May 22

Possion

5-qism

Jungkook bir necha soniya qotib qoldi.

So‘ng juda sekin ko‘zini pirpiratdi.

Jk: …nima deding?

Taehyung stakanga suv quyayotgandek mutlaqo xotirjam edi.

Tae: eshitding.

Jk: yo‘q, aniq eshitmadim shekilli. Balki qon yo‘qotganim uchun gallyutsinatsiya ko‘rayotgandirman.

Tae: afsuski, yo‘q.

Jungkook kulib yubordi. Rostakamiga kuldi.

Jk: sen jiddiymisan?

Tae: juda.

Jk: sen menga hozirgina “menga turmushga chiq” deding.

Tae: ha.

Jk: normal odamlar “uyimda qol”, “seni yashiramiz” deydi. Sen esa birdan nikoh taklif qilyapsan.

Taehyung unga tikilib turdi.

Tae: normal hayotim yo‘q.

Bu gapdan keyin oshxona yana jimib qoldi.
Yomg‘ir oynalarga urilar, uzoqda momaqaldiroq gumburlardi.
Jungkook asta stulga suyandi.

Jk: xo‘sh… tushuntir.

Taehyung telefonni unga surdi. Ekranda Jungkookning rasmi, ostida esa qizil harflar bilan:
“QUROLLANGAN VA XAVFLI.”
Jk burnini tirishtirdi.

Jk: bu rasmim ham yomon chiqibdi.

Tae: diqqatni jamla.

Jk: jamlayapman. Lekin ular meni fotogenik qilolmapti.

Taehyung chuqur xo‘rsindi.

Tae: rasmiy bazalarda seni qidiruvga berishdi. Bank kartalaring bloklangan. Pasporting kuzatuvda. Seni ko‘rgan odam xabar bersa, mukofot oladi.

Jungkookning hazili sekin yo‘qoldi.

Jk: demak men rasman tamom bo‘ldim.

Tae: yo‘q. Hali emas.
Jungkook boshini yon tomonga og‘dirdi.

Jk: unda nikoh bu yerda qanaqa yordam beradi?

Taehyung bir necha soniya javob bermadi.
Keyin juda sokin gapirdi.

Tae: chunki mening familiyam ostidagi odamga tegish uchun ruxsat kerak bo‘ladi.

Jungkook ko‘zlarini qisdi.

Jk: voy. Juda romantik ekan. “Seni sevganim uchun emas, davlat darajasidagi tahdid bo‘lganim uchun uylan.”

Tae: men romantik emasman.

Jk: buni allaqachon sezgandim.

Taehyung stolga tirsagini qo‘yib unga qaradi.

Tae: lekin seni tirik saqlab qolaman.

Bu safar Jungkook darrov javob qaytarmadi.
Negadir yuragi g‘alati urib ketgandi.
U hazil qilish uchun og‘zini ochdi-yu, ammo gap chiqmay qoldi.
Taehyung esa hali ham unga tikilib turardi.
Xuddi Jungkook qochib ketmasligini tekshirayotgandek.
Jungkook asta tomog‘ini qirib oldi.

Jk: bir daqiqa… bu texnik jihatdan taklifmi?

Tae: ha.

Jk: gullarsizmi?

Tae: kerakmi?

Jk: uzuk ham yo‘q.

Taehyung o‘ylanib qoldi.
Keyin qo‘lidagi qora kartani stol ustiga qo‘ydi.

Tae: ertaga sotib olaman.

Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi-da, keyin kulib yubordi.

Jk: sen dahshatli darajada jiddiysan.

Tae: odatda shunday bo‘laman.

Jk: men esa odatda birinchi uchrashuvdayoq turmush qurmayman.

Tae: bu birinchi uchrashuv emas.

Jungkook indamay qoldi.
…to‘g‘ri edi.
Ular birga o‘q yedi, portlayotgan mansiondan chiqdi, bir-birini qutqardi.
Oddiy odamlarning “dating” bosqichi allaqachon o‘tib ketgandek edi.
Jungkook asta kuldi.

