Doll
Jk bir daqiqa oʻzligini unutgandi . Endi esa qayerda va kimning qarshisida ekanligi esiga tushdi . Jk lablarini tishlab boshini qimirlatdi
Tae: kecha syurpriz haqida gapirgandim
Tae syurpriz deganda Jkning koʻzlari chaqnab ketdi . Koʻzlari porlab Taega qaradi . Tae Jkning koʻzlariga qarab turar ekan uning koʻzlaridan millionlab uchqunlar chaqib turardi .
Tae: bugun sen bilan tashqariga chiqamiz
Jk kipriklarini pirpiratib Taega qarab turardi . Xuddiki Taening gaplari Jkga tushdek eshitildi . Tashqaridagi olam . Jk uchun doimo tush boʻlgan hech qachon koʻrmagan faqat tasavvur qilish mumkin boʻlgan joy edi . U tugʻilganidan boshlab labaratoriyaning zah joyidan boshqa joyni koʻrmagan edi . Uning ruhiyatida shunday buzilishlar bor ediki hattoki oʻzi ham bilmasdi . Jismoniy yaralari asta sekin bitayotgan boʻlsa ham ichkaridan yemirilgan joylar hech qachon qayta tiklanmasdi . Tae kundan kunga Jkning koʻzlariga maftun boʻlayotgan edi . Hech qachon zaif tomoni boʻlmagan kuchli sovuqqon mafianing zaif tomoni paydo boʻlayotgan edi . Taening dushmanlari esa manashu zaiflikni poylab turgan edi . Tae Jkning yuziga qarab turdi
Jk boshini yoʻq deb ishora qildi .
Tae: unda yaxshi hozir esa avval yuvinib olishga nima deysan
Jk qizarib yerga qaradi . Tae jkni shartta yelkasiga xuddi kartoshka qopidek tashlab yuvinish xonasiga yoʻl oldi .
Nihoyat Jungkook oyogʻidagi zanjirlardan bir kun xolos boʻlish imkoniyatiga ega boʻlgandi .
Taehyung jungkook uchun keng va yopiq kiyim tanladi . Jungkook esa hech qanday muammosiz kiyimni kiydi . Taehyungga bu yoqardi . Jungkook unga soʻzsiz itoat qilardi .
Taehyung Va Jungkook mashinaga mindi va yoʻlga chiqishdi . Taehyungning mashinasi ortidan 10 lab mashinalar yoʻlga chiqdi .
Jungkook indamasdan tizzasiga qoʻlini qoʻyib yerga qarab ketardi . Taehyung jungkookning belidan ushlab oʻziga siljitdi va oyoqlari orasiga qoʻydi .
Tae: sening joying bu yerda qoʻgʻirchoq.
Jungkook bundan judayam hijolat chekardi . Va oʻzini kichraytirishga harakat qilardi . Taehyung esa qoʻlini jungkookning kichkina beliga xuddi tasmadek oʻrab olgan edi . Yuzini esa har doimgidek Jungkookning boʻyniga tiqib olgan edi . Jungkookning ifori dunyodagi eng mayin eng shirin ifor edi . Taehyungning eng yoqtirgan ifori bu jungkookning ifori edi .
Taehyung Jungkookni shifoxonaga olib keldi . Jungkook mashinada tushar ekan shifoxonaga qaradi . Bu yer u saqlangan labaratoriyaga oʻxshardi . Jungkook Taehyungga qarab yigʻlamsiradi
Jk pov: men xato qildimmi . Meni nega bu yerga olib keldi . Meni yana qaytarib berib yuboradimi . Men nimani xato qildim iltimos bunday qilmang . Men qoʻrqaman .
Taehyung Jungkookning yoshli koʻzlariga qaradi .
Jungkook bir shifoxonaga bir Taehyungga qarab boshini silkitdi . Taehyung Jungkookning sochlarini qulogʻini ortiga oʻtkazdi .
Tae: hey qoʻrqma . Bu yer shifoxona . Men seni tekshirtirmoqchiman . Ovozingni qaytarish imkoni bormi bilishim kerak .
Jungkook ozgina tinchlandi. Ammo haliyam qoʻrqardi , ishonchsiz edi .
Taehyung Jungkookning qoʻlini ushladi . Ular ichkariga kirishdi va toʻgʻri bosh shifokorning xonasiga kirdi . Bosh shifokor Jungkookni tekshirdi .
Tae: xoʻsh ahvoli qalay . Tuzatsa boʻladimi
: Janob Kim bu yosh janob tugʻma soqov emas . Menimcha uning ovoz unpaychalari ataylab kuydirilgan . Men tekshirish paytida ularga diqqat bilan qaradim . Ularni tozalash kerak ammo bu ish juda qaltis . U yerdagi nerv tomirlar toʻgʻri miyyaga taʼsir qiladi . Shuning uchun hozir 1 oy uni operatsiyaga tayyorlaymiz . Keyinchalik esa uni operatsiya qilishimiz mumkin . Ammo operatsiya qilganimiz bilan u oʻzi xoxlamasa yoki ruhiy holati yaxshi boʻlmasa ovozini tiklash qiyin
Shu payt xonaga yosh shifokorlardan biri kirdi .
