Death game
Seul kechalari har doim bir xil — sovuq, g‘ayritabiiy darajada jim va ayni paytda, yashirincha jonli. Har bir chiroq ortida, har bir bino ostida sirlar yashiringan. Ayniqsa, shaharning markazidagi baland binolar orasida qad rostlagan "Jeon Group" kompaniyasining bosh ofisi.
Tashqaridan bu bino obro‘li va mukammal ko‘rinar, biroq ichkarida... ichkarida boshqa bir dunyo yashardi. Jinoyat, shafqatsizlik va hukmronlik olami. Bu dunyoning egasi — Jeon Jungkook.
U 27 yoshda. Katta biznesmen sifatida tanilgan, lekin aslida — butun jinoyat olamining soyadagi hukmdori. U shunchalik qudratli ediki, ko‘pchilik uning ismini tilga olishdan ham qo‘rqardi. U hukm chiqarar, jazolarni belgilardi, hech kimga rahm qilmasdi. U uchun odamlar — faqat vosita. Foydali bo‘lsa, kerak. Bo‘lmasa, yo‘q qilinadi.
Jungkookning hayoti birinchi kundan shafqatsizlik ichida boshlangan. Yetimxonada ko‘z ochgan, sevgini eshitmagan, faqat tartib, og‘riq va o‘zi kabi mehrsiz bolalar orasida ulg‘aygan. Bolaligida ko‘p kechalar ko‘zlarini ochiq holda tunlarni kutib chiqardi. Har bir urilish, har bir qichqiriq ichida u yondar, ammo hech qachon yig‘larmidi? Yo‘q. U qachonlardir yig‘lashni ham unutgan edi.
Bugun ham u ofisida yolg‘iz o‘tirgan, qo‘lida viski, oynavand devordan shaharga tikilar, ammo ko‘zlarida harakatsizlik bor edi. Ish yurituvchisi stolga yangi loyiha papkalarini qo‘yar ekan, tasodifan bir rasm tushib ketdi. Unga e’tibor bermoqchi emasdi, biroq rasm yuzasidan tanish tuyulgan narsa unga qattiq ta’sir qildi.
Chizilgan portret. O‘smir bola. Qoramtir soyalar, tushkun ifoda, chuqur, umidsiz ko‘zlar. Bu oddiy rasm emas edi — bu hayqiriq edi. Sokina, biroq yurakka kirib boradigan hayqiriq.
Rasm tagidagi ism: Kim Taehyung.
Kim Taehyung — 17 yosh. Omega. Oddiy maktab o‘quvchisi. Onasi allaqachon yo‘q, otasi esa — giyohvandlik botqog‘ida qolgan, bolaga otalik qilish u yoqda tursin, hatto u bilan gaplashmasdi ham. Uy degani, Taehyung uchun devorlar orasida tinimsiz dard edi.
Har kuni erta tongda maktabga otlanar, lekin yuragi har safar yanada ezilardi. U yerda ham uni hech kim kutmasdi. Aksincha — masxaralashar, itqitishar, ba’zida ustozi ham yuzini ko‘tarib qarashdan tortinardi. Qizlarga o‘xshagan kiyinish uslubi, o‘zini doim yashirish istagi, odamlar bilan uzoq yurishi uni “boshqacha” qilib ko‘rsatar edi. Vaholanki, u faqat tinchlik istar edi. E’tiborni emas, himoyani emas — jimlikni orzu qilardi.
U san’atni sevardi. Rasm chizish uning uchun nafas olishdek bo‘lgan. Har bir chiziq — yuragidagi dardning aks-sadosi. U bo‘yoqlar bilan qayg‘usini yashirardi. Rasm — unga hech qachon javob qaytarmas, uni ayblamas, uni o‘zgartirishga urunmasdi.
Maktab ko‘rgazmasiga rasm yuborish — bu esa unga katta jasoratga tushgandi. U bu orqali hech bo‘lmaganda, o‘zini hech kim anglamasa ham, bir zumga bo‘lsa-da, ko‘rinsin degan istakda edi.
Ko‘rgazma kuni. Maktab zalida oddiy stol, devorda chizilgan rasmlar, bir necha ota-onalar, maktab ma’muriyati va homiy sifatida taklif etilgan "Jeon Group" vakillari bor edi.
Lekin Jungkook bu safar o‘zi kelgan edi. U, odatda, bunday mayda tadbirlarga ahamiyat bermasdi, biroq o‘sha rasm... unga tinchlik bermadi. Ko‘rgazmaga kirishi bilan nigohi darhol o‘sha rasmni qidirdi. Topdi. Portret. Ko‘zlar.
So‘ng zal bo‘ylab aylanar ekan, u rasmga qiyos bo‘ladigan ko‘zlarni izlay boshladi. Va topdi.
Zal burchagida, boshini egib, odamlar bilan ko‘z urishtirmasdan turgan bola. Sochlari bir chetga tushgan, ustida erkakcha, keng ko‘ylak, oyoqlari qisilgancha tik turgan. Kimdir uni ko‘rmasligi uchun qo‘ldan kelganini qilayotgandi.
Jungkook unga to‘g‘ri qaradi. Uning nigohi og‘ir, ezuvchi, keskir edi. Bola esa buni his qildi. Nigohlar to‘qnashdi.
Taehyung yuragining tez ura boshlaganini his etdi. Bu birinchi marta edi — kimdir unga shunchalik diqqat bilan, lekin g‘alati sovuqlik bilan qarayotgan edi. Bu nazar mehrli emasdi. Bu — yirtqichning o‘ljasiga qarashi edi.
Jungkook asta yoniga kelib, direktor bilan gaplashdi:
— Kim Taehyung. Juda iste’dodli. Lekin... ehh, oilaviy muammolar, o‘ziga xos xulq...
— Uning rasmlarini sotib olaman. Barchasini. Va uni stipendiya bilan mukofotlaymiz, — dedi Jungkook sovuq ohangda.
— Bu... albatta, lekin... sizga nega u...?
Jungkook nigohini uzmasdan dedi:
— Chunki men unga kerakman. Endi u menga qarashli.
U ketdi. Taehyung esa hali ham joyidan qimirlamasdi. Ichida bir narsa sinayotgandi. Yoki uyg‘onayotgandi. U nima bo‘lganini hali anglamasdi, ammo bu kun — hayotini abadiy o‘zgartirgan edi.