Denying you! Wanting you
Yoongi va Taehyungni ham ishini tamomlashdi hamma tashqariga chiqib ketti oynaga qaragan holda Taehyung stulida o'tirar edi. Yoongi o'rnidan turib uni oldiga bordi va gapira boshladi.
S: Seni niyating nima? Nimaga sen meni o'rnimga kelib rasmga tushishni boshlading?
V: Sen kech qolding. Va bu meni aybim emas.
C.d: Yigitlar qani tezroq. Boshlaylik vaqt yo'q.
Ular tezda chiqib sur'atga olish maydoniga kelib joylashishdi. Fotograf uch kishilik rasmga tushirish uchun tayyorlanayotgan paytda, Yoongi va Taehyungning bahsi davom etardi. Qiz esa ularni kuzatib, noqulay holatda turardi. Fotograf sabrsizlik bilan gapirdi:
F: Yigitlar, iltimos, vaqt yo‘q. Tezroq joylaringizni egallang.
Yoongi hafsalasi pir bo‘lib, Taehyungga keskin qaradi:
V: Endi men turibman. Sen orqada turishing mumkin.
Qiz vaziyatni yumshatmoqchi bo‘ldi:
Y/n: Yaxshisi, tortishmanglar. Muhimi, rasm chiroyli chiqishi.
F: Tayyor bo‘ling! Bir-biringizga yaqinroq turing.
Yoongi biroz xafa bo‘lsada, joyini egalladi. Taehyung esa kulimsirab turardi. Qiz esa ikkovi o‘rtasida turgancha kameraga jilmaydi.
Kamera chirt etdi. Shu bilan tarixga yana bir rasm yozildi...
Creative director rasmlarni ko'rib chiqishni boshladi. Jarayon qizg'in bo'lar edi. Set director bilan bir nimalarni muhokama qilishdi. Va tugab hammaga qarata Creative director gapirdi.
C.d: Hammaga raxmat bugungi yetadi. Hamma qattiq ishladi. Hammaga barakalla.
Jamoa qarsak chalib hushtak chalishardi. Creative director sekingina Y/nni yoniga bordi va gapirishni boshladi.
C.d: Y/n xonim bugun betakror va go'zal edingiz. Raxmat asosiy ishni siz qildingiz.
Sekingina qo'lidan ushlab nomiga o'pib qo'ydi. Y/n bu narsadan hayratda va tortinishni boshladi. Lekin hotirjamlikni saqladi.
Y/n tezda qo'lini tortdi va u yerdan tezroq uzoqlashdishni hohladi. Ha nima axir u ham turmush qurmagan va erkaklarga kelganda doim mavzuni boshqa tomonga burib ketardida.
Bir necha daqiqa ortga qaytamiz...
Y/n va C.director gaplashib turarkan Taehyung ularni kuzatib turardi. Va birdan Y/nni qo'lini ushlab o'pganida:
V: Ular nima haqida gaplashishyapti. To'xta u nima qildi? Hey....
S: Hoy baqirma! Qulog'im og'rib qoldi! Sen hali ketmadingmi bu yerda ishing tugagan endi ket!
V: Hih nega ketarkanman. Men Y/nni kutyapman bugun boradigan joyimiz va qiladigan ishimiz bor.
S: Nimalar deyayapsan? Sen itvachcha eyyy hali Y/nga ko'z olaytirishni boshlabsanda tezda yo'qol. U men bilan boradi.
Ular endi boshlashmoqchi edi (urishish bilasizlarku😁). Y/n birdan Taehyungni qo'lini tortib tezda bu yerdan olib chiqib ketti. Taehyung hayratda qoldi va:
V: Nega bunday qilding! Hammasi joyidami?
Y/n unga asabiylashgancha qarardi.
Y/n: Taehyung tezroq hayda moshinani ketaylik, iltimos!
Taehyung Y/nni oldiga egildi va kamarni taqib eshik tomon qarar ekan Yoongi ularga qarab turardi. Taehyung esa ko'rib qo'y degandek kulib qo'ydi va mashinani haydab ketdi. Y/n oynadan tashqariga qaragancha o'yga tolib ketar edi. Taehyung ham indamay qo'ya qoldi. Yana o'sha go'zal va maftunkor mexmonxona. "Shangri-la Paris". Y/n mashinadan tushdi va tashakkur aytib ketdi. Bron xonasiga joylashdi. 142-xona, Y/n dushga kirib ketti. Va chiqqach qo'shni honani devoridan taqillagan va qmdaydir g'alati ovozlar chiqardi Y/n tezda sochiqni divanga qo'yib devor tomonga keldi va quloq soldi.
Devordan: taq-taq. Y/n meni eshityapsanmi? Eshitayotgan bo'lsang devorni taqillat. Y/n. Axxx~ ming marta qaytardim. Y/n kulidi va sekin devorni taqillatdi.
Y/n:Taq-taq taqqa taq. Eshityapman!
Devordan: Va nihoyat, nima qilyapsan?
Devordan: Men bilan tashqarini aylana olasanmi? Kechki Parij ko'chalari chiroqlar va manzara nihoyatda go'zal bo'ladi.
Y/n tabassum qidi va roziligini 9yarimga tayyor bo'lib chiqishini aytdi. Y/nni tasavvurida u kimligoga qiziqardi. Taehyungdir balki? Kim bo'lishi mumkin?