March 5, 2025

Denying you! Wanting you

Episode 5

Y/n_POV
Nega aynan u? Nimaga uni tayyorlashyapti, nima bo'lyapti? Tezda gaplashish kerak.

Y/n borib creative director bilan gaplashishni boshladi.

Y/n: Nimadir muammo bormi, nega uni tayyorlayapsiz?

C.d: Y/n bugun sheriging kelmaydi, menimcha! Shu vaqtgacha yo'q. Shunday ekan bizga tezda odam kerak edi. U yaxshi nomzod. Agar tayyor bo'lsang fotosessiya boshlanadi. Joyingni egalla!

Y/n inday olmadi. Va joyiga borib joylashdi. Taehyung ham tayyor. U ham o'z joyini egalladi.

C.d: Lights, Camera, Action!

Fotosessiya boshlandi. Y/n va Taehyung harakatlarini fotografning ko‘rsatmalariga qarab bajarayotgandi.

Fotograf: Y/n, chap tarafga biroz buriling. Taehyung, unga yaqinroq turing!

Y/n o‘zini biroz noqulay his qilgan bo‘lsa ham, vaziyatni buzmaslik uchun aytilgan pozani bajardi. Taehyung esa unga jilmayib, biroz yaqinlashdi.

Fotograf: Ko‘zlaringiz bilan hikoya qiling! Ko‘proq his-tuyg‘ular qo‘shing!

Y/n_POV
Menga nima bo‘lyapti? Nega yuragim tez ura boshladi?

Fotograf: Mukammal! Endi biroz yaqinlashing, ammo tabiiy bo‘lsin.

Taehyung buni eshitib, Y/n tomonga biroz egildi. Y/n esa o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi.

Fotograf: Ko‘zlaringiz bilan o‘zaro aloqa qiling! Sizlar shunchaki modellar emassizlar, sizlar bir-biringizni his qilayotgan insonlarsiz!

Y/n bu gapdan keyin Taehyungga qarashga majbur bo‘ldi. Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.

Y/n_POV
Nega bu ko‘z qarashlari shunchalik ta’sirli?

Fotograf: Ajoyib! Keyingi poza—romantik va samimiyroq. Y/n, qo‘lingizni Taehyungning ko‘kragiga qo‘ying, siz unga ishonayotganingizni ko‘rsatish kerak.

Y/n beixtiyor o‘zini biroz orqaga tortdi. Lekin Taehyung unga sokin qarash qilib, qo‘rqmaslik ishorasini berdi. Nihoyat, Y/n ham rejaga ko‘ra harakat qilib, qo‘lini uning ko‘kragiga qo‘ydi.

Fotograf: Stop! Bu juda yaxshi chiqdi, ammo yana bir marta, biroz sekinroq harakat qiling!

Va ular aytilgandek bajarishdi.

Fotograf: Ajoyib!

Creative director rasmni tekshirdi va:

C.d: Change pose! 3...2...1!

Fotosessiya boshlandi. Ularga qanday turishi va nima qilinishi yana uqtirib turardi. Shu vaqt xonani atmosferasi o'zgardi chunki...