May 10

Kechikish...

2-qism

Yuvinish xonasidan chiqqan Jungkook koʻzlarini artib, yuziga sovuq suv sepdi. U oʻzini qoʻlga olishga harakat qilardi. Chunki hozir yiqilishga haqqi yoʻq edi.

U oilasi uchun shunday qaror qildi. Endi esa oxirigacha chidashi kerak edi.

Ammo yuragi... yuragi Taehyung ketgan tomonga tortardi.

Kech tushgan.

Uydagilar allaqachon uxlagandi. Faqat Jungkook xonasidagi chiroq hali ham yonib turardi.

U krovat chetida oʻtirgancha telefonidagi bitta rasmga tikilib qolgandi.

Rasmda u va Taehyung kulib turardi. Oʻsha kuni yomgʻir yogʻgandi. Taehyung esa kulib “bir kuni seni mendan hech kim tortib ololmaydi” degan edi.

Jungkook labini tishladi.

Jk pov: agar haqiqatni aytsamchi...?

Ammo keyingi soniyada dadasining gaplari qulogʻida jarangladi.

“Namjoon oʻziga biror narsa qilib qoʻyadi...”

Jungkook koʻzlarini mahkam yumdi.

Jk: men buni qilishim kerak...

Shu payt derazaga nimadir urildi.

Tak.

Jungkook choʻchib bosh koʻtardi.

Yana.

Tak.

U asta derazaga yaqinlashdi. Pardani ochishi bilan nafasi ichiga tushib ketdi.

Pastda Taehyung turardi.

Qora hudida, qoʻllari choʻntagida. Ammo eng qoʻrqinchlisi — uning koʻzlari edi.

U juda sovuq qarardi.

Jungkookning yuragi siqilib ketdi.

Taehyung sekin qoʻlidagi telefonni koʻrsatdi.

Jungkook titroq qoʻllari bilan telefonini oldi.

Yangi xabar.
— “Pastga tush. Gaplashamiz.”

Jungkook bir necha soniya ikkilanib turdi. Keyin sekin xonasidan chiqdi.
Tashqarida havo muzdek edi.

Jungkook hovliga chiqishi bilan Taehyung unga yaqinlashdi. Ular bir necha soniya jim turishdi.

Nihoyat Taehyung gap boshladi.

Tae: bir savol beraman. Faqat yolgʻon gapirma.

Jungkook indamadi.

Tae: uni sevasanmi...?

Jungkookning tomogʻi qurib ketdi.

U “yoʻq” deb baqirgisi keldi. “Men faqat seni sevaman” degisi keldi.

Ammo aytolmadi.

Jk: bu endi muhim emas.

Taehyung kulib yubordi. Ammo bu kulgi ogʻriqli edi.

Tae: demak shunday...

U boshini qimirlatdi.

Tae: bilasanmi Jungkook, men seni deb hamma bilan urishdim. Otam bilan ham, kompaniya bilan ham. Chunki seni yoʻqotmayman deb oʻylagandim.

Jungkookning koʻzlari kattalashdi.

Jk: nima...?

Tae: men hatto sendan keyin hammasini tashlab ketishga tayyor edim.

Jungkookning koʻzidan yosh oqdi.

Taehyung esa unga yaqinlashib, sekin dedi:

Tae: ammo sen bir marta ham men uchun kurashmading.

Bu gap Jungkookni sindirdi.

Chunki Taehyung haq edi.

U oilasi uchun oʻz sevgisini qurbon qilgandi. Ammo Taehyung uchun hech nima qilmagandi.

Jungkook past ovozda gapirdi.

Jk: meni kechir...

Taehyung birdan uning iyagidan ushladi.

Tae: yoʻq. Endi kech emas. Hozir men bilan ket.

Jungkook hayrat bilan unga qaradi.

Tae: hammasidan uzoqqa ketamiz. Hech kim bizni topolmaydi.

Bir lahzaga Jungkookning yuragi umid bilan urdi.

Ammo keyin... oilasi koʻz oldiga keldi. Dadasi. Oyisi. Namjoon. Felix.

U sekin Taehyungning qoʻlini olib tashladi.

Jk: ketolmayman...

Taehyung qotib qoldi.

Bir necha soniya hech narsa demadi.

Keyin asta kuldi. Juda sekin. Juda sovuq.

Tae: tushundim.

U orqaga chekindi.

Tae: demak men haqiqatan ham sen uchun yetarli boʻlmagan ekanman.

Jungkook bir qadam oldinga yurdi.

Jk: unday emas—

Tae: bas!

Taehyungning ovozi tun sukunatini yorib yubordi.

Uning koʻzlari qizarib ketgandi.

