November 4, 2023

51-58-savol javobi

51. O’zboshimchalik bilan qurilgan imoratga mulk huquqini qo’lga kiritish masalalarini muhokama qiling.

212-modda.O‘zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari

O‘zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari

Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

O‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi

Basharti, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.

52. Berilgan holatdan kelib chiqib, qaysi asosga ko’ra mulk huquqi kimga tegishli
bo’lishiga aniqlik kiriting. (prostakvashino, “Mulk huquqi” tlg).


53. Suyunchi filmidagi (50 minut 40 soniyasidan) holatdan hamda fuqaro qo’y hayvonini
topib olgan holatdan kelib chiqib, qarovsiz_hayvonga mulk huquqini qo'lga kiritish masalasini
muhokama qiling? qanday shartlar bor? qancha muddat davomida qarovsiz hayvon egasi
topilmasa, uni mulk qilib olish mumkin?

195-modda. Qarovsiz hayvonlar

Qarovsiz yoki adashgan chorva mollarini yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlarni tutib olgan shaxs ularni egasiga qaytarishi shart, basharti hayvonlarning egasi yoki uning qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, tutib olgan paytdan boshlab uch kundan kechiktirmay topilgan hayvonlar to‘g‘risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga xabar qilishi shart, ular hayvonlarning egasini qidirish choralarini ko‘radilar.

Hayvonlarning egasi qidirilayotgan vaqtda ularni saqlash hamda ulardan foydalanish uchun tutib olgan shaxsda qoldirilishi yoxud zarur sharoiti bo‘lgan boshqa shaxsga saqlash va foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxsning iltimosiga ko‘ra hayvonlarni boqishi uchun zarur sharoiti bo‘lgan shaxsni topish hamda hayvonlarni unga topshirishni tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi amalga oshiradi.

Qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxs hamda bu hayvonlar saqlash va foydalanish uchun berib turilgan shaxs ularni lozim darajada saqlashlari shart va hayvonlar nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi uchun aybdor bo‘lsalar, hayvonlarning narxi doirasida javobgar bo‘ladilar.

Эгасиз кўчар ашёларга нисбатан эгалик қилиш ҳуқуқини вужудга келитрувчи муддат асосида қўлга киритилиши мумкун. (

191-modda. Egasiz ashyo

Egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi.

Agar bu hol topilma to‘g‘risidagi, qarovsiz hayvonlar va xazina to‘g‘risidagi qoidalarda rad etilmagan bo‘lsa, egasiz ko‘char ashyolarga egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo‘lga kiritilishi mumkin.(187-modda. )

187-modda. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat

Mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).


54. Berilgan holatdan kelib chiqib, qaysi asosga ko’ra mulk huquqi kimga tegishli
bo’lishiga aniqlik kiriting. (4553649, “Mulk huquqi” tlg).


55. Oltin devor spektakli hamda Navoiy viloyatida fuqaro hovlisidan xazina topilgan
holatlardan kelib chiqib, Xazinaga nisbatan mulk huquqini qo’lga kitirish shartlarini
muhokama qiling. 196-modda. Xazina

Egasi aniqlanishi mumkin bo‘lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan xazina, ya’ni erga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoxud qimmatbaho buyumlar xazina yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va shu kabilar) mulkdori bo‘lgan shaxs va xazinani topgan shaxs mulkiga, agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda o‘tadi.Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi kerak.

Moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadirlar. Agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, mukofot bu shaxslar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.

Bunday xazinani u yashirib qo‘yilgan mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs topib olsa, bu shaxsga mukofot to‘lanmaydi va xazina batamom mulkdorning ixtiyoriga o‘tadi.Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslarga nisbatan ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.


56. Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlarini muhokama qiling.

216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.

Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.

Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin.

ФКнинг 216-моддасида кўрсатилганидек, умумий мулк икки турга: биринчидан, мол-мулк мулкдорлардан ҳар бирининг мулк ҳуқуқидаги улуши аниқлаб қўйилган улушли мулк ва иккинчидан, улушлари аниқлаб қўйилмаган биргаликдаги мулкка бўлинади. Булар ўртасидаги асосий фарқлар қуйидагичадир: 439 Тақсимланадиган умумий мулкнинг ҳар бир иштирокчиси ашёда аниқ белгиланган ҳиссага эга бўлади. Масалан, ярмига, учдан бирига ва ҳоказо. Тақсимланмайдиган биргаликдаги умумий мулк эса, ҳиссаларга тақсимланадиган мулкдан улушларга ажралмаслиги билан фарқ қилади. Бундай умумий мулк ҳамма иштирокчилар ўртасида, уларнинг умумий розилиги билан ва тенглик асосида эгалланади, фойдаланилади ва тасарруф этилади. Улушли мулк субъектлари фуқаро ҳам, ташкилот ҳам бўлиши мумкин. Умумий биргаликдаги мулк ҳуқуқида субъектлар ўз улушларини мустақил тасарруф қила олмайди, чунки, биринчидан, уларнинг ҳар бирининг улуши умуман белгиланмаган бўлади; иккинчидан, оилавий муносабатда бўлган умумий мулк эгаси оиладан чиққанда, уни бошқа бир иккинчи шахс билан алмаштириб бўлмайди. Улушли мулк улушларга ажралмайдиган умумий мулкдан вужудга келиш асослари ва тартиби билан ҳам фарқ қилади. Улушли мулк ташкилотлар ва фуқароларнинг битимлар тузиши асосида, қонунда назарда тутилган асосларда, чунончи қонун ва васият бўйича мерос олишда, мулкнинг мусодара қилинишида ва бошқа баъзи ҳолларда вужудга келиши мумкин.


57. Umumiy mulk huquqining vujudga kelish asoslarini ko’rsating.

Умумий мулк ҳуқуқи қуйидаги асослардан вужудга келади:

  • биринчидан, оддий ширкат шартномасидан масалан, бир неча фуқаронинг биргалашиб уй-жой қуришидан ёки бир неча жамоа хўжалигининг биргалашиб электр станцияси қуришидан;
  • иккинчидан, бир неча фуқаронинг муайян умумий мулкка эга бўлиш учун маблағ ва меҳнатларини қўшишларидан масалан, умумий оилавий мулк;
  • учинчидан, бир неча шахсларнинг қонун ёки васият бўйича мерос олишларидан


58. Hammulkdor umumiy mulk huquqiga obyektiga oid bitimlar tuzayotgan vaqtda
qanday hollarda qolgan hammulkdorlar rozligini olishi, qanday hollarda imtiyozli huquq
bo’yicha taklif bilan chiqishi kerak?

225-modda. Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish