Keraksiz yuk 2-qism
Qutilish yoʻli esa Y/N oʻylagandan ham tezroq va shafqatsizroq shaklda keldi.Oʻsha kuni uydagi mehmonxonadan otasining baland ovozi eshitildi. Y/N aravachasini sekin eshik ortiga surib kelib, gaplarni tinglay boshladi. Mehmonxonada otasining qarshisida oʻrta yoshli, koʻzlari qoʻrquv va umidsizlikka toʻla bir kishi — janob Kim oʻtirardi. U otasining biznes hamkori edi.
— Men bu pulni hozir toʻlay olmayman, iltimos, menga vaqt ber,
— Agar sudga bersang, bor-yoʻgʻimdan ayrilaman. Oilam koʻchada qoladi, oʻgʻlimning kelajagi barbod boʻladi!
Y/N’ning otasi sovuqqonlik bilan kofe hoʻpladi. Uning koʻzlarida toʻsatdan yovuz bir reja uchqunladi.
— Pulni qaytara olmasligingni bilaman, Kim. Va senga bitta taklifim bor. Mening uyimda... bir yuk bor. Qizim Y/N. Uni bilasan, oʻsha avtohalokatdan keyin aravachaga mixlangan. Toʻgʻrisi, xotinim ikkimiz uni boqishdan, unga enagalik qilishdan charchadik.
Eshik ortida Y/N’ning nafasi ichiga tushib ketdi. Qoʻllari titray boshladi.
— Oʻgʻling bor edi, adashmasam, ismi Taehyung,
— Kelishuv shunday: Taehyung mening qizimga uylanadi. Uni oʻz uyiga olib ketadi va umrining oxirigacha uning barcha masʼuliyatini boʻyniga oladi. Buning evaziga men sening barcha qarzlaringdan kechaman. Bankrotlik ham, qamoq ham boʻlmaydi. Oʻylab koʻr, oʻgʻlingning erkinligi — oilangning najoti.
Janob Kim eshitgan gaplaridan daxshatga tushdi, lekin boshqa chorasi yoʻq edi. Bu shunchaki nikoh emas, bu tirik inson savdosi edi.Ushbu kelishuv Taehyungning uyida katta portlashga sabab boʻldi.
— Nima?! Men oʻsha majruh qizga uylanishim kerakmi?!
— Taehyung otasining xonasida baqirar, qoʻlidagi hujjatlarni yerga otardi.
— Otajon, mening oʻz hayotim bor! Sevgan qizim, rejalari bor! Nega sizning xatongiz uchun men butun hayotimni qurbon qilishim kerak?!
Janob Kim oʻgʻlining qarshisida tiz choʻkdi. Koʻzlarida yosh bilan uning qoʻllaridan tutdi:
— Taehyung, iltimos... Agar rozi boʻlmasang, meni qamaydilar. Onang bunga chiday olmaydi. Biz koʻchada qolamiz. Bilaman, bu adolatdan emas, lekin boshqa yoʻlimiz yoʻq. Sening birgina "ha" degan soʻzing oilamizni qutqaradi.
Taehyung otasining ojizligiga, koʻz yoshlariga qarab, ichida nimadir singanini his qildi. Uning kelajakka boʻlgan barcha orzulari, sevgisi, erkinligi bir lahzada kulga aylandi. Uning yuragida oʻsha daqiqadan boshlab ulkan bir nafrat urugʻi ekildi. Bu nafrat otasiga emas, qarz bergan boy odamga emas... aynan oʻsha oʻzi hali koʻrmagan, uning baxtsizligiga sababchi boʻlgan nogiron qizga — Y/N’ga qaratilgan edi.