: kechirasiz bosh shifokor ......
U gapini tugatmasdan koʻzlari Jungkookga tushdi va unga boshqacha nigoh bilan qaradi . Buni koʻrgan Taehyung quturib ketdi . U oʻsha shifokorni sochidan ushlab qayta qayta devorga urishni boshladi . Uning ogʻzi burni qon boʻldi ammo Taehyung shunda ham toʻxtamadi .
Tae: sen kimga qarayapsan ....
Jungkook Taehyungning bunday vajohatini koʻrib qoʻrqib ketdi . Bosh shifokor esa shunchaki yerga qarab turardi .
Eshikdan ikita barzangi kirib keldi
Tae: ularni nima qilishni oʻzing bilasan
Soqchilar shifokorni sudrab olib chiqib ketdi . Lekin Taehyung haliyam asabiylashardi
Tae: fuck oʻzi seni tashqariga olib chiqmasligim kerak edi . Jin ursin
Xona ichidagi havo og‘irlashib ketgandi. Taehyungning g‘azabi hali ham devorlar orasida qolib ketgandek, jimlikni ham bosib turgan edi. Jungkook esa bir joyda qotib, nafasini ham ehtiyotlab olayotgandek edi.
Taehyung bir necha soniya hech kimga qaramadi. Keyin asta orqasiga o‘girildi.
Shifokorlar jim. Qo‘riqchilar jim. Hatto vaqt ham bir lahza to‘xtagandek.
Faqat Jungkookning yurak urishi sezilardi.
Taehyung sekin unga yaqinlashdi. Bu yaqinlashish endi yumshoq emas edi — bu nazorat edi. U Jungkookning oldiga kelib to‘xtadi, uning ko‘ziga tikildi.
Tae: menga bunday qarama.
Jungkook ko‘zlarini tez olib qochdi. Bu holat Taehyungning ichidagi nimanidir yanada qoraytirdi.
U qo‘lini cho‘zib, Jungkookning iyagini ikki barmog‘i bilan ko‘tarib oldi. Majburan emas… lekin qochib bo‘lmaydigan darajada aniq.
Tae: men seni himoya qilaman dedim.
Uning ovozi past edi. Ammo unda iliqlik yo‘q edi — faqat egalik hissi.
Tae: lekin sen meni noto‘g‘ri tushunyapsan.
Jungkookning kipriklari titradi. U gapirmadi — gapira olmasdi ham. Lekin ko‘zlarida “men qo‘rqyapman” degan narsa aniq ko‘rinardi.
Taehyung bir soniya to‘xtadi. So‘ng labining burchagi biroz qiyshaydi — kulgi emas, balki nazoratni qayta topgan odamning ifodasi.
Bu “yaxshi” so‘zi sovuq edi. Juda sovuq.
U Jungkookning bilagidan ushladi. Qattiq emas, lekin qochish uchun yetarli imkon ham qoldirmadi.
Tae: sen qo‘rqsang ham… bu hech narsani oʻzgartirmaydi . Men shunday odamman va seni hech qachon qoʻyib yubormayman
Jungkook yuragi tez ura boshladi. Bu mehr emas edi. Bu va’da ham emas edi. Bu — bog‘lash edi.
Shifokor ehtiyotkorlik bilan gapirmoqchi bo‘ldi:
Birgina so‘z. Ammo xona yana muzlab qoldi.
So‘ng u Jungkookni o‘ziga biroz yaqinroq tortdi. Juda yaqin. Juda shaxsiy masofa. Keyin sekin qulogʻiga pichirladi .
Tae: sen meni tushunmaysan. Lekin bu muhim emas.
U Jungkookning qulog‘i yonida gapirdi:
Tae: men seni tashqariga chiqardim. Dunyo ko‘rsin deb emas…
Tae: balki men seni qanday dunyodan yashirayotganimni anglasin deb.
Jungkookning ko‘zlari kengaydi. Bu gap oddiy himoya emas edi.
Bu — egallash edi.
Xona ichida yana jimlik cho‘kdi. Taehyung Jungkookning bilagini qo‘yib yubormadi.
Faqat qo‘lini biroz pastga tushirdi, lekin baribir u yerda edi — doimiy, og‘ir, uzilmaydigan kontakt.
U sovuqqonlik bilan davom etdi:
Tae: sen gapirasanmi-yo‘qmi… bu muhim emas. Men baribir seni qaytaraman.
Jungkook sekin boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlarida endi qo‘rquv bilan birga tushunarsiz bir og‘irlik ham bor edi.
Taehyung esa uni kuzatardi.
Uning qarashi — mehrga o‘xshardi, lekin ichida qorong‘u narsa yashiringan edi.
Go‘yo u Jungkookni qutqarmayotgan edi.
Balki uni o‘ziga bog‘lab olayotgandi.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
By Nikita