Qorongʻulikdagi soʻnggi nur 1-qism
Qorongʻulikdan Soʻnggi Nur: uydagi hashamatli mebellar, qimmatbaho qandillar va yaltirab turgan marmar pollar orasida xuddi koʻrinmas sharpadek yashardi.
Uning egizak opasi — chehrasidan doim tabassum arimaydigan, ota-onasining erkatoyiga aylangan Mila edi.
Mila nima xohlasa, muhayyo qilinardi: eng qimmat koʻylaklar, eng yaxshi repetitorlar va ota-onaning cheksiz mehri. Y/N esa shunchaki... "keraksiz" yuk edi. Oila aʼzolari u bilan gaplashishni ham ep koʻrishmas, goʻyo u bu uydagi barcha omadsizliklarning sababchisidek munosabatda boʻlishardi. U hatto oʻqishini ham oxiriga yetkaza olmagan, doim opasining soyasida, uyga qamalib yashashga majbur edi.Biroq, boylik ortidagi qora qilmishlar oilani botqoqqa botirdi. Otasining qimor va xato investitsiyalari tufayli yuzaga kelgan ulkan qarz ularni burchakka qisib qoʻydi. Qarz beruvchi esa shafqatsizligi va yer osti dunyosida katta taʼsirga ega ekanligi bilan tanilgan Min Yoongi edi.Bir kuni kechki payt uyga Yoongi va uning tansoqchilari kirib kelishdi.
Xonadagi muhit bir lahzada muzlab qoldi.
— Bizda pul yoʻq, Yoongi-ssi... Ammo evaziga nimadir bera olamiz,
— otasining ovozi titrab chiqdi. U orqada, burchakda boshini egib turgan Y/Nga ishora qildi.
— Bizda egizaklar bor. Milani bera olmaymiz, u bizning kelajagimiz. Lekin mana bunisi... Y/N. Uni xohlagan koʻyingizga soling, qarzimizdan kechsangiz bas.
Y/Nning yuragi muzlab ketdi. Oʻz ota-onasi uni buyumdek sotib yuborishayotgandi. U koʻzlarida yosh bilan xonaning toʻrida, qora charm kresloda xotirjam oʻtirgan yigitga qaradi.Min Yoongi. Oʻtkir koʻzlari, sovuq nigohi va lab burchagidagi sirli tabassumi bilan u haqiqiy yirtqichga oʻxshardi. Yoongi sekin oʻrnidan turdi. Uning qora tuflilari polda aks sado berib, Y/Nning yoniga yaqinlashdi. Yoongi qizning iyaklaridan tutib, yuzini yuqoriga koʻtardi. Qizning qoʻrquvdan titrayotgan koʻzlariga tikildi.Ota-onasi Yoongining gʻazablanishidan qoʻrqib, nafaslarini ichiga yutib turishardi. Ammo Yoongining yuzida kutilmaganda gʻalati bir qoniqish hissi paydo boʻldi.
— dedi Yoongi sovuq ovozda, lekin koʻzlarini Y/Ndan uzmadi.
— Qarz uzildi. Qiz men bilan ketadi. Hoziroq.
Y/Nni hech qanday jamadonsiz, xuddi asiradek mashinaga oʻtqazishdi. Yoʻl boʻyi qiz yigʻladi, taqdiriga tan berdi. Uni qanday azoblar kutayotganini tasavvur qilishdan ham qoʻrqardi. Mashina shahar chetidagi ulkan, ammo tinch villaga kelib toʻxtadi.
Yoongi qizni ichkariga boshladi. Katta yashash xonasiga kirishgach, Yoongi egnidagi qora paltosini yechib, xizmatkorga uzatdi. Keyin Y/Nga oʻgirildi. Uning nigohidagi bayaqigi sovuqlik yoʻqolgan, oʻrnini chuqur bir sogʻinch egallagandi.
— dedi u yumshoqroq ovozda, divanga ishora qilib.Y/N qoʻrqa-pisanda divan chetiga oʻtirdi. Oʻzini xuddi oʻlimini kutayotgan aybdordek his qilardi. Yoongi uning roʻparasiga kelib, tiz choʻkdi. Bu harakatdan Y/N hayratda qolib, ortiga tisarildi. Tiz choʻkib turgan shafqatsiz Min Yoongi qizning titrayotgan qoʻllarini oʻzining issiq kaftlari orasiga oldi.
— deb pichirladi Yoongi. Uning ovozi hozir mutlaqo boshqacha, juda mayin edi.
Y/N koʻz yoshlari orasidan unga hayron boʻlib qaradi:
— M-meni?.. Siz meni taniysizmi? Nega meni sotib oldingiz? Men oilam uchun hech kim emasman... yordam berolmayman...
Yoongi ogʻir xoʻrsindi va uning yoniga oʻtirdi:
— Sen eslay olmaysan, chunki oʻshanda juda kichkina eding. Sakkiz yil oldin... Otang oʻshanda bitta guruh xavfli odamlar bilan muammoga duch kelgandi. Ular meni — koʻchada yarador boʻlib yotgan, oʻlim yoqasidagi bolani uyingiz yertoʻlasiga tashlab ketishgandi. Oʻsha kuni uydagilaring faqat oʻz jonini oʻylab qochishgan. Hech kim menga qayrilib ham qaramadi. Faqat sendan boʻlak... Sen oʻshanda bor-yoʻgʻi oʻn ikki yoshda eding. Sendan ham hamma voz kechgan, yertoʻlaga qamab qoʻyishgandi. Sen oʻz qoʻrquvingni unutup, menga yordam berding. Yaralarimni bogʻlading, menga suv berding. Va eng muhimi... "Yashashingiz kerak, siz kimgadir keraksiz" deb aytding. Aynan oʻsha soʻzlar meni tirik qoldirdi.
