Passion
Taehyung Jungkookni hech qanday qiynalmayotgandek ko‘tarib ketardi. Mansion yo‘laklari hali ham qizil signal chiroqlari bilan yoritilib turar, devorlardagi monitorlar birin-ketin o‘chardi.
Jungkook uning bo‘ynidan ushlab, miyig‘ida kuldi.
Jk: voy… sen rostdan ham kuchli ekan-san. Men romantik dramadagi bosh qahramondek his qilyapman o‘zimni.
Tae: og‘zing ishlayotgan ekan, demak o‘lmayapsan.
Jungkook burnini tortib, soxta xafa bo‘lgandek qildi.
Jk: yuragimni sindirding.
Birdan oldindagi yo‘lakda uchta qurollangan odam paydo bo‘ldi.
Taehyung hatto qadamini ham sekinlatmadi.
Ulardan biri ikkilanib qurolini tushirdi. Ammo ikkinchisi tepki bosishga ulgurdi.
Bang.
O‘q Taehyungning qulog‘i yonidan o‘tib devorga tegdi.
Jungkookning yuzi birdan jiddiylashdi.
Bu safar Taehyung to‘xtadi.
Jungkook uning qo‘lidan sirg‘alib tushdi.
Yaralanganiga qaramay, pichog‘ini aylantirib ushladi.
Jk: sen meni ko‘tarib yuradigan shahzoda emassan.
Jungkook kulib yubordi-yu, keyingi soniyada oldinga otildi.
Hammasi juda tez sodir bo‘ldi.
Birinchi odamning qo‘li qayrilib ketdi. Ikkinchisining quroli polga tushdi. Uchinchi odam Jungkookning oyog‘i zarbidan devorga urildi.
Taehyung bir chetda turib uni kuzatardi.
Minhoning gaplari xayolida aylanardi.
“Kim Taehyung ham kimnidir yo‘qotishdan qo‘rqarkan.”
Birdan Jungkook gandiraklab ketdi.
Yelkasidan yana qon oqayotgan edi.
Taehyung darrov uning belidan ushlab qoldi.
Jk: lekin chiroyli ahmoq.
Tae: bunga hali ishonchim komil emas.
Jungkook nimadir demoqchi edi, lekin shu payt mansion ichida kuchli sirena yangradi.
“SELF-DESTRUCT SEQUENCE ACTIVATED.”
Jk: voy. Sening “oddiy uying” o‘zini portlatarkan-ku.
Taehyungning yuzi birdan sovuqlashdi.
Tae: kimdir markaziy tizimni qo‘lga olgan.
Tashqariga chiqishlari bilan ortda ulkan portlash yuz berdi.
Issiq havo to‘lqini orqalaridan urildi. Mansion oynalari chil-chil sinib, tun osmoniga olov ko‘tarildi.
Jungkook refleks bilan boshini Taehyungning yelkasiga yashirdi.
Jk: voy… boylar urushi juda qimmatga tusharkan.
Taehyung indamadi. U Jungkookni yana mashinaga o‘tqazdi va rulga o‘tirarkan, orqa oynadan yonayotgan mansionga bir marta qaradi.
Go‘yo ichida allaqachon kimnidir o‘ldirib bo‘lgandek.
Mashina tun qorong‘usini yorib katta yo‘l bo‘ylab uchib ketardi.
Bir necha daqiqa jimlik bo‘ldi.
So‘ng Jungkook oynaga suyangancha gapirdi.
Taehyung rulni mahkamroq siqdi.
Tae: uch yil oldin o‘lgan deb o‘ylagan odamim.
Jk: “o‘ylagan” qismi menga yoqmadi.
Taehyung javob bermadi.
Mashina shahardan uzoqlashib, o‘rmon yo‘liga burildi. Daraxtlar orasida baland qora darvozalar ko‘rindi. Kameralar mashinani tanishi bilan darvozalar asta ochildi.
Jungkook hushtak chaldi.
Jk: voy… senda nechta mansion bor o‘zi?
Jk: meni asrab ol. Rostan ham meni oʻgʻil qilib asrab ol
Mashina uzun yo‘lakdan o‘tib, zamonaviy ulkan mansion oldida to‘xtadi. Bu safargi joy avvalgisidan ham sovuqroq ko‘rinardi.
Oqartirilgan devorlar, ulkan oynalar, hamma joyda qurollangan qo‘riqchilar.
Taehyung mashinadan tushib, Jungkook tomon eshikni ochdi.
Jk: agar yana kelinlik uslubida ko‘tarsang, qarshiligim yo‘q.
Tae: sen juda erkalashib ketyapsan.
Shunday desa ham, baribir uni ko‘tarib oldi.
Taehyung Jungkookni ko‘tarib mansion ichiga kirishi bilan xizmatkorlar va qo‘riqchilar darrov chetga chiqishdi. Ichkarisi sokin edi. Oqartirilgan marmar pollar, baland shiftlar va juda sovuq atmosfera.
Jk: sen noqonuniy darajada boysan.
Taehyung javob bermadi. U Jungkookni yuqori qavatga olib chiqdi. Katta xonaning eshigini oyog‘i bilan ochib, uni karavotga ehtiyotkorlik bilan qo‘ydi.
Jungkook darrov yuzini burishtirdi.
Jk: au. Sekinroq. Men hali juda yosh va chiroyliman.
Tae: afsuski, juda koʻp gapiradigan ham.
Taehyung shkafdan birinchi yordam qutisini olib chiqdi. Yaqinlashishi bilan Jungkook shubhali qaradi.
