May 17

Possion

3-qism

Jungkook devorga suyanib turarkan, qo‘lidagi qurolni mahkam siqdi. Yuragi tez urardi, lekin yuzida buni sezdiradigan hech narsa yo‘q edi. Mansion ichida signal ovozi tinmay jaranglar, uzoqdan o‘q tovushlari eshitilib turardi.

Taehyung esa g‘alati darajada xotirjam edi.

Tae: chap yo‘lakni tozalang.

Qo‘riqchilar darrov buyruqni bajarish uchun yugurishdi. Jungkook bunga qarab qoshini chimirdi.

Jk: hamma seni armiyadagi komandir deb o‘ylasa kerak.

Tae: ular o‘ylamaydi. Bilishadi.

Jungkook ko‘zini aylantirdi.
Birdan yuqori qavatdan qattiq portlash eshitildi. Shiftning bir qismi qulab tushib, chang havoga ko‘tarildi. Jungkook refleks bilan Taehyungni tortib chetga surdi. Temir bo‘lak aynan Taehyung turgan joyga tushdi.

Ikki soniya davomida ular juda yaqin turib qolishdi.
Taehyung pastga qarab, Jungkookning qo‘li hali ham uning ko‘ylagini ushlab turganini sezdi.

Tae: meni qutqaryapsanmi endi?

Jk: xato tushunma. Agar o‘lsang, sotqin kimligini bilolmay qolaman.

Taehyung kulimsiradi.

Tae: yolg‘onchi.

Jungkook qo‘lini tortib oldi.
Yo‘lakning oxiridan yana o‘q uzildi. Bu safar Taehyungning ikki qo‘riqchisi yiqildi. Qora niqobdagi uch kishi tutun orasidan chiqib kelib, avtomatlaridan tinmay o‘q uza boshladi.
Taehyung devor ortidan chiqib, sovuqqonlik bilan ikki marta o‘q uzdi. Ikki odam joyida quladi.

Jungkook hushtak chaldi.

Jk: voy… dramatik boss ekan-san.

Tae: sen ham yomon emassan.

Jungkook javob o‘rniga pichog‘ini uloqtirdi. Pichoq uchinchi odamning bo‘yniga sanchildi. U yerga qulab tushdi.

Bir lahza sukunat cho‘kdi.
So‘ng…

Sekin qarsak ovozi eshitildi.

Notanish erkak qorong‘u yo‘lakdan chiqib keldi. U uzun qora palto kiygan, yuzida esa masxarali tabassum bor edi.

???: chiroyli duet bo‘libsizlar.

Taehyungning yuzi birdan sovuqlashdi.

Tae: …Minho.

Jungkook ikkalasiga navbat bilan qaradi.

Jk: tanishingmi?

Minho kuldi.

Minho: bir vaqtlar aka-ukaday edik.

Taehyung indamadi.

Minho asta Jungkookka qaradi.

Minho: sen Jungkook bo‘lsang kerak. Seni topish uchun ancha odam o‘ldi.

Jk: voy bechoraginam juda qiynalibsanku. Hozir yigʻlab yuboraman

Minho kulimsirab boshini egdi.

Minho: sen haqingda ko‘p eshitganman. Lekin bunchalik… telba deb o‘ylamagandim.

Jk: kompliment uchun rahmat.

Taehyung oldinga chiqdi.

Tae: nega kelding?

Minho ko‘zlarini sovuq qisdi.

Minho: sotqinni qidirayotganding-ku.

Bu gapdan Jungkook hushyor tortdi.
Minho davom etdi.

Minho: qidirma. Chunki u allaqachon yoningda.

Bir soniya.

Keyin Taehyungning qo‘riqchilaridan biri qurolini birdan Taehyungga qaratdi.
Jungkookning ko‘zlari kattalashdi.

Qo‘riqchi hech ikkilanmay tepki bosdi.

Ammo o‘q Taehyungga tegmadi.

Jungkook uni itarib yuborgandi.

O‘q Jungkookning yelkasini teshib o‘tdi.

Tae: JUNGKOOK!

Jungkook og‘riqdan tishini tishiga bosdi-yu, baribir yiqilmadi.

Qo‘riqchi yana o‘q uzishga ulgurmadi.

Taehyung uning boshiga o‘q uzdi.

Xona yana jimib qoldi.
Faqat Jungkookning tezlashgan nafasi eshitilar edi.

Taehyung asta unga yaqinlashdi. Ko‘zlaridagi sovuq ilk marta yo‘qolgandek edi.

Tae: ahmoq… nega oldimga sakrading?

Jungkook zo‘rg‘a kuldi.

Jk: bilmadim… refleks bo‘lsa kerak.

Taehyung uning qon bo‘layotgan yelkasiga qarab jag‘ini qisdi.

Narida turgan Minho esa miyig‘ida kulardi.

Minho: qiziq… Kim Taehyung ham kimnidir yo‘qotishdan qo‘rqarkan.

Taehyung sekin boshini ko‘tardi.

Va ilk marta uning nigohida haqiqiy g‘azab paydo bo‘ldi.

Minhoning oxirgi gapi havoda osilib qolgandek bo‘ldi.

