Yozgi yog'ingarchilik
Bangkok vokzali – odamlar harakatda. Har biri o‘z yo‘liga oshiqmoqda: kimdir ketmoqda, kimdir kutmoqda. Po‘lat relslar ustida shitir-shitir ohang yangraydi. Yomg‘ir asta-sekin yerga urilmoqda, ko‘cha chiroqlari yomg‘ir tomchilarida mayin aks etmoqda. Havoda mayin ho‘l hidi va yurak titratadigan intiqlik bor edi.
Pond esa bularning hech birini sezmayotgandek edi.
U perronda, birinchi platformada turardi. Qo‘lida kichik kulrang chamadon, yuragida esa og‘ir yuk. Ammo bu yuk og‘riqdan emas, kutishdan, orzudan, yuragining ohangidan edi.
Qo‘llari biroz titrardi. Bu sovuqlikdan emas — bu hayajondan edi. Uning nigohi to‘g‘ri poezd yo‘liga tikilgan. Har bir minutni yuragida soni bilan his qilardi. Va nihoyat, uzoqdan eshitilgan sirg‘algan poezd g‘ildiraklarining ovozi umid alangasini alanga qilib yoqdi.
Eshiklar ochildi. Insonlar to‘lib oqdi. Ba’zilar telefonlarida, ba’zilar kulib, ba’zilar charchagan holatda. Pond hammani kuzatdi, ammo birgina yuzni – o‘sha tanish, unutib bo‘lmas ko‘zlarni qidirdi.
Bir lahzaga yuragi to‘xtagandek tuyuldi.
Oddiy ko‘ylakda, sochlari yomg‘irdan bir oz ho‘l, yelkasida oddiy sport sumkasi, lekin nigohi — butun olamni quchgan ko‘zlar. Va bu olam hozir Pondga qarardi. Nigohlari tutashdi. Oradagi masofa ularni ajratmas, balki yaqinlashtirardi.
Phuwin asta qadam tashladi. Har qadam yurakdagi tirband hissiyotlarni bo‘shatar, har nafas bir izoh edi. Pond ham asta yurdi, yuragining har zarbasi ko‘kragidan chiqib ketgudek edi.
Va nihoyat ular qarama-qarshi turdilar.
Yomg‘ir tovushi go‘yo susayganday, odamlarning shovqini fon bo‘lib qolgan. Ularning orasi faqat yurak urishi bilan to‘ldi.
Phuwin ohangdor, sokin ovozda dedi:
— Men bu lahzani yuz marta, ming marta xayolimda tasavvur qilganman. Har gal boshqa, har gal go‘zalroq. Ammo haqiqat… haqiqat ularning hech biriga o‘xshamaydi. Chunki bu seni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turgan birinchi real daqiqam.
Pond ko‘zlarida yosh bilan jilmaydi. Ovozi biroz titrardi:
— Men seni har tong sog‘indim. Har oqshom ko‘zlarimni yumganimda yuragingni his qildim. Ammo seni yonimda his qilish – bu butunlay boshqa narsa.
Phuwin yuragini qo‘llariga olib, sekin oldinga qadam qo‘ydi. U Pondning qo‘lini ushladi. Uning iliqligi, tanish teginishi — hammasi asl xotira kabi jonlandi.
— Meni kechir, Pond, — dedi u. — Men seni yolg‘iz qoldirdim. Men sendan uzoq bo‘lishni tanladim. Lekin har soniyada yuragim senga bog‘lanib turgan edi.
Pond bosh chayqadi, ko‘zlaridan yosh to‘kildi, lekin bu yig‘i og‘riqdan emas — yengillik, sevgi va nihoyat ulgurgan quvonchdan edi.
— Sen meni hech qachon tark etmagansan, Phuwin. Men har bir jim kuningda ham yuragingni eshitardim. Men faqat… seni quchoqlamoqchiman. Hozir, shu yerda.
Phuwin unga bir qadam yaqinlashdi. U sekinlik bilan Pondni bag‘riga oldi. Quchoqlari qattiq, chuqur va halol edi. Ular bir-birining yuragini quchoqlab turardi, so‘zsiz kechirim, muhabbat va sog‘inch shu quchoqda mujassam edi.
Yomg‘ir sekin yog‘ishda davom etdi. Lekin ular uni sezishmadi. Ularning olami allaqachon bir-birining ko‘ksida edi.
— Endi men seni yana yo‘qotishdan qo‘rqaman.
Pond uni yanada mahkamroq quchoqlab:
— Endi biz ketmaymiz. Bir-birimizga qaytdik. Bu safar bu bizning hikoyamiz bo‘ladi. Faqat bizniki.
Ular perrondan chiqib ketayotganlarida, odamlar oralaridan o‘tib ketdi, lekin hech kim bu ikki insonning qalbida o‘ynalayotgan musiqani eshitmasdi.