Jk: voy. Bizning relationship timeline juda buzilgan ekan.

Taehyungning lab cheti bilinmas darajada qimirladı.

Tae: demak rad etmaysanmi?

Jungkook qoshiqni aylantirib o‘ynadi.
Ataylab javobni cho‘zardi.

Jk: bilmadim…

Tae sovuq ohangda:

Tae: Jungkook.

Jk: men jiddiy o‘ylayapman.

Tae: sen meni asabiylashtiryapsan.

Jungkookning ko‘zlari kattalashdi.

Jk: bir daqiqa. Kim Taehyung asabiylashishni ham bilarkanmi?

Taehyung darrov yuzini boshqa tomonga burdi.
Bu esa Jungkookni battar kuldirdi.

Jk: yo‘q… yo‘q, bu tarixiy moment. To‘xta, telefonim qani? Video olaman.

Tae: telefoning uch kun oldin portlagan.

Jk: afsus.

Taehyung stulidan turdi.

Tae: yetarli. Ovqatingni ye.

Jungkook unga qarab iljaydi.

Jk: xo‘p, bo‘lajak erim.

Taehyung bir qadamda to‘xtab qoldi.
Bir necha soniya mutlaqo jimlik cho‘kdi.
So‘ng juda past ovozda:

Tae: …yana qaytar.

Jungkookning tabassumi sekin kengaydi.

Jk: bo‘lajak erim.

Bu safar Taehyung indamadi.
Lekin qulog‘igacha yengil qizarish yugurganini yashira olmadi.
Jungkook esa buni ko‘rib, nihoyat chinakamiga hayratda qoldi.

Jk: voy.

Tae: og‘zingni yop.

Jungkook kulgancha stolga suyandi.

Jk: sen menga yoqib boryapsan, Kim Taehyung.

Taehyung unga uzoq tikilib turdi.
Keyin juda sekin javob berdi.

Tae: bu muammo.

Jk: xoʻsh evaziga nima xoxlaysan

Tae: yani

Jk: hech kim shunchaki tekin ximoya qilmaydi mendan nima xoxlaysan

Tae: sen bilgan barcha maʼlumotlarni . Men seni himoya qilaman , asrayman , kerakli narsalar bilan taʼminlayman evaziga sen menga oʻzing bilgan barcha maʼlumotlarni aytib berasan

Jk: kelishdik

Taehyung bir muddat unga tikilib turdi.

Go‘yo Jungkookning hazillashayotganini tekshirayotgandek.

Ammo Jungkookning yuzi bu safar jiddiy edi.

Jk: nima bo‘ldi?

Tae: sen juda tez rozi bo‘lding.

Jungkook yelkasini qisdi.

Jk: yashashni yoqtiraman.

Tae: men xavfli odamman.

Jk: buni birinchi kundanoq sezganman.

Tae: baribir qolmoqchimisan?

Jungkook stulga tirsagini qo‘yib, iyagini kaftiga tiradi.

Jk: sen ham meni xavfli deb o‘ylagansan.

Tae: bu boshqa.

Jk: nega?

Taehyung javob bermadi.
Jungkook esa miyig‘ida kuldi.

Jk: chunki men yoqimlimanmi?

Tae: chunki sen ehtiyotsizsan.

Jk: voy. Romantik gaplaring kundan-kunga yaxshilanib boryapti.

Taehyung nihoyat stulni tortib, uning ro‘parasiga o‘tirdi.

Birinchi marta ular haqiqiy muzokaradek jim o‘tirishardi.

Tae: boshladik.

Jungkook ham kulgisini yig‘ishtirdi.

Jk: ular o‘zlarini “Helix” deb atashadi.

Taehyungning ko‘zlari darrov sovuqlashdi.
Bu nom unga tanish edi.
Jk buni sezdi.

Jk: demak eshitgansan.

Tae: davom et.

