Friends
Bu bo'lgan voqeadan hammalari shock holatiga tushib qoldi. Keyin Lili o'znini o'nlab oldi va Nikkini oldga sekin engsashib gapira boshladi. Pichirlab:
L: Nikki o'zingni hushidan ketganga sol pul undiramiz. Tez bo'l!
Nikkiga bu unchalik yoqmadi lekin ro'lini o'ynashni boshladi. Va shu vaqt mashinani eshigi ochilib, uni ichidan ikkita ichgan yigitlar tushishdi. Ular chiroyli va kelishgan ko'rinardi. Nikki hushidan ketganga o‘xshab yotibdi, Lili esa pul undirish rejasini amalga oshirmoqchi. Mashani ichidan tushgan yigittlar esa Taehyung va Jungkook. Jungkook ichib olgan, Taehyung esa ozgina kayfroq. Lili ularni ko‘rib, qattiqroq jahl qiladi va baqira ketadi.
Lili: Nima, ichib olib mashina haydayapsizlarmi?! Odam urganingizni bilasizmi?!
Taehyung (bir oz sarxush, lekin vaziyatni yumshatishga harakat qilib): Ey, opa, tinchlaning. Biz...
Jungkook (yuragini ushlab): Ey, bu qiz o‘ldi shekilli?!
Nikki esa bu vaqtda ichida kulib turgan bo‘lsa ham, mukammal aktrisalik qiladi. U yerdan Lili chayqalayotgan ovozda davom etadi:
Lili: Bu qizning hayoti xavf ostida! Tez doktorxonaga olib boramiz!
Taehyung: Mayli, mayli, faqat bizni sudga bermang, iltimos!
Jungkook Nikki tomon egilib, uning yuzini diqqat bilan kuzatadi. Nikki ichida o‘zini tutishga harakat qiladi, lekin shunda Jungkook uning yuziga asta-asta puflaydi va shivirlab aytadi:
Jungkook: Haa, bu qiz shunchaki aktyorlik qilyapti shekilli?
Lili: Hoy unga doktor kerak olib boraylik!
Jungkook ichib olgani sababli Lili bilan shunday kelishuvga kelishga qaror qiladi. U Taehyungga qarab, tezda qizni doktorga olib borish kerakligini aytadi. Lili va Nikki esa rollarini juda yaxshi o'ynashadi. Nihoyat, ular doktor honasiga yetib kelishadi va voqeaga oid ma'lumotni topishadi.
Doktorlar Nikkini tekshira boshlashadi. Shu vaqtda Lili ularning yoniga borib, nima qilishni o'ylab turadi. U Jungkookning ta'qibida ekanini anglab, unga qanday javob berishini bilish uchun vaqt sarflaydi.
Lili bir necha soniya jim turadi va so'ngra, Jungkookning qarashlariga qarab gapira boshlaydi.
Lili: Men politsiyaga habar beraman.
Jungkook darhol unga qarab, uning yuziga diqqat bilan qaraydi. U bilan kelishishga harakat qiladi, ammo Lili bir qarorga kelgan edi.
Jungkook: Hey, qiz, yaxshisi kelishamiz. Sen politsiyaga aytmaysan, biz sen hohlagan narsani beramiz. O'ylab ko'r.
Lili bir lahza jim bo‘ladi, lekin u yana gapni davom ettiradi.
Lili: Yaxshi, pulini berasizlar, lekin bu hali ham muammo. Qanday qilib kelishuvni yakunlaymiz?
Jungkook va Taehyung bir-birlariga qarashadi. Bu holatda ularni qanday yechish kerakligi to‘g‘risida o‘ylashadi. Lili esa, ikki yigitning javobini kutishdan oldin, Nikkiga qarab, qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Birozdan so'ng, doktor shunday tashxis qo‘yadi, shunda Taehyung va Jungkook yana ham ko‘proq noqulay ahvolga tushishadi.
Jungkook: Mayli, zararni to‘laymiz. Faqat politsiyaga hech narsa demaysizlar.
Lili (kulimsirab): Haa, endi qo‘rqyapsizmi?
Taehyung (yuzini ushlab): Shuncha muammo... Nima qilib qo‘ydik?!
Shu orada Nikki hushiga kelib, Lili unga vaziyatni tushuntiradi. Nikki ham zo‘r aktyorlik qilib, juda bechora qiz rolini o‘ynaydi.
Doktor: Oyoq payi cho‘zilgan, kamida bir hafta bosolmaysiz. Qo‘shimcha tekshiruv uchun ertaga yana kelishingiz kerak.
