October 7

TDYU REKTORIDAN KITOB TAVSIYA

TDYU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov shaxsiy va kasbiy rivojlanishga yordam beradigan kitoblar tavsiya qiladi.


Ushbu hafta uchun yetakchilik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishni keyingi pog‘onaga olib chiqadigan ikkita o‘ziga xos kitoblar TDYU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov tomonidan tavsiya etiladi:

Robin Sharma: "Unvonsiz rahbar"

Bu kitob unvon va lavozimlar bilan cheklanib qolmaslikni o‘rgatadi. Sharma har bir inson qanday rolda bo‘lishidan qat'i nazar, mukammallik va ijobiy munosabatni namoyish etish orqali yetakchilik qilish potentsialiga ega ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, kitob har qanday sohada yetakchi bo‘lish uchun yo‘l ko‘rsatadigan qo‘llanma vazifasini ham bajaradi.

Deyl Karnegi: "Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish"

Bugungi raqamli dunyoda munosabatlarni o‘rnatish va samarali muloqot qilish har qachongidan ham muhimroqdir. Ushbu Karnegi kitobi esa raqamli aloqa san'atini o‘zlashtirib, qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

Ushbu kitoblarni o‘qib, post ostida sharh qoldiring. Ikki kitobdan biriga taqriz yozing va bizga yo‘llang. Eng yaxshilari Talabalar Assotsiatsiyasi telegram kanalida e'lon qilinadi.



Telegram | Instagram

——————————