Jungkook chuqur nafas oldi.

Jk: rasman ular biotexnologiya kompaniyasi.

Norasmiy tomoni esa… odamlar ustida tajribalar.
Taehyungning jag‘i taranglashdi.

Tae: qanday tajribalar?

Jungkook bir lahza jim qoldi.
Xuddi qaysi qismidan boshlashni bilmayotgandek.

Jk: xotira, refleks, og‘riqqa chidamlilik… inson miyasini qayta dasturlashga urinishlar.

Oshxonadagi iliq atmosfera asta yo‘qolib borardi.
Yomg‘ir ovozi yana kuchliroq eshitila boshladi.
Jungkook pastga qaradi.

Tae: davom et sen u yerdan qanday chiqding ....

Jungkook nima degandek unga qaradi

Jk: sen qayerdan.....

Tae: men hammasini bilaman endi boshla

Jk chuqur nafas oldi

Jk: men yoshligimdan u yerda boʻlganman . Qolganlarga nisbatan men har qanday vaziyatda hammasini kulib yengganman . Bizda bir nechta tajribalar oʻtkazdi

Tae: nechta

Jk: 500 taga yaqin bolalar . Hammasi 7 yoshida u yerga olib kelingan . Oxirida yani 16 yoshimizda bizda oxirgi sinov boʻldi . Bir birimiz bilan jang qilish . Oxirida tirik qolgan 10 kishi yashash imkoniyatiga ega boʻlardi .

Tae: sen ham oʻsha 10 kishini orasida edingmi

Jk: afsuski yuq . Men 11- odam edim . Shunchaki menda reaksiya va refleks tajribasi muvaffaqiyatli oʻtgani uchun meni tirik qoldirishdi maxfiy xizmat uchun qurol qilib tayyorladi . Men aytilgan barcha vazifalarni hech qanday soʻzsiz bajarardim. Hamma topshiriqlar xatosiz bajarilardi . Bunga sabab esa mening tashqi koʻrinishim va refleks , reaksiyam yaxshi ekanligi uchun

Taehyung bir muddat indamay qoldi.

Faqat barmoqlari stol ustida sekin taqillardi. Jungkook esa ko‘zini derazaga tikkancha gapirishda davom etdi.

Jk: ular meni “Ghost” deb atardi.

Tae: kod nomingmi?

Jk: hm.

Tae: nega aynan Ghost?

Jungkook achchiq kuldi.

Jk: chunki odamlar meni kelayotganimni sezmasdi. Vazifa tugagach esa… ortimda faqat jasad qolardi.

Oshxona yana jimib ketdi.
Taehyungning yuzi o‘zgarmadi. Ammo ko‘zlari
qorong‘ilashib borayotgandi.

Tae: seni necha yoshingda birinchi missiyaga yuborishdi?

Jungkook bir lahza o‘ylanib qoldi.

Jk: o‘n yetti.

Tae: bola ekansan.

Jk: ular uchun yo‘q.

Taehyung jag‘ini qisdi. Jungkook esa asta davom etdi.

Jk: boshida hammasi oddiyroq edi. Kuzatish, ma’lumot o‘g‘irlash, odamlarni qo‘rqitish… keyin asta-sekin yomonlashdi.

Tae: “yomonlashdi”
deganing nimani anglatadi?

Jungkookning kulgisi bu safar umuman yetib bormadi.

Jk: ular meni odam emas, qurol deb ko‘rardi.

Taehyung bir necha soniya unga tikilib turdi.
Keyin juda past ovozda:

Tae: sen hozir ham o‘zingni shunday ko‘rasanmi?

Savol kutilmaganda juda to‘g‘ri joyga urilgandek bo‘ldi.
Jungkook darrov javob bera olmadi.

Jk: …bilmayman.

Yomg‘ir shisha bo‘ylab oqib tushardi. Taehyung esa ko‘zini undan uzmasdi.

Tae: nega hozir ular seni ovlashni boshladi .