Tae: bugundan keyin meni qidirma Jungkook. Chunki seni koʻrsam... oʻzimni toʻxtatolmayman.

Shu gapdan keyin Taehyung ortiga oʻgirildi va ketib qoldi.

Jungkook esa qorongʻu hovlida yolgʻiz qoldi.
Va ilk bor yuragi unga bitta narsani aytdi.
U Taehyungni yoʻqotdi. Haqiqatan ham yoʻqotdi.

Oradan uch kun oʻtdi.

Taehyung oʻsha kechadan keyin butunlay gʻoyib boʻldi. Na qoʻngʻiroq, na xabar. Hech narsa.

Jungkook esa tobora yomonlashardi. U ovqat yemay qoʻygandi. Kechalari uxlay olmas, kunduzlari esa xuddi ruhsiz odamdek yurardi.

Jeon xonadonida esa hamma toʻy bilan band edi. Faqat hech kim Jungkookning koʻzlari kundan kunga soʻnib borayotganini sezmasdi.

Yoki sezishni xohlamasdi.

Kechqurun Jungkook sekin oshxonaga tushdi. Suv ichmoqchi edi.

Ammo zinadan tushayotib mehmonxonadan kelayotgan ovozlarni eshitib toʻxtadi.

Dadasi kim bilandir telefonda gaplashardi.

J/j: xavotir olmang. Toʻydan keyin barcha aksiyalar sizning nomingizga oʻtadi.

Jungkookning qadami sekinlashdi.

J/j: ha, oʻgʻlim rozi boʻldi. U oilasi uchun hamma narsaga tayyor bola.

Jungkookning yuragi gʻash tortdi.

Nomaʼlum erkakning kulgisi eshitildi.

— “Demak Jeon Jungkookni sotib oldik.”

Janob Jeon ham kulib yubordi.

J/j: deyarli shunday desa ham boʻladi.

Jungkookning qoʻlidagi stakan yerga tushib chil-chil sindi.

Xona jim boʻlib qoldi.
Janob Jeon choʻchib ortiga qaradi.

J/j: Jungkook...?

Jungkook qotib turardi. Koʻzlari namlanib ketgan edi.

Jk: nima dedingiz...?

Janob Jeonning yuzi oʻzgardi.

J/j: oʻgʻlim sen notoʻgʻri tushunding—

Jk: meni sotdingizmi...?

Ovozidagi titroq hammani jim qoldirdi.

Jk: men oilam uchun sevgimdan voz kechdim... hayotimni berdim... siz esa...
U gapini tugata olmadi. Koʻzidan yosh oqib tushdi.

Jk: men sizlar uchun shunchaki kelishuv boʻldimmi...?

Janob Jeon unga yaqinlashdi.

J/j: majbur edim Jungkook! Kompaniyani saqlab qolishim kerak edi!

Jungkook kulib yubordi. Ammo bu kulguda ogʻriq bor edi.

Jk: demak Taehyung haq ekan...

J/j: nima...?

Jk: hech kim meni tanlamagan...
U sekin ortga chekindi.

Shu payt tepada turgan Felixning lablari sekin koʻtarildi.

Felix hammasini eshitib turardi.

Va u bundan mamnun edi.

Oʻsha tun Jungkook birinchi marta Taehyungga qoʻngʻiroq qilishga jurʼat topdi.
Qoʻllari titrardi.
Bir marta...
Ikki marta...
Ammo javob boʻlmadi.
Jungkook labini tishladi.
Yana qoʻngʻiroq qildi.
Bu safar telefon koʻtarildi.

Ammo javob bergan Taehyung emasdi.

Nomaʼlum qizning ovozi eshitildi.

— “Taehyung hozir band. Keyinroq qoʻngʻiroq qiling.”

Jungkookning nafasi ichiga tushib ketdi.
Jk: kim... siz kimsiz...?

Qiz kuldi.
— “Men uning sevgilisiman”

Telefon Jungkookning qoʻlidan sirgʻalib tushdi.

Butun xona jim boʻlib qoldi.

Jungkookning koʻzlari boʻshashib ketdi.

Goʻyo shu soniyada yuragi yana bir marta parchalangandi.

Ammo u bilmasdi...

Telefonning narigi tomonida oʻtirgan Taehyung koʻzlarini yumgancha chuqur nafas oldi.

Va uning yonida turgan ayol sekin pichirladi:

— “Nega bunday qilyapsan...? Axir uni hali ham sevasan.”

Taehyungning jagʻi qattiq siqildi.

Tae: chunki endi u ham mening qanday ogʻrigʻimni his qilishi kerak.

