Yesterday

Keraksiz yuk 3-qism

Yangi zindon eshiklari

Toʻy marosimi dabdabasiz, xuddi dafn marosimidek oʻtdi. Hech kim kulmasdi. Y/N oppoq koʻylakda, aravachasida boshini egib oʻtirar, Taehyung esa uning yonida xuddi tosh haykaldek qotib turgandi. Mehmonlar ketishi bilan Taehyung Y/N'ni oʻzining kvartirasiga olib keldi.Eshik yopilishi bilan xonadagi muhit bir lahzada muzlab qoldi. Taehyung kostyumining galstugini yulib yuborgandek yechdi va uni polga otdi. Keyin esa sekin Y/N'ning aravachasi qarshisiga keldi. Uning koʻzlarida shunday sovuqlik va gʻazab bor ediki, Y/N qoʻrqqanidan orqaga tislanmoqchi boʻldi, ammo aravacha devorga taqaldi.

— Xoʻsh, xonim Y/N,

— dedi Taehyung, ovozi zaharxandaga toʻla edi.

— Yangi uyingizga xush kelibsiz. Otang meni yaxshigina narxga sotib oldi, shunday emasmi? Men endi sening shaxsiy enagangman.

— Taehyung... men... men bu kelishuvni xohlamagandim...

— pichirladi Y/N, koʻz yoshlari yuzidan oqib tushdi.

— Menga farqi yoʻq!

- baqirib yubordi Taehyung. Uning ovozi xonada aks sado berdi.

- Sen tufayli mening hayotim tugadi! Sen mening zindonimsan! Va ishonib qoʻy, bu zindonda sen ham baxtli boʻlmaysan.

Taehyung oʻsha kunidan boshlab oʻzining soʻzsiz, shafqatsiz zulmini boshladi. UY/N'ni urmasdi, chunki jismoniy jarohatlar iz qoldirardi. Uning usullari ancha chuqurroq va qiynovliroq edi.Ertasi kuni ertalab Taehyung ishga ketishdan oldin oshxonaga kirdi. U bir stakan suv va bir boʻlak nonni qasddan eng baland javonning ustiga qoʻydi. Y/N aravachasida oshxonaga kirganida, buni koʻrib koʻzlariga yosh keldi.

— Taehyung, iltimos... Uni pastroqqa qoʻy, men yetolmayman,

— dedi u ojizona. Taehyung kurtkasini kiyar ekan, unga qayrilib ham qaramadi.

— Harakat qil, Y/N. Otang menga hamma narsani tayyorlab berishing kerak deb aytmagan. Agar yashashni istasang, oʻzing yetishishni oʻrgan,

— dedi-yu, eshikni qulflab chiqib ketdi.Y/N oshxonada yolgʻiz qoldi. Tomogʻi qurib borardi. U aravachasini javonga yaqinlashtirib, qoʻllarini tepaga choʻzdi. Barmoqlari stakanga tegay-tegay deb turganida, aravacha joyidan siljib ketdi. Y/N muvozanatni yoʻqotib, qattiq ovoz bilan polga yiqildi. Javondagi stakan ham tushib, chil-chil boʻldi. Shisha parchalari uning qoʻllarini kesib yubordi, suv esa polga yoyilib ketdi.U polning sovuq yuzasida, oʻz qoni va suvi aralashgan joyda yotgancha oʻksib-oʻksib yigʻladi. Uni qutqaradigan, unga yordam beradigan hech kim yoʻq edi. U ota uyidagi keraksizlikdan, erining nafrat toʻla zindoniga koʻchib oʻtgan edi.

Taehyung kechki soat toʻqqizda uyga qaytdi. Eshikni ochib xonaga kirarkan, uni odatdagidek qorongʻulik va sukunat kutib oldi. U chiroqni yoqdi va oshxona tomondan kelayotgan past shovqinni eshitib, u yerga yurdi.Ostonada toʻxtab qoldi.Y/N hali ham polda yotar edi. U tushgan joyidan qoʻzgʻalolmadi, chunki har safar tanasini surmoqchi boʻlganida, atrofga sochilgan stakan parchalari uning kaftlariga, kiyimlariga botib kirgandi. Pol toʻgʻilgan suv va qon tomchilari bilan qoplangan, qizning yuzlari esa yigʻlayverganidan shishib ketgandi. U sovuqdan titrar, lablari koʻkarib ketgan edi.Taehyungning yuragi bir lahzaga urishdan toʻxtagandek boʻldi. U qanchalik nafratlanmasin, qarshisidagi manzara daxshatli edi. Biroq, ichidagi magʻrurlik va gʻazab tuygʻusi baribir ustun keldi. U chuqur tin olib, Y/N'ga yaqinlashdi.

— Shunchalik ham epsiz boʻlasanmi?

— dedi u ovozini ataylab qattiq qilib. Keyin engashib, Y/N'ni poldan shafqatsizlik bilan yulib oldi-da, aravachasiga oʻtqizdi.Y/N ogʻriqdan ingrab yubordi, lekin indamadi. Taehyung uning shisha kirgan qoʻllariga qarab, jahl bilan dorilar qutisini olib keldi. U qizning kaftlaridagi shisha parchalarini pinset bilan tortib olar ekan, hech qanday shafqat koʻrsatmasd.

— Ogʻriyapti...

— pichirladi Y/N koʻzlarini yumib.

— Ertalab senga nima degandim?

— baqirdi Taehyung uning qoʻlini qoʻpol ravishda bogʻlay turib.

— Yetolmasang, tegma demaganmidim?! Nega hamma narsani sindirib, menga qoʻshimcha ish orttirasan? Men sening quling emasman!

— Men shunchaki suv ichmoqchi edim...

— Y/N boshini koʻtardi va birinchi marta Taehyungning koʻzlariga tik qaradi. Uning nigohida endi qoʻrquv yoʻq edi, faqat tubsiz umidsizlik bor edi.

— Meni oʻldirib qoʻya qol, Taehyung. Otang qarzidan qutuldi, mening ota-onam esa mendan qutuldi. Hamma xursand. Sen ham mendan qutul, iltimos...

Taehyung javob berishga soʻz topolmadi. Qizning koʻzlaridagi bu oʻlim istagi uni qaysidir maʼnoda choʻchitib yubordi. U qoʻlidagi bintni stolga otdi-da, oshxonadan chiqib ketdi. Oʻsha kecha u ham tonggacha koʻz yuma olmadi