December 10, 2024

Friends

Episode-2

Kunlarning birida yetimxonaga bir oila tashrif buyurdi.

Ular bolalarni ko'rib chiqar ekan, ularni orasidan Jungkookni boqib olishga qaror qilishdi. Buni eshitgan Taehyung hafa edi. Chunki endi u yolg'iz qoladi. Jungkook ham ozroq hafa edi. Jungkook Taehyungni oldiga keldi.

Jk: Taehyung kechir. Men ketaman. Ammo seni unitmayman.
Thv: Endi seni oilang bor, hursand bo'lsangchi hafa emasman. Kel bir-birimizga so'z beramiz. Bu yerdan chiqsam albatta bir kun seni topaman.
Jk: Yaxshi men ham seni izlab topishga so'z beraman.
X: Jk bolajonim ketishimiz kerak. Bo'laqol.
Jk: Mayli Taehyung men kettim. Xayr do'stim!
Thv: Xayr!
Ular va'da berishdi. Jkni esa olib ketishdi. Taehyungni kayfiyati endi ozroq ko'tarildi.

Bu orada qizlarni yangi maktabda o'qish kunlari boshlandi. Ikkala qiz ham tezda yangi joy, yangi maktab, yangi do'stlar bilan chiqishib moslasha boshladi. Ular qattiq o'qishardi.

.......Oradan vaqtlar o'tti........

Taehyung yetimxonani tark etti. Va Koreyadagi Hanyang Cyber Universitetini talabasiga aylandi. Endi u ozod bu yerdan. Chiqqanidan keyin unga shaxsiy uy berildi. U yerga borib yashar ekan hayolida Jungkookka bergan va'dasini esladi.

Taehyung Pov_
Thv: Jungkookni qanday topar ekanman hatto yashash joyini ham bilmayman. Oradan necha yil o'tti. Balki meni eslamas ammo va'da bergan. Qanday topar ekanman?
U shu hayollar bilan qanday uxlaganini ham unitdi.

Ertasi kuni universitetga kelar ekan, qizlar unga qarab turishardi va pichirlab rosa bir nimalarni gaplashishardi.

Jungkookka keladigan bo'lsak uni boqib olishganidan so'ng, ulardan ancha mehr ko'rdi. Maktabni esa eng iqtidorli o'quvchisi sifatida bitirdi. U ham nufuzli universitetga kirdi.

Jkni otasi: Barakalla Jungkook. Men senga ishonaman. Senday o'g'lim borligidan hursandman.
Jk onasi: Faqat sizni o'g'lingizmas!
Ular kulishdi. Hammasi bir chiroyli va go'zal ketayotgan edi. Ammo u 2-kursga o'tganida....

Jungkook bu vaqt universitetdan qaytayotgan edi. Unga qo'g'iroq bo'ldi.
P: Salom bu Jeon Jungkook to'g'rimi?
Jk: Ha bu menman.
P: Siz bu nomer egasini kimi bo'lasiz?
Jk: Men o'g'liman. Nimadir muammo chiqdimi?
P: Afsusdamiz, ammo sizni otangiz va onangiz hozir avtohalokat bo'lishdi. Va biz tez yordamni chaqirdik. Ular kelishdi. Markaziy shifoxonaga kelolasizmi?

Jungkook eshitganlaridan hayratta edi. Nima bo'layotganiga qanaqasiga avtohalokat bo'lganiga tushunmasdi. Va tezda shifoxonaga yo'lga tushdi.

Jk_Pov
-Bo'lishi mumkinmas. Men axir ular bilan ertalab ko'rishi yaxshi gaplashdimku. Nega bunday bo'ladi. Balki adashishgandir. Dadamni telefoni ularga qanday tushdi unda? Balki kimdir o'g'irlagandir. Ammo yo'q...... Nega?
Jungkook yetib kelishi bilan tezda tushib shifoxonaga kirib keldi. Politsiya uni oldiga keldi.
P: Uzur yigitcha. Ammo ota-onang vafot etdi.
Jk: Bo'lishi mumkinmas, menga ularni ko'rsating balki boshqa odamdir.

Jungkook ularga yig'lavormaslikka harakat qilib gapirardi. Uni morkka olib kirishdi. Uni oldida ikkita murda turar ekan, u ularni ustiga yopilgan oq matoni sekin yuzini ochib qardi. Jungkookni qarshisida rostan ham uning ota-onasi. U shok holatiga tushdi. U yig'lamaslikka harakat qildi. Unga mehr bergan odamlar yaxshilik qilib uni qo'llagan odamlar uni bugun tark etdi. Unga bu alam qilardi. Bu narsa uyushtirilgan bo'lishi kerak deb ularga tushuntirishga harakat qilardi. Politsiya buni boshida qidirishdi. Bu narsa esa politsiya hodimlari keyinchalik baxtsiz hodisa deb belgiladi va ishni yopishdi. Jungkook bu hech qanday baxtsiz hodisa emasligini bilardi. Bu uyushtirilgan jinoyat. U bu narsani ancha vaqt o'yladi va oxiri u unga qo'shimcha kuch va kuchliroq bo'lishi kerakligini tushundi va mafialar olamiga kirib keldi. U bir kishi bilan tanishdi. U kishi esa undan mafia chiqarishi haqida gap ochdi va o'sha kundan ular ancha yaqin bo'lib qolishdi.

