March 18, 2025

Denying you! Wanting you

Episode 8

Y/n tabassum qildi va roziligini 9 yarimga tayyor bo'lib chiqishini aytdi. Y/nni tasavvurida u kimligiga qiziqardi. Taehyungdir balki? Kim bo'lishi mumkin?
(Men hafaman bir kishi taxmin aytdi🤦🏻‍♀️)
Y/n tungi chiroyli pardozni tanladi va bezanishni boshladi. Qulay va pardoziga to'g'ri keladigan ajoyib kiyimni tanladi va kiyindi. Soat 21:00. U vaqtidan avval tayyor bo'ldi, lekin u kutib tursinmi yoki sabri chidamay hoziroq chiqib ketsinmi? O'yladi. 10daqiqa nimadir qilsin. Masalan ishxonasidan xabar olsin. U tezda telefoni orqali menejeriga qo'ng'iroq qildi. Va u bilan ishdagi muammo yoki yangiliklar barchasini gaplashishdi.

M: Y/n xonim! Sizni habaringiz yo'qmi yoki bilmadim? Lekin interne......

Y/n eshitmasdan o'chirib qo'ydi.

Y/n: U nima deyayotgandi? Obbo men o'chirib qo'ydim qayta qilaman.

Devor taqilladi.

Devordan: Taq-taq, Y/n! Tayyormisan?

Y/n soatga qaradi. Hali 5 daqiqa bor. Nima qilibdi? U tashqariga chiqdida ketti. Uni yonidagi 143-xonadan bir yigit qizil kiyimda chiqardi.

Y/n unga e'tibor berdi va nazarini tashladi.

Y/n: Taehyung kiymingga gap yo'q🤭 Shunday aylanasanmi? Sen qachon joylashding bu yerga?

V: Sen kirib ketgandan keyin. Sen men bilan aylanish o'rniga bugun fotosessiyangga sudrading meni. Qani edi aylanaylik?!😅

Y/n: 😒 Men seni sudramadim. O'zing bordingku!

V: UGH😮‍💨 Kettik!

Tezda qo'lidan ortib olib chiqib ketti. Ular tungi Parij manzaralaridan bahramand bo'lar, tinmay nimalarnidir gaplashib, kulishar edi. Dokonlarga kirishdi. Y/n singlisi uchun ba'zi brend maxsulotlarini buyumlarini oldi. Bir do'konga kirar ekan, undagi bir narsa Y/nga g'aroyibdek ko'rindi...