Queen of Darkness🖤
Oradan bir kun o'tdi. Yuki na ovqat yedi, na suv ichdi.
Yuki POV
Juda sovuq... Bu joydan chiqishni xohlayman. Arineni juda sog'indim. Albatta, Amerikaga — uning oldiga boraman. Ammo avval bu yerdan chiqishim kerak. Hozir... hozir Jungkook’ni chaqiraman.
Yuki:Jungkook... Iltimos, meni bu yerdan olib chiq...
Jimlik.
Hech qanday javob yo'q edi.
Yuki:Jungkook, yolvoraman... Sovuqdan qotayapman. Iltimos, bu joydan olib chiq. Hammasini qilaman — nima desang ham...
Birdaniga eshik orqasidan oyoq tovushlari eshitila boshladi. Kalit aylanganday bo'ldi va eshik sekin ochildi.
Jungkook :Bu nimasi? Nima uchun baqiryapsan?!
Yuki:Jung...kook... meni bu xonadan olib chiqing, iltimos. Juda sovuq...
Jungkook :Men senga aytgandim. Muomalangni tuzatmaguningcha, bu yerdan chiqmaysan!
Yuki (titroq ovozda):J...ung...kook... Iltimos... Yolvoraman...
Yuki asta sekingina o‘rnidan turdi. Qadam bosayotganida, oyog‘i qaltirab, boshi aylana boshladi. U Jungkook tomon yurmoqchi bo‘ldi, biroq quvvati yetmay hushidan ketdi.
Jungkook (cho‘chib):Yuki!
U tezda Yuki tomon otilib bordi, uni qo‘liga oldi va peshonasiga qo‘lini qo‘ydi.
Jungkook (vahimaga tushgancha):Tanang yonyapti... Nega bu qadar zaifsan?
U Yuki’ni o‘z xonasiga olib chiqdi va ehtiyotlik bilan karovatga yotqizdi. Yuki hali ham hushida emasdi. Jungkook tezda shifokor chaqirdi.
Shifokor kelib, darhol tekshiruvdan o'tkazdi.
Shifokor:Janob Jungkook, Yuki xonim hozir dam olishi kerak. U necha kun hech narsa yemagan?
Jungkook:Tahminan 1 kun ...
Shifokor:Agar hushiga kelgach ham ovqatlanmasa, sog‘lig‘i jiddiy xavf ostida qoladi.
Yuki pov
Ko‘zimni asta ochganimda, yonimda issiq va katta tana yotganini his qildim. Avvaliga bu holatdan zavqlandim, ammo boshimni burib qarasam... bu Jungkook edi!
Dahshat bilan o‘rnimdan sapchib turdim. Jungkook ham uyg‘onib ketdi.
Yuki :Menga nima bo‘ldi? Nega sen mening yonimdasan?
Jungkook :Hushingdan ketding. Shuning uchun seni o‘zimning xonamga olib chiqdim. Yoki yana u sovuq xonada qolishni xohlaysanmi
Yuki : Yo‘q... men boshqa u honaga qaytmayman.
Shu payt birdan qornini g‘uldirab ketdi. Jungkook kulib yubordi.
Jungkook : Qorning ochgan ko‘rinadi, ha?
Yuki: Ha, axir butun bir kun hech narsa yemadim...
Jungkook:Yuraqol, ovqatlanamiz.
Ular pastga tushishdi. Stol ustida turli xil taomlar joylashgan edi. Yuki ishtaha bilan ovqatlana boshladi.
Yuki:Endi... demak bu uy — meniki bo‘ladimi?
Jungkook: Ha.
Yuki pov
.Ha, nima bo‘lishidan qat’i nazar, men bu yerdan chiqib ketaman. U esa bu haqida bilmaydi ham.
Yuki :Hm, demak bu uy meniki. Shunday ekan, uyimni ko‘rib chiqsam bo‘ladimi?
Jungkook:Albatta. Lekin anavi burchakdagi xonaga yaqinlashma.
Yuki P.O.V.
Demak... u menga aynan o‘sha xonaga yaqinlashma demoqda. Bu degani — u yerda qandaydir sirli narsa bor.
Yuki: O‘sha honaga borish niyatim yo‘q, faqat honalarni korib chiqmoqchiman , xolos.
Jungkook:Mayli. Men ketyapman kochaga chiqishni hayolinga ham keltirma
Jungkook ketdi Yuki esa darrov ikkinchi qavatga chiqib, birma-bir xonalarni ko‘zdan kechira boshladi. Faqat o‘sha burchakdagi xonaga yaqinlashmadi. Unga juda qiziq tuyuldi, ammo...
Yuki pov Agar hozir kirsam , Jungkook yana menga jazo berishi mumkin. Kirmaganim yaxshi Soat ham 21:00 bo‘libdi. Uff... Juda zerikdim. Shoshma shoshma anavu yerda orqa eshik bor ediya Shu yerdan chiqib ketaman — bor-yo‘g‘i bir soatga.
Tezda tepaga chiqib, qora, biroz ochiq ko‘ylak kiydi. U bunga e’tibor bermadi. So‘ng ohista orqa eshikni ochib, tashqariga chiqib ketdi. Qorovullar buni sezishmadi...