Toʻy kuni keldi.
Jeonlar xonadoni odamlarga toʻlib ketgandi. Hamma kulardi. Hamma tabriklardi. Qimmatbaho kiyimlar, baland musiqa, sunʼiy tabassumlar...

Ammo shu dabdabaning oʻrtasida faqat bitta inson oʻlib borardi.

Jeon Jungkook.

Jungkook oynaning qarshisida jim oʻtirardi. Oqartirilgan yuzida zarracha hayot yoʻq edi. Stilistlar uning yuziga pardoz qilardi, ammo koʻzlari ostidagi charchoqni yashira olishmasdi.

U oppoq kostyumda juda chiroyli koʻrinardi. Ammo oʻzini xuddi tobutga tayyorlanayotgan odamdek his qilardi.

Eshik taqilladi.
Ichkariga oyisi kirdi.

J/x: voy oʻgʻlim... juda chiroyli boʻlib ketibsan.
Jungkook indamadi.
Oyisi uning yoniga oʻtirdi.

J/x: xafamisaan...?
Jungkook sekin kuldi. Juda boʻsh kulgi edi.
Jk: oyi... agar men yoʻq boʻlib ketsam yigʻlarmidingiz...?

Ayol kulib yubordi.

J/x: nima deyapsan bolam, bugun toʻyingku.
Jungkook koʻzlarini yumdi.

U javobini oldi.
Pastda mehmonlar yigʻilib boʻlgandi.

Jakson qimmat kostyumda mehmonlar bilan gaplashib turardi. Uning yuzidagi tabassum Jungkookning koʻnglini aynitardi.

Felix esa chekkada turib Jungkookni kuzatardi.

Uning koʻzlarida gʻalati mamnunlik bor edi.

Marosim boshlanishiga oz qolganda Jungkookni zal eshigi oldiga olib kelishdi.
Musiqa yangray boshladi.
Janob Jeon oʻgʻlining yelkasiga qoʻl qoʻydi.

J/j: sen bilan faxrlanaman oʻgʻlim.

Jungkookning yuragi achishib ketdi.
Faxrlanish...?
Qaysi otasi oʻgʻlini azobga tashlab faxrlanardi...?
Eshiklar sekin ochildi.
Hamma oʻrnidan turdi.

Jungkook asta ichkariga kirib bordi. Oqartirilgan zal, qarsaklar, kameralar chaqnashi... hammasi unga boʻgʻiq eshitilardi.

Uning koʻzlari avtomatik tarzda odamlar orasidan bitta insonni qidirdi.

Taehyungni.
Ammo u yoʻq edi.
Shu lahzada Jungkook ichida nimadir uzildi.

Jk pov: demak rostdan ham ketding...

U sekin boshini egdi.

Jakson esa mamnun jilmaydi.

Marosim davom etdi. Ruhoniy nimadir gapirardi. Mehmonlar esa baxtli juftlikka havas bilan qarashardi.

Faqat hech kim kuyovning qoʻllari titrayotganini koʻrmasdi.

Ruhoniy nihoyat asosiy savolni berdi

— “Jeon Jungkook, siz Jaksonni umr yoʻldoshingiz sifatida qabul qilasizmi?”

Butun zal jim boʻlib qoldi.

Jungkookning nafasi qisib ketdi.
Koʻz oldiga hamma narsa keldi.
Taehyungning kulgisi.
Ularning birinchi uchrashuvi.
“Men seni hech kimga bermayman” degan ovozi.
Va oxirgi marta eshitgan sovuq gapi.
“Endi meni qidirma.”
Jungkookning koʻzlari yoshlandi

Jakson uning qoʻlini qattiq siqdi.
Past ovozda pichirladi:
Jakson: javob ber xotinjon. Hamma kutyapti.
Jungkook lablarini ochdi.

Jk: ha

Va hammasi tamom . Hamma narsa oʻsha vaqtdan boshlandi . Toʻy tugadi . Hamma oʼz uyiga ketdi . Va oʻsha kundan boshlab Jungkookning hayoti zulmatga choʻkdi . Oʻsha qasrda u koʻrmagan ogʻriq qolmadi . Zoʻrlandi, doʻpposlandi , majburlandi. Uning hayoti faqat oq qoradan iborat boʻlib qoldi . Eng qizigʻi shundaki u oilasi uchun qoʻlidagi hamma narsani berdi . Ammo uning oilasi uni yoʻqlab biror kun kelmadi . Jungkook oilasi bilan oxirgi marta Namjoonning toʻyida koʻrishgandi . Va shu bilan hech kim Jungkookdan xabar olmadi . Ikki yil . U ikki yil bu qarsda vayron boʻldi .

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.

.
.
By: Nikita