Oqush va Biron 🤍
Qadim yillarda, Shoyon vodiysi ustida qora soyalar to‘plana boshlagach, xalq orasida bir afsona tarqaldi:
> "Qachonki, oqqush qora tun bilan uchrashsa, unutilgan sevgi uyg‘onadi..."
Shohzoda JK ovdan qaytayotib, o‘rmon bo‘ylab ot minib ketar, yuragini bosib turgan g‘alati og‘irlikni sezardi. Atrof jimjit, qushlar ham sukutda. To‘satdan ko‘kka qop-qora bulutlar yig‘ildi va kuchli shamol esdi. Qorong‘i daraxtlar oralab u yo‘qotilgan yo‘ldan Qora Qasrga kelib qoldi afsonalardagi joy.
U minoradan tushib kelar, qizil atlas libosi, ochiq yelkasi, uzun to‘lqinli qora sochlari bilan yengil yurardi. Har qadami – go‘yoki musiqaday. JK hushini yo‘qotay dedi. U bunday go‘zallikni faqat tushida ko‘rgan edi.
Semi:Sen bu yerda nima qilyapsan?
JK qilichiga qo‘l cho‘zdi, ammo ko‘zlarini undan uzolmasdi.
Jk:Men yo‘qotildim. Qasring... chaqirayotganday tuyuldi.
Semi unga yaqinlashdi, uzoqdan yengil atir hidi kelar edi. Uning ko‘zlari JK’ni ushlab qolganday qarar, yuragini siqib olardi.
Semi:Bu qasr unutilgan yuraklar uchun. Seniki hali to‘liq sindirilmagan ko‘rinadi...
JK hamon hayratda. U qadam tashladi. Ularning orasida faqat bir necha dyuym qoldi. Semi sekin lablariga pichirladi:
Semi:Agar sen menga ishonmasang, bu tun sen uchun oxirgi bo‘ladi.
O‘sha daqiqada yashin chaqdi. JK unga qo‘l uzatdi. O‘rtalarida nimadir chaqnadi — go‘yoki eski ruhlar uyg‘ondi. Semi hushidan ketdi. JK uni bag‘riga oldi. Shu zahotiyoq qasr devorlari titradi...
Semi aslida la'natlangan malikasi edi. Uning yuragiga hech kim yetib bora olmagan. Ammo JK... boshqa edi.
Ammo bu sevgi halokatmi, najotmi hali noma’lum.