Jungkook (Lili tomonga qarab): Bu qizni kim qaraydi endi? Sizmi?
Lili (yelkalarini qisib): Albatta, men... Lekin sizlar ham mas’uliyatsiz qoldirib keta olmaysizlar!
(Ex bu xazillar hali boshingizga yetadi🫠 davom etamiz)
Jungkook Liliga yaxshilab razm soldi. Keyin telefoniga qaradi va unga yuzlandi.
Lili: "Nima u meni tanidimi? Men ismimni hali aytganim yo'q-ku!" Ha, Lili.
Jungkook qizni qo'lidan ushlab tortib olib chiqishni boshladi. Taehyung tushunmadi va to'xtatib so'radi.
Jk: Bu o'sha Taehyung! Uni olib ketmoqchiman. Mumkinmasmi?
Thv: Dugonasiga kim qaraydi unda?
Jk: Hozircha sen. Chunki urib yuborgan odam ham o'zingsan.
Taehyung indamadi va yaxshi deb bosh silkidi. Lili ularni chetdan kuzatardi va nimaga Jungkook uni olib ketayotganini tushunmay qoldi. Ular mashinaga o'tirishdi.
Lili: meni qayerga olib ketyapsan yaramas? Qo'yib yubor meni, o'g'irlamoqchimisan?
Lili tipirchilab qochishga harakat qilardi.
Jk: Ey, Lili! Oying menga qo'ng'iroq qildi va seni topib, menikida yashashingni aytdi. Sen meni uyimda xavfsiz bo'lasan. Endi tipirchilamay jim ket!
Bu orada Taehyung ba'zi hujjatlarga qo'l qo'ydi va doktorlar qizni ketishiga ruxsat berishdi.
Taehyung Nikki bilan uyiga yetib kelgach, unga qarab turdi va qo‘lini orqasiga qilib jilmaydi.
Taehyung: Xo‘sh, señorita, bu sizning yangi uyingiz. O‘zingizni shohona his qilishingiz mumkin.
Nikki (yuzini burib): Men shunchaki dam olaman, keyin ketaman.
Taehyung unga yelkalarini qisib qo‘ydi va ichkariga boshladi. Nikki qadam tashlashga harakat qildi, lekin birdaniga muvozanatini yo‘qotib, gandirakladi va dupp yerga yiqildi.
Taehyung uning yiqilishini tomosha qilib turdi va kulib yubordi.
Taehyung: Ha-ha-ha! Bunaqa aktyorlik kerakmas, baribir meni sudga bera olmaysan.
Nikki yuzini burib unga qaradi va g‘azab bilan turgisi keldi, lekin oyog‘i og‘riq berib, yana yerga o‘tirdi.
Nikki: Men aktyorlik qilyapman deb o‘ylayapsanmi?! Oyog‘im og‘riyapti!
Taehyung kulishini bas qildi va yoniga cho‘kkaladi.
Taehyung: Rostdan ham yurib ketolmaysanmi?
Taehyung yana jilmayib qo‘ydi va birdaniga Nikki bilan hazillashishni xohladi.
Taehyung: Hop, yaxshi. Demak, men seni ko‘tarib, hammomga olib boraman, keyin esa...
Nikki: HOY! Nimalar deyapsan?!
Taehyung: Hop-hop, hazillashdim. Seni xonaga olib boraman.
U Nikki tomon egildi va qo‘llarini beliga qo‘ymoqchi bo‘ldi, lekin Nikki undan chetga surildi.
Taehyung: Hop, unda o‘zing bor xonaga.
Nikki (siniq ovozda): Yurib bo‘lmaydi dedim-ku...
Taehyung: Haa, men ham shuni eshitdim. Shuning uchun seni ko‘tarib boraman.
U Nikkini qattiq ushladi va bir qo‘li bilan tizzasi ostidan, ikkinchi qo‘li bilan esa orqasidan ko‘tarib oldi. Nikki birdaniga qizarib ketdi.
Nikki: Hoy, qo‘yib yubor meni! O‘zim boraman!
Taehyung: Endi kech, señorita.
U Nikkini shunchaki zavqlanib ko‘tarib borardi. Nikki esa qizargancha qo‘llari bilan yuzini bekitib oldi.
Taehyung: Xohlaganingcha. Lekin avval men seni xavfsiz joyga olib boray.
Shu tarzda, Nikki Taehyungning uyida qolishga majbur bo‘ldi...