Lost trust
Jk mashinaga o‘tirib eshikni asta yopdi. Dvigatel ovozi ham go‘yo og‘ir xotiralarni bosib kelayotgandek, sekin jiringladi. Qabriston ortda qolarkan, uning ko‘z oldida faqat bitta manzara qayta-qayta aylanardi — o‘sha bir lahza, o‘sha “tanla” degan sovuq ovoz.
U qo‘llarini tizzasiga qo‘yib, boshini egdi.
Jungkook Taening quchogʻida koʻzlarini yumdi .
Jeakhyung: dadajon bobom yaxshi ekanmi
O‘q ovozi havoni yorib o‘tdi.
Hammasi bir lahzada sodir bo‘ldi.
Jk: YO‘Q!!!
Ammo yerga qulagan odam… Tae emas edi.
Bu — Jungkookning otasi edi.
U oxirgi soniyada o‘zini ular orasiga tashlagan edi.
Bir zum hamma jim qoldi. Tae ham, Taeju ham qotib qolgandek edi.
Jk asta oldinga yurdi. Nafasi bo‘g‘ilib, ko‘zlari titrardi.
U tiz cho‘kdi, otasining boshini qo‘llariga oldi. Qon qo‘llariga yuqar, lekin u bunga e’tibor bermasdi.
Otasi zo‘rg‘a ko‘zlarini ochdi.
Janob Jeon: kech bo‘lsa ham… seni… himoya qilishim kerak edi…
Jk: siz… meni hech qachon himoya qilmagansiz…
Janob Jeon: bilaman… men… yaxshi ota bo‘lolmadim…
Uning nigohi Jeakhyungga tushdi.
— lekin… u… begunoh… sizlar… yashanglar…
Jk boshini chayqadi:
— yo‘q! Hali gaplashamiz! Siz ketmaysiz!
Ammo kech edi.
Otasi oxirgi marta unga qaradi… va ko‘zlari asta yumildi.
Jk qotib qoldi. Ovozi chiqmay qoldi. Faqat ko‘zlaridan yosh oqardi.
Taehyung va Jungkook uyga qaytdi .
U kuchli edi. Otasiga o‘xshab jasur.
Onasiga o‘xshab chidamli.
Ba’zan u o‘sha kunni eslardi. Lekin endi qo‘rquv emas, saboq qolgan edi.
Bir kuni ular uchovlari yana qabristonga borishdi.
Jk va Tae yonma-yon turishardi.
Jeakhyung esa qabr oldida tiz cho‘kdi.
J: bobojon… men onamni va dadamni himoya qilaman. Siz xavotir olmang.
Tae Jkga qaradi.
Jk esa sekin bosh irg‘adi.
Shamol esdi.
Oq atirgullar yaproqlari asta qimir etdi.
Go‘yo kimdir ularni uzoqdan kuzatayotgandek…
Bu safar og‘riq kamroq edi.
Chunki yo‘qotish bor edi.
Lekin sevgi… hali ham shu yerda edi.
Va u endi qo‘rquv emas —
ularni birlashtirib turgan kuch edi.