Stepbrother
Taehyung Jungkookni bag‘rida ushlab ancha vaqt jim o‘tirdi. Xonada faqat soatning mayin chiqillashi eshitilib turardi. Jungkook esa boshini uning yelkasiga qo‘ygancha ko‘zlarini yumib olgandi. Ammo ichidagi og‘riq hali ham ketmagan edi.
Taehyung uning yuziga termuldi. Jungkookning kipriklari hali ham nam, labining cheti esa qizarib turardi. Bu manzara Taehyungning ichidagi g‘azabni yana uyg‘otdi. Ammo u buni sezdirmaslikka harakat qildi.
Tae: ertalabdan beri hech narsa yemading.
Taehyung chuqur xo‘rsindi. Keyin Jungkookning peshonasiga labini bosdi.
Tae: unda hech bo‘lmasa choy ichasan. Keyin dori ichishing kerak.
Jungkook indamay bosh irg‘adi.
Taehyung oshxonaga kirib ketdi. Jungkook esa divanda yolg‘iz qoldi. Atrof juda tinch edi. Shu tinchlik ichida Kim xonimning gaplari yana qulog‘ida jaranglay boshladi.
“Yetim bola asrasang og‘zi burning qon bo‘lar…”
Jungkookning nafasi yana og‘irlashdi. Qo‘llari titray boshladi. U quloqlarini berkitib oldi.
Birdan oshxonadan qaytayotgan Taehyung uning holatini ko‘rib ketdi. Darrov yoniga yugurdi.
Taehyung choyni stolga qo‘yib, uning qo‘llarini ushladi.
Tae: menga qara… yana o‘sha narsalarni o‘ylayapsanmi?
Jungkook javob bera olmadi. Ko‘zlaridan yosh oqib tushdi
Jk: men… charchadim hyung… juda charchadim…
Taehyungning yuragi ezilib ketdi. U Jungkookni bag‘riga tortib, boshini ko‘ksiga bosdi.
Jk: lekin hamma meni aybdordek ko‘radi…
Jk: nega meni bunchalik himoya qilayapsan…?
Taehyung bir necha soniya jim qoldi. So‘ng uning sochlarini sekin siladi.
Tae: chunki seni yo‘qotishni istamayman.
Bu gapdan Jungkookning yuragi tez urib ketdi. U asta boshini ko‘tardi.
Jk: men… senga yuk bo‘lib qolmayapmanmi…?
Taehyungning qoshlaridan biri chimirildi. U Jungkookning yuzini ikki qo‘li bilan ushladi.
Tae: bunaqa gapni boshqa aytma.
Tae: sen hech qachon yuk bo‘lmaysan.
Taehyungning ovozi juda qat’iy edi.
Tae: men seni himoya qilishni o‘zim xohlayman. Majbur emasman.
Jungkookning ko‘zlari yana namlandi. Lekin bu safar u yig‘isini zo‘rg‘a ushlab turardi.
Shu payt Taehyungning telefoni jiringladi.
Ekranda “Onam” degan yozuv yonib turardi.
Jungkookning rangi oqarib ketdi.
Taehyung esa sovuq nigoh bilan telefonga qaradi va qo‘ng‘iroqni rad etdi.
Oradan ikki soniya o‘tib yana qo‘ng‘iroq bo‘ldi
U telefonni butunlay o‘chirib qo‘ydi.
Jk: hyung… balki qaytishimiz kerakdir…
Jk: men sabab hammangiz urishyapsiz…
Taehyungning jag‘i taranglashdi.
Tae: eshit. Bu narsaga sen aybdor emassan.
U Jungkookning qo‘lini mahkam ushladi.
Tae: men seni o‘sha uyga qaytarmayman.
Jungkook uning ko‘zlariga qarab qoldi. Taehyungning nigohi juda jiddiy edi.
Tae: hech kim seni yana sindirishiga yo‘l qo‘ymayman.
Jungkook shu gaplarni eshitib ichida nimadir iliqlashganini his qildi. Balki uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zini xavfsiz his qilayotgandir.
Taehyung uning peshonasiga suyandi.
Tae: endi dam olasan. Bugun juda ko‘p yig‘lading.
Taehyungning ko‘zlari yumshadi.
Taehyung yengil tabassum qildi
Tae: butunlay tuzalganingda. Tabassuming yana oldingidek bo‘lganda.
