July 28

Tun va quyosh hidi 7-qism

Qonli jang va Abadiy ehtiros qirolligi

Xonaga bostirib kirgan soqchilar va Y/n'ning otasi ularning yalang'och, bir-biriga chirmashgan tanalarini va eng muhimi - Jungkookning ko'zlarida yongan qizil olov hamda bo'rtib chiqqan vampir tishlarini ko'rib, bir soniya qotib qolishdi.

— Bu... bu mumkin emas! Odam bolasi bizning qonimizni qabul qilolmasligi kerak edi!

— otasining g'azabdan tomorlari bo'rtib ketdi.

— O'ldiringlar ikkalasini ham!

Biroq, yangi uyg'ongan qadimiy kuch Jungkookning vujudida xuddi vulqondek qaynayotgan edi. U to'shakdan sherdek otilib turdi. Uning harakatlari ko'z ilg'amas darajada tez edi. Birinchi yaqinlashgan soqchining tomog'idan bo'g'ib, uni devorga shunday qattiq urdiki, butun qasr silkinib ketdi. Y/n ham bo'sh kelmadi; u o'zining ipak ko'ylagini tanasiga tashlab, otasining qilich ko'targan sarkardasiga qarshi otildi. Uning o'tkir tirnoqlari havoda yaltillab, dushmanning ko'kragini tilib o'tdi.Xonada qisqa, ammo shafqatsiz jang boshlandi. Jungkook har bir zarbada o'zining yangi, cheksiz quvvatini his qilardi. U dushmanlarning qonini to'karkan, nigohi faqat eshik oldida turgan qirolga - Y/n'ning otasiga qadalgan edi.

- Endi sening navbating,

- Jungkook pichirladi. Uning ovozi xonadagi haroratni muzlatib yuboradigan darajada sovuq va vahshiy edi.Qirol qilichini ko'tarib Jungkookka tashlandi, ammo Jungkook qilich tig'ini shunchaki yalang qo'li bilan ushlab qoldi va uni ikkiga bo'lib yubordi. So'ngra qattiq zarba bilan qirolni koridor devoriga uchirib yubordi. Boshqa soqchilar chekinishga majbur bo'lishdi. Jungkook eshikni og'ir tosh devor bilan butunlay to'sib qo'ydi. Tashqarida qolgan dushmanlarning baqiriqlari endi ularga yetib kelmasdi.Xonada yana faqat ularning nafasi eshitila boshladi. Jang epifaniyasi ularning tomirlarida adrelyalinni va o'sha tiyilmas shavhvatni yanada kuchaytirib yuborgan edi.