Taehyungning nigohi qorayib ketgan edi. Mansion ichidagi chiroqlar lipillab yonar, tutun asta yuqoriga ko‘tarilardi. Jungkook esa devorga suyangancha yaralangan yelkasini ushlab turardi. Qon barmoqlari orasidan sizib chiqayotgan bo‘lsa ham, u indamay Minho tomonga tikilib turdi.

Minho kuldi.

Minho: voy… bu qarashni sog‘ingandim.

Tae: og‘zingni yop.

Minho yelkalarini qisdi.

Minho: sen avvalgidek emassan, Tae. Oldin bitta odam uchun hamma narsani xavf ostiga qo‘ymasding.

Jungkook ko‘zini qisdi.

Jk: sizlar eski sevishganlarga o‘xshab gaplashyapsizlar.

Ikki taraf ham bir soniya Jungkookka qaradi.

Jk: nima? Atmosfera juda dramatik bo‘lib ketdi.

Taehyung chuqur nafas oldi.

Tae: hozir hazillashadigan vaqt emas.

Jk: men qon yo‘qotayotganim uchun kayfiyatni ko‘tarishga harakat qilyapman.

Minho miyig‘ida kuldi.

Minho: yoqimtoy bola ekan.

Tae: unga qarama.

Jungkook qosh ko‘tardi.

Jk: voy possessive.

Taehyungning sabri tugayotgan edi, buni yuzidan bilish qiyin emasdi.
Birdan koridor oxiridan yana oyoq tovushlari eshitildi.

Qurollangan odamlar yaqinlashayotgan edi.
Minho sekin ortga chekindi.

Minho: bugun emas, Tae. Lekin keyingi safar seni tanlov qilishga majbur qilaman.

Tae: seni o‘ldiraman.

Minho jilmaydi.

Minho: bilaman.

Shu gap bilan u tutun orasiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Jungkook devordan sirg‘alib pastga o‘tirdi.

Jk: jin ursin…

Taehyung darrov uning oldiga cho‘kdi.

Tae: o‘q chuqur kirgan.

Jk: voy rahmat doktor, o‘zim ham bilmasdim.

Taehyung uning qo‘lini yelkasidan tortib oldi va yarani ko‘rdi. Jungkook og‘riqdan yuzini burishtirdi.

Tae: jim tur.

Jk: muloyimroq bo‘lolmaysanmi?

Tae: yo‘q.

Taehyung qurolini bir chetga qo‘yib, ko‘ylagining bir qismini yirtib oldi. So‘ng Jungkookning yarasini bosdi.

Jungkook keskin hansirab yubordi.

Jk: ahh— jin ursin seni!

Tae: baqirma.

Jk: seni otib tashlashganida ko‘rardim men seni!

Taehyung beixtiyor kulib yubordi.

Jungkook bir lahza jim qoldi.
Chunki bu Taehyungning birinchi marta chinakam kulgani edi.

Jk: …voy.

Tae: nima?

Jk: sen kularkan-san.

Tae: hozir seni hushidan ketkazaman.

Jungkook miyig‘ida kuldi. Lekin birdan uning yuzi jiddiylashdi.

Jk: Tae.

Taehyung birinchi marta uning ismini qisqartirib aytganini sezdi.

Tae: nima?

Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi.

Jk: nega meni qutqaryapsan?

Savol havoda og‘ir osilib qoldi.

Taehyung javob bermadi.
Jungkook esa ko‘zlarini undan uzmadi.

Jk: men qotilman. Muammo olib kelaman. Sening odamlaring o‘lyapti. Hali ham meni tashlab ketmading.

Taehyung sekin bog‘lamni tugdi.
So‘ng past ovozda gapirdi.

Tae: chunki sen menga kerak-san.

Jungkook kulimsiradi.

Jk: faqat ish uchunmi?

Taehyung javob bermadi.
Aynan shu sukunat Jungkookni yanada bezovta qildi.

Birdan yuqoridan yana signal ovozi yangradi.
Qo‘riqchilardan biri yugurib keldi.

Qo‘riqchi: boss! Server xonasiga kirishibdi!

Taehyung darrov o‘rnidan turdi.

Tae: kim?!

Qo‘riqchi ikkilanib qoldi.

Qo‘riqchi: ichkaridan kirishgan… kod sizning shaxsiy profilingiz bilan ochilgan.

Taehyungning yuzi muzdek bo‘lib ketdi.

Jungkook asta o‘rnidan turarkan, bir narsani tushundi.

Bu yerda bitta emas…
Bir nechta sotqin bor edi.

Tae: ketamiz . Mansionni yoqib yuboring

Jk: voy shunday joy uvol boʻldi eh .

Tae: bu shunchaki seni saqlash uchun oddiy uy edi xolos

Jk: oh ogʻayni men seni qutqarib qoldimku. Menga ham bittasini sovgʻa qil . Baribir boy odamsanku

Tae: yaxshi mansionga qoʻshib oʻzimni ham sovgʻa qilaman

Jk: hahahaha hazilkash

Tae: boʻldi endi ketamiz

Jk: voy yelkam yelkam charchadim meni koʻtarib ol .

Tae: dramma malikasi

Taehyung jungkookni kelinlik uslubida koʻtarib oldi
.
.
.
.
.

Writer: Nikita