishi;
ma’muriy hujjatning bekor qilinishi;
tartibga solish predmetining barham topishi munosabati bilan tugatiladi.
Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish uning asosida berilgan hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib keladi.
59-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish
Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, ma’muriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, o‘z mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki ma’muriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan bo‘lsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozim.
Manfaatdor shaxsning ishonchi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar:
manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa;
manfaatdor shaxs o‘ziga ma’muriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan bo‘lsa;
manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning g‘ayrihuquqiyligini bilgan yoki o‘z aybiga ko‘ra bu haqda bilmagan bo‘lsa;
ma’muriy hujjat aldash, tahdidlar yoki ma’muriy organga boshqacha tarzda g‘ayrihuquqiy ta’sir ko‘rsatish oqibatida qabul qilingan bo‘lsa;
Manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan yoki muqarrar bo‘lgan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi.
Mulkiy zararning o‘rnini qoplash ma’muriy hujjatning mazmuniga ko‘ra manfaatdor shaxs olishi kerak bo‘lgan naf miqdoridan oshmasligi kerak. Mulkiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bekor qilinganligi haqida xabardor qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida taqdim etilishi mumkin.
Agar sobirov haqiqatdan haq bolsa shunaqa bolshi kerak
60-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish tartib-taomili
Ma’muriy hujjatni manfaatdor shaxs foydasiga bekor qilish majlis o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Ma’muriy hujjatni manfaatdor shaxs manfaatlariga zid ravishda bekor qilish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uni majlisda qayta ko‘rib chiqish orqali amalga oshiriladi.
Agar ma’muriy hujjatni bekor qilish bir manfaatdor shaxs foydasiga, ammo boshqa manfaatdor shaxsning manfaatlariga zid ravishda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Oxrgi qismiga kora boshqa manfatdor shaxs manfatiga zid kelyaptida chunki sobirov fermer xojaligi ochib 11 yildan beri yuritb kelmoqda, endi sharttta boshqasiga bervorsa u boshqa hichnma qilolmidi.
Shu o'rinda o'ziylar bir fikr qib ko'riylar Sobirov bilan 11 yilga moljallangan mamuriy hujjat 60-moddaga tushadimi?