Jungkook chuqur nafas oldi.

Jk: bir topshiriq.

Tae: qanday topshiriq?

Jungkookning qo‘li sekin musht bo‘lib tugildi.

Jk: menga bir oilani yo‘q qilish buyurildi.

Taehyungning qoshi chimirildi.

Tae: “oilani”?

Jk: ota, ona… va bola.

Oshxonadagi havo muzlab ketgandek bo‘ldi.
Jungkook past ovozda kuldi. Ammo bu kulgida umuman quvonch yo‘q edi.

Jk: bola mendan kichkina edi. Balki sakkiz yoshlar

Taehyung indamadi.

Jk: u meni ko‘rib qo‘rqmadi ham.

Tae: …

Jk: shunchaki “aka, siz ham yomg‘irdan qochib kirdingizmi?” dedi.

Jungkookning tomog‘i quruqlashdi.

Jk: o‘sha paytda… men birinchi marta o‘zimdan nafratlandim.

Taehyungning ko‘zlari sekin yumildi. Go‘yo ichida nimadir bosilib turgandek.

Jk: buyruqni bajarmadim. Oilani qochirib yubordim. Helix esa buni sezib qolgan shekilli . Chunki boshqa sabab boʻlishi mumkin emas

Tae: shundan keyin seni ovlay boshlashdi.

Jk: hm.

Taehyung stulga suyandi.

Tae: sen bilasanmi, ular seni tirik qaytarishga urinishadi.

Jk kulimsiradi.

Jk: chunki men juda qimmat o‘yinchoqmanmi?

Tae: yo‘q.

Jungkook unga qaradi.

Tae: chunki sen ularning barcha sirlarini bilasan.

Bir necha soniya ikkalasi ham jim qoldi.
So‘ng Jungkook asta bosh irg‘adi.

Jk: Helixning asosiy serveri bor.

Taehyungning diqqati darrov jamlandi.

Tae: qayerda?

Jungkook boshini chayqadi.

Jk: aniq joyini faqat direktorlar biladi. Lekin men kirish protokollarini eslayman.

Tae: qancha odam buni biladi?

Jk: mendan tashqari? Balki uch-to‘rt kishi.

Tae: va ular seni o‘ldirishdan oldin esingni qayta ochishga urinadi.

Jungkook miyig‘ida kuldi.

Jk: ko‘ryapsanmi? Shuning uchun sen bilan gaplashish qo‘rqinchli. Hammasini juda tez tushunasan.

Taehyung sovuq ohangda:

Tae: omon qolish uchun shu kerak.

Jungkook unga tikilib qoldi. Keyin asta gapirdi.

Jk: sen kim o‘zi, Kim Taehyung?

Bu safar navbat Taehyungga kelgandi.
U bir necha soniya javob bermadi.
So‘ng juda sokin ovozda:

Tae: men ham yaxshi odam emasman.

Jungkook kuldi.

Jk: buni allaqachon bilaman. Lekin “yaxshi emas” darajasi juda keng tushuncha.

Taehyung unga tikilib turdi.

Tae: men odamlarni yo‘q qilaman.

Jungkookning tabassumi sekin pasaydi.

Tae davom etdi.

Tae: farqi shundaki, men buni o‘z xohishim bilan qilaman.

Jimlik.
Yomg‘ir.
Momaqaldiroq.
Va oshxonadagi ikkita xavfli odam bir-biriga tikilib o‘tirardi.
Jungkook asta boshini qiyshaytirdi.

Jk: voy.

Tae: qo‘rqdingmi?

Jungkook bir necha soniya o‘ylanib turgandek qildi. Keyin sekin kuldi.

Jk: yo‘q.

Tae: nega?

Jungkook uning ko‘ziga qarab javob berdi.

Jk: chunki hozircha meni o‘ldirish niyating yo‘qdek ko‘rinyapti.

Taehyungning lab cheti juda yengil ko‘tarildi.

Tae: hozircha.
.

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Writer: Nikita