Jk: sen rostdan ham yara tikishni bilasanmi?
Tae: odamlarni tirik saqlashni bilaman.
Jk: bu javob meni umuman tinchlantirmadi.
Taehyung uning ko‘ylagini yelka qismidan kesib tashladi. Jungkook pastga qarab, xo‘rsindi.
Tae: senga yangisini olib beraman.
Jk birdan jimib qoldi.
Keyin asta kuldi.
Jk: voy… boy odamlar “uzr” o‘rniga pul ishlatar ekan-da.
Taehyung yarani tozalay boshladi. Spirt tekishi bilan Jungkook tishini tishiga bosdi.
Jk: AGAR BU QO‘LIMNI KESIB TASHLASA—
Jungkook unga o‘qrayib qaradi-yu, baribir jim qoldi.
Xona bir muddat tinchib qoldi.
Faqat yomg‘ir ovozi eshitilardi.
Taehyung bintni bog‘lar ekan, birdan Jungkook uning bilagini ushlab oldi.
Jk: “mansionga qo‘shib o‘zimni ham sovg‘a qilaman” deganing.
Taehyung bir soniya unga tikilib qoldi.
Jungkookning ko‘zlarida odatdagi masxara aralash kulgi bor edi.
Lekin bu safar unda qiziqish ham sezilardi.
Taehyung bintni qattiqroq tortdi.
Jungkook darrov baqirdi.
Taehyung nihoyat kulib yubordi.
Bu safar past, rostakam kulgi edi.
Jungkook bir necha soniya unga tikilib qoldi.
Jk: sen kulganingda xavfliroq ko‘rinarkan-san.
Taehyung unga yaqinroq egildi.
Ikki taraf ham jimib qoldi.
Atmosfera birdan g‘alati darajada yaqinlashib ketgandi.
Ammo aynan shu payt Jungkookning qorni baland ovozda g‘uldiradi.
Sukunat buzildi.
Taehyung sekin ko‘zini yumdi.
Jungkook esa mutlaqo uyalmadi.
Jk: romantik momentni qornim buzdi. Uzr.
Taehyung boshini chayqab eshik tomon yurdi.
Tae: oshxonaga yur. O‘lib qolishingdan oldin ovqatlanib ol.
Jungkook karavotdan turishga urinish bilan yuzini burishtirdi.
Jk: menimcha yelkam mendan ajrashmoqchi.
Jk: meni kelinlik uslubida ko‘targan odamdan shu gapni eshitish kulgili.
Taehyung indamay unga yaqinlashdi. Jungkook darrov qo‘llarini ko‘tardi.
Jk: yo‘q yo‘q. Bu safar o‘zim yuraman. Menda ham g‘urur bor.
U ikki qadam yurdi.
Va darrov gandirakladi.
Taehyung uni belidan ushlab qoldi.
Tae: juda ta’sirli g‘urur ekan.
Jk: mening tanam shunchaki dramatik.
Taehyung uni qo‘yib yubormadi. Ikkisi juda yaqin turib qolishdi. Jungkook bir lahza uning ko‘zlariga tikilib qoldi.
Keyin ataylab jiddiy ohangda gapirdi.
Jk: agar meni o‘psang, qarshiligim yo‘q.
Taehyungning yuzi mutlaqo o‘zgarmadi.
Tae: agar yana gapirsang, seni zinadan uloqtiraman.
Taehyung chuqur xo‘rsinib, uni yana sudrab olib ketdi.
Pastki qavatdagi oshxona juda katta edi. Oqartirilgan stol ustida allaqachon ovqat tayyor turardi.
Jungkook stulga o‘tirib atrofga qaradi.
Jk: sening xizmatkorlaring mendan tezroq ishlarkan.
Jungkook dramatik tarzda yuragini ushladi.
Taehyung unga issiq choy uzatdi. Jungkook stakanni olayotib birdan to‘xtadi.
Tae: zaharlamoqchi bo‘lsam, ancha oldin qilardim.
Jk bir soniya o‘ylab bosh irg‘adi.
U choydan ho‘pladi-yu, birdan ko‘zlarini kattalashtirdi.
Taehyung miyig‘ida kuldi.
Jk darrov buni payqadi.
Tae: sen juda hayron bo‘lyapsan.
Jk: chunki seni birinchi ko‘rganimda odam o‘ldiradigan muzlatgich deb o‘ylagandim.
Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi.
Keyin yelkasini qisdi.
Jk: hozir ham odam o‘ldiradigan muzlatgichsan. Shunchaki biroz qimmatbaho versiyasi.
Taehyung kulib boshini chayqadi.
Ammo keyingi soniyada uning telefoni vibratsiya berdi.
Kulgi darrov yo‘qoldi.
U ekran tomonga qaradi.
Jungkookning tabassumi ham asta pasaydi.
Chunki Taehyungning nigohi yana o‘sha sovuq holatga qaytgandi.
Jk: nima bo‘ldi?
Taehyung telefonni stol ustiga qo‘ydi.
Yangiliklarda jungkookni rasmi turardi . Uni xavfli jinoyatchi sifatida koʻrsatishayotgan edi .
Tae: chunki ularda sen haqingda maʼlumot bor va senda ham ular haqida juda koʻp maʼlumot bor . Hatto boshligʻing ham ularga sotilgan. Seni himoya qilishimni faqat bitta yoʻli bor
Jk: qanday yoʻl janob bilagʻon
Tae: menga turmushga chiq ...
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Writer : Nikita