Keraksiz yuk 5-qism
Oʻsha kecha uydagi sukunat boshqacha edi. Unda avvalgi gʻazab emas, ogʻir bir pushaymonlik havoda muallaq turardi. Taehyung divanda yotgancha shiftga tikilardi. Onasining telefondagi sovuq ovozi, Y/N'ning pol ustida qon va suv ichida yotgan holati koʻz oldidan ketmasdi. U oʻzini kuchli his qilish uchun ojiz bir qizni sindirayotganini tushundi. Bu anglash uning gʻururini butunlay chilparchin qildi.Ertasi kuni ertalab Taehyung odatdagidek vaqtli turdi. U ishga ketishga hozirlandi, lekin kiyinib boʻlgach, oshxonaga oʻtdi. Javonning tepasidagi non va suvni pastga, stolning qoʻl yetadigan eng qulay burchagiga tushirib qoʻydi. Stol ustiga esa kecha bozordan sotib olgan yangi mevalarni joylashtirdi.U eshik oldiga kelib, Y/N'ning xonasi tomonga qaradi. Qiz hali uygʻonmagandi. Taehyung chuqur tin olib, indamay chiqib ketdi.Kechki payt u uyga qaytganida, Y/N oshxonada, oʻz aravachasida jim oʻtirardi. Stol ustidagi ovqatlarga deyarli tegishmagan, faqat yarim stakan suv ichilgandi. Y/N Taehyung kirganini koʻrib, odatdagidek kamsituvchi soʻzlarni kutib, boshini egdi.Biroq bu safar baqir-chaqir boʻlmadi. Taehyung uning qarshisidagi stulga oʻtirdi. Uning yuzidagi oʻsha sovuq niqob yoʻqolgan, oʻrnini charchoq va tushunarsiz bir gʻamginlik egallagandi.
— dedi Taehyung past ovozda. Uning ovozida birinchi marta zaharxanda sezilmadi.Y/N ajablanib boshini koʻtardi.
— pichirladi u.Taehyung stol ustidagi issiq ovqat solingan idishni unga yaqinroq surib qoʻydi.
— Yeyishing kerak. Men... men ovqatni har doim shu yerga qoʻyib ketadigan boʻldim. Tepaga intilib yurma.
Y/N uning koʻzlariga qaradi. Erining bu kutilmagan oʻzgarishi uni shubhalantirdi.
- soʻradi qiz, ovozida ogʻriq aralash gʻazab bor edi.
— Kechagi telefondan keyin menga achinyapsanmi? Kerak emas. Men bunday achinishlarga oʻrganib ketganman. Menga yaxshilik qilishing shart emas.
Taehyung koʻzlarini olib qochdi.
—Bu achinish emas, Y/N. Bu... shunchaki xatoni tushunish. Biz ikkimiz ham bir xil qopqondamiz. Buni kech boʻlsa ham angladim.