Jungkook asta ko‘zlarini yumdi. Taehyung esa uni bag‘ridan qo‘yib yubormadi. Go‘yo qo‘yib yuborsa, Jungkook yana og‘riqlari ichiga tushib ketadigandek mahkam quchoqlab turardi.
Shu paytda boshqa joyda Anna qo‘lidagi telefonni qattiq siqib, g‘azab bilan yig‘layotgan edi.
A: Jungkook… sen hammasini tortib olding…
Uning ko‘zlari nafrat bilan qorayib ketdi.
A: lekin men hali yutqazmadim… hali emas…
Anna telefonini chiqardi . Va oʻzining yashirin josuslaridan biriga qoʻngʻiroq qildi .
: ha xonim uning haqiqiy otasi haqida maʼlumotlarni bir soat ichida yetkazaman
A: hamma maʼlumotlar boʻlsin . Men tezroq uni yoʻq qilishni xoxlayman .
Qorongʻu qasr . Hamma joy zulmatdek qop qorongʻu edi . Gʻalati darajada sokin . Anna bu xonadonga kirib borar ekan negadir eti junjikib ketdi .
A: men janob Jeonning yoniga keldim .
Anna ichkariga kirib bordi . Qasr ichkarisi tashqarisidan ham qoʻrqinchliroq edi . Mehmonxona oʻrtasida esa bir koʻzi bogʻlangan yoshi kattaroq bir odam oʻtirardi .
J: xush kelibsiz Anna Marinna. Meni yoʻqlab kelibsan
A: siz bilan kelishish uchun keldim
J: hahh qizaloq manzilda adashding shekilli . Nima uchun sen bilan kelishishim kerak .
A: oʻgʻlingiz Jeon Jungkookni sizga qaytaraman desamchi
J: hazillashishga jurʼat etsang tilingni sugʻirib olaman
A: men shunchaki gapirmayman janob . Va oʻgʻlingiz nega sizga kerak ekanligini ham bilaman
Anna yurib kelib Janob Jeonning qarshisidagi stolga oʻtirdi.
A: siz oʻgʻlingiz ustidan kelishuv qilgansiz . Yapon Yakudzasi bilan . Yakudza boshligʻi oʻgʻlingizga oshiq va u uchun sizga yarim boyligini va Yaponiya chegarasini ochishni vada qilgan
A: bilasizmi janob mening josuslarim juda yaxshi ishlaydi . Ayniqsa menga kerakli odamlarni topishga usta
A: shunchaki oʻgʻlingizni uzoqroqqa olib keting . Men uni tuzoqqa tushirib sizga beraman . Siz esa evaziga uni hech qachon Koreyaga qaytarib olib kelmang . Kelishdikmi
J: kelishdik . Faqat buni qanday qilasan buni bilmayman . Chunki u Taehyung bilan . U uni qoʻyib yubormaydi
A:buyogʻi bilan ishingiz boʻlmasin . Men oʻz ishimni sifatli bajarishga oʻrganganman Janob Jeon . Shunchaki mening rejam boʻyicha harakat qilsangiz yetarli .
Anna smirk tabassum qilib saroydan chiqib ketdi .
Uy ichidagi barcha chiroqlar o‘chirilgan, faqat mehmonxona burchagidagi kichik lampa xira nur sochib turardi. Jungkook divanda uxlab qolgan edi. Ko‘zlari shishgan, nafasi esa nihoyat tinchlashgandi.
U divan yonida polga o‘tirib, Jungkookning qo‘lini ushlab turardi. Nigohi esa bir nuqtaga qadalgandi. Ichidagi g‘azab hali ham bosilmagan edi.
Kim xonimning Jungkookka qo‘l ko‘targani ko‘z oldidan ketmayotgandi.
Taehyung asta boshini egdi. Jungkookning barmoqlarini labiga bosib, ko‘zlarini yumdi.
Past ovozda aytilgan bu gapda aybdorlik sezilib turardi.
Shu payt Jungkook bezovta qimirlab qo‘ydi.
Taehyung darrov uning yoniga yaqinlashdi.
Tae: Jungkook… hey… bu tush xolos…
Jungkook birdan ko‘zlarini ochib yubordi. Nafasi tezlashib ketgan, ko‘zlari qo‘rquvga to‘la edi.
Taehyung uning yuzidan tushgan sochlarni chetga oldi.
Tae: qaragin menga… hammasi yaxshi.