Y/N hayratdan qotib qoldi. Miyasining tub-tubida, bolalik xotiralarining chang bosgan burchagida nimadir yalt etgandek boʻldi. Ha, u oʻsha yomgʻirli tunni esladi. Yertoʻladagi oʻsha qon goʻriga belangan bolakay... Demak, oʻsha bola Min Yoongi edi!
— Men oʻsha tunda oʻzimga soʻz bergandim,
— davom etdi Yoongi, uning lablarida iliq tabassum paydo boʻldi.
— Qachondir kuchli boʻlsam, seni oʻsha jahannamdan olib ketaman deb. Yillar davomida seni uzoqdan kuzatdim. Otangning qarz botqogʻiga botayotganini koʻrib, buni ataylab tezlashtirdim. Ularga juda katta miqdorda pul berdim va evaziga seni soʻrashimni bilardim. Men seni oʻsha vijdonsiz oiladan butkul uzib olishni xohladim. Endi sen erkinsan, Y/N.Qiz oʻzini tutib tura olmadi. Yillar davomida yuragida yigʻilib qolgan bor alam, kamsitishlar va yolgʻizlik tuygʻusi koʻz yosh boʻlib otilib chiqdi. Y/N oʻzini Yoongining koʻkragiga otdi va oʻksib-oʻksib yigʻlay boshladi. Yoongi esa qizni bagʻriga qattiq bosib, uning sochlarini siladi.Oradan bir necha soat oʻtdi. Y/N Yoongining shaxsiy shifokori koʻrigidan oʻtib, oʻzi uchun ajratilgan ulkan va yorugʻ xonaga joylashdi. Shkaf qimmatbaho kiyimlar bilan toʻldirilgan, stolda esa qiz yaxshi koʻradigan shirinliklar turardi.Kechki payt Yoongi xonaga kirdi va unga bir piyola issiq sut uzatdi:
— Oʻzingni qanday his qilyapsan? Kiyimlar yoqdimi?
— Hammasi juda goʻzal, rahmat...
— Lekin Yoongi... men baribir tushunolmayapman. Men hech narsani bilmayman, oʻqishni ham oxiriga yetkaza olmadim. Bu uyda nima ish qilishim kerak?
Yoongi ohista kulib yubordi va qizning iyaklaridan tutib, oʻziga qaratdi:
— Y/N, sen bu yerda xizmatkor emassan. Sen mening uyimning malikasisan. Sening yagona vazifang — baxtli boʻlish. Agar oʻqishni xohlasang, mamlakatning eng yaxshi universitetini senga tayyorlab beraman. Sen menga hech narsa qarzdor emassan.
Ertasi kuni tushdan keyin villaga kutilmagan mehmonlar keldi. Bu Y/Nning ota-onasi va egizak opasi Mila edi. Ular Yoongining qarzni kechib yuborgani haqidagi hujjatlarni imzolash va soʻnggi bor "keraksiz" qizlaridan qutulganliklarini nishonlash uchun kelishgandi. Ular Y/Nni bu yerda kamsitilgan holda koʻrishni kutishgan edi.Biroq, mehmonxonaga kirishganda, ularning ogʻzi ochilib qoldi. Y/N eng qimmatbaho ipak koʻylakda, sochlari chiroyli turmaklangan holda turardi. Yoongi esa uning yonida, qizning qoʻlini mahkam tutgancha oʻtirardi.
— Mila opasining koʻzlari hasaddan yonib ketdi. U Yoongining kelishgan qiyofasi va boyligini koʻrib, bu joyda oʻzi oʻtirishi kerak boʻlganini oʻyladi.
Ota-onasi ham shokda edi. Otasi darhol soxta tabassum bilan yaqinlashmoqchi boʻldi:
— Voy, mening sevikli qizim! Yoongi-ssi, koʻrib turibmanki, qizimiz sizga maʼqul kelibdi. Balki yana biroz yordam...
— Yoongining ovozi birdan muzlab ketdi. U oʻrnidan turib, Y/Nni oʻz ortiga oldi.
— Sizlar oʻz qizingizni sotdingiz. Shu lahzadan boshlab, Y/Nning sizlar kabi oilasi yoʻq. U — Min Yoongining insoni. Agar yana bir marta unga yaqinlashishga jurʼat qilsangiz, kompaniyangizni ham, oʻzingizni ham yer bilan bitta qilaman.
Yoongining aurasidagi dahshatli kuch oilani qaltiratib yubordi. Ular ortlariga qaramay qochishga majbur boʻlishdi. Mila esa ketayotib, Y/Nga nafrat bilan tikilib qoʻydi.Mehmonlar ketgach, Yoongi Y/Nga oʻgirildi. U qizning xafa boʻlganini oʻylab, xavotirga tushgandi. Ammo Y/N unga qarab jilmydi. Uning koʻzlarida endi qoʻrquv yoʻq edi.
— dedi qiz mayin ovozda.Yoongi uning peshonasidan ohista oʻpib qoʻydi:
— Bu hali boshlanishi, goʻzalim. Biz hali birgalikda juda baxtli boʻlamiz...