M: Hoy Jungkook. Sen eng sadoqatli odamimsan va ishonchimni oqlagan bola.Sen tirishqoq hamsan. Menga senga o'xshagan bollar kerak. Meni yordamchim bo'lasan. Senga barchasini o'rgataman.
Jungkook rozi bo'ldi va u endi kattaroq odamga aylandi. U mafiani yonida yurib u haqida ko'p narsani bildi. Hammasini uqib, o'rganardi. Ammo oradan vaqtlar o'tar ekan Jungkook yana bu o'lim sabablarini qidirishni kim qilganini bilishga qiziqdi va surishtirishni boshladi. Ammo buni kim qilgani haqida bilganida esa unga ortidan pichoq urishgandek bo'ldi. Uni ishongan insoni uni mafialikka o'rgatgan odam uni ota onasini o'ldirib yuborganini bildi va qasos olishga qaror qildi. Jungkookni shu darajada jaxl otiga mingan ediki. Uni ichida vulqon otilar, qasos o'ti uni yoqib yurar edi va battar kuchayar edi. Uni yoniga bordi va bu kishiga qarab shunchaki otib tashladi. Bu mafia uncha katta maqomga ega emas ammo o'ziga yarasha obro'li endilikda bu o'zgardi. Yangi davr bu Jungkook. U kishini o'rnini egalladi.

Taehyung esa bu orada universitetini yaxshi talabasi

U o'zini biznesini yo'lga qo'yishga qaror qildi va mustaqil biznesini yo'lga qo'ydi. Albatta unga yaqinlashib qolgan, yangi bo'lgan do'sti Park Shin Wo. U ham bu biznesga sarmoya kiritdi. Bu biznes boshida unchalik yaxshi ishlamadi, ammo keyinchalik yuksala boshladi.

Sabablaridan biri bu Jungkook edi. Jungkook bu kompaniyaga sarmoya kiritgan edi. Albatta buni Shin Won bilan shartnoma imzolagan edi. Ammo keyinchalik Jungkook bu kompaniya haqida yanada surishtira boshladi, ikr-chikirigacha. Jungkook aslida bu kompaniya Taehyungga tegishli ekanligini bildi va hayoliga kichkinaligidagi do'stini esladi. U Taehyungga va'da bergandi, va ustidan chiqyapti. U Taehyungni topdi. Va u bilan habarlashib uchrashishi haqida yozib yubordi.
Pov_ SMS
Jk: Salom Janob Taehyung! Men sizni yangi hamkoringizman. Mumkin bo'lsa biz ko'rishib olib shartnoma haqida gaplashib olsak men sizga manzilni yuboraman.
Thv: Yaxshi men tazda yetib boraman.

Taehyung boshida negaligiga tushunmadi. Ammo shartnoma tuzishlari kerak. U tezda yuborilgan manzilga yetib keldi. Uni qarshisida o'sha yetimxona undan biroz uzoqroqda esa qahvaxona. U yerda uni yangi hamkori o'tiribdi. Taehyung yurib qaxvaxonaga kirdi va uni oldiga offisiant keldi:
O: Siz janob Taehyungmisiz?
Thv: Ha, menman.
O: Men sizga yo'lni ko'rsataman. Bu yoqqa.
Offisiant uni o'sha stolga olib keldi.

U qarshisida turgan odamga hayrat bilan qarar ekan:

Thv: Jungkook, o'zingmisan?
Jungkook jilmaydi va unga ha deb bosh silkidi. Ular yaxshilab ko'rishib, so'ngra birgalikda gaplashib o'tirishdi.

Thv: Senga ancha qiyin bo'libdi. Men seni qayerdan qanday topar ekanman deb o'ylayotgan edim. Ammo o'zing topding meni. Ho'sh endi yaxshimisan?
Jk: Ha menda hammasi yaxshi. Ham va'damni bajardim. Ha aytgancha men bilan shartnoma imzolagan kiming bo'ladi? Menimcha yaqinsizlar.
Thv: Ha biz u bilan universitetda tanishib do'stlashdik. U menga shu kompaniyani qurishga yordamlashdi. Yaxshi bola sizlar tanishishingiz kerak.
Taehyung tezda Shin Wonga habar yozdi. Uni qahvaxonaga chaqirdi. Oradan yarim soat o'tib u ham yetib keldi. Shin Won kelganida Taehyung uni kutib oldi va Jungkook bilan uni tanishtirdi.
Thv: Shin Won bu kishi bilan shartnoma tuzgansan yaxshi tanisan bilanman. Ammo bu meni kichkinaligimdagi eng yaqin do'stim edi. Jungkook bu o'sha bola.
W: Ha, demak siz ekansizda. Taehyung siz haqingizda ko'p gapirar edi. Endi yaxshiroq tanishib, do'stlashib ketamiz degan umiddaman tanishganimdan hursandman.
Shu bilan ular gaplashib o'tirishar edi. Ular ancha yaqinlashib qolishdi.