Jungkook bir necha soniya atrofga alangladi. Keyin asta Taehyungning kiyimidan ushlab oldi.
Bu savol Taehyungning yuragini zirqiratdi.
Tae: men ketmayman degandim-ku.
Jungkook ko‘zlarini yumib, uning ko‘ksiga bosh qo‘ydi.
Jk: men uxlasam… sen yo‘qolib qoladigandek tuyulyapti…
Taehyung sekin kulimsiradi, ammo ko‘zlari g‘amgin edi.
Tae: unda bugun umuman qo‘yib yubormayman seni.
U Jungkookni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, yotoqxonaga olib kirdi. Karavotga yotqizib, ustidan adyol yopdi.
Jungkook esa hali ham uning qo‘lidan qo‘yib yubormayotgandi.
Tae: qo‘limni sindirib tashlaysan shekilli.
Jungkook birinchi marta yengil kuldi.
Jk: o‘zing aytding-ku… qo‘yib yubormayman deb…
Taehyungning yuzida iliq tabassum paydo bo‘ldi.
U ham karavot chetiga o‘tirdi. Jungkook esa unga yaqinroq surildi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Jungkook asta gapirdi.
Jk: agar bir kun kelib… men hammaga muammo bo‘lib qolsamchi…?
Taehyungning yuzi birdan jiddiylashdi.
Tae: sen nega o‘zingni bunchalik yomon ko‘rasan…?
Jungkookning kipriklari titradi.
Jk: chunki boshqalar ham shunday qaraydi…
Taehyung chuqur xo‘rsinib, uning yoniga yotdi. So‘ng Jungkookning iyagini ushlab, ko‘zlariga qaratdi.
Tae: odamlarning seni qanday ko‘rishi meni qiziqtirmaydi. Men seni qanday ko‘rishim muhim.
Jungkookning nafasi sekinlashdi.
Tae: men esa seni… eng qimmatli insondek ko‘raman.
Bu gapdan Jungkookning ko‘zlari yana namlandi.
Taehyung bir lahza jim qoldi. Keyin juda past ovozda gapirdi.
Tae: chunki sen mening eng zaif joyimsan.
Jungkookning yuragi qattiq urardi. Taehyung esa undan ko‘z uzmay turardi. Go‘yo ichidagi barcha hislar ko‘zlarida aks etayotgandek.
Taehyungning “sen mening eng zaif joyimsan” degan gapi havoda muhrlanib qolgandek edi. Jungkook esa nafas olishni ham unutgandek unga tikilib turardi. Yuragi qattiq urayotgani hatto o‘ziga ham eshitilayotgandek tuyuldi.
Taehyung uning ko‘zlariga qarashda davom etdi. Ammo keyin birdan nigohini olib qochdi. Go‘yo ortiqcha gapirib yuborganini endi sezgandek.
Jungkook lablarini sekin tishladi.
Jk: “eng zaif joyim” deganingizga…
Xona yana jim bo‘lib qoldi.
Taehyung chuqur xo‘rsinib, boshini yostiqqa qo‘ydi.
Tae: ba’zi odamlar bo‘ladi… ularni yo‘qotishdan qo‘rqasan.
Jungkookning ko‘zlari asta yumshadi.
Jk: meni yo‘qotishdan qo‘rqasizmi…?
Taehyung darhol javob bermadi. Faqat Jungkookning qo‘lini mahkamroq ushladi.
Tae: haddan tashqari. Sensiz oʻlib qolaman . Sensiz nafas ololmayman . Sen mening hayot nurimsan. Sen mening jonimsan , qalbimsan, ruhimsan . Men seni shunday sevaman . Bor vujudim bilan . Sen mening baxtim . Kelajakdagi farzandlarim onasisan. Sensiz men yarim jonman. Men romantik emasman . Ammo bitta narsani aniq bilaman . Men seni har bir hayotimda , har bir dunyoyimda , har bir oʻzga olamda sevaman . Tushunarlimi
Bu safar Jungkookning ko‘zidan yosh chiqdi. Ammo bu og‘riqdan emasdi. Anchadan beri ilk marta yuragi iliqlikni his qilayotgandi.
Jungkook asta Taehyungga yaqinroq surildi.
Taehyung unga qarab yengil kuldi.
Taehyung uning peshonasiga lab bosdi. Jungkook esa ko‘zlarini yumdi. Nihoyat ichidagi qo‘rquv bir oz tinchgandek edi.