Tn va quyosh hidi 6-qism
Tungi ehtiros o‘zining cho‘qqisiga chiqqach, ular holsizlanib, bir-birlarining quchog‘ida yotishardi. Jungkookning ko‘kragida Y/n'ning tishlaridan qolgan kichik qonli izlar bor edi. Y/n esa boshini uning ko‘kragiga qo‘yib, yurak urishini tinglardi.
— Endi nima bo‘ladi, Jungkook? Otam seni baribir tinch qo‘ymaydi. Bizning dunyomizda odamlar faqat ozuqa hisoblanadi,
— Y/n xavotir bilan gapirdi.Jungkook uning iyangidan ko‘tarib, ko‘zlariga tik qarab jilmaydi.
— Men buni bilardim. Shuning uchun ham bu yerga shunchaki kelganim yo‘q. Men sehrgarlar yordamida o‘zimga qadimiy ritualni qo‘lladim. Agar sen meni to‘liq tishlab, qonimni ichsang va menga o‘z qoningdan bersang... men odamlikdan chiqib, vampirga aylanaman. Shunda bizni hech kim ajratolmaydi.
— Yo‘q, bu juda xavfli! Agar tanang qabul qilolmasa, sen o‘lasan!
— Sening sevingiziz yashagandan ko‘ra, o‘lim afzal, Y/n. Iltimos, meni o‘zingniki qil,
— Jungkook bo'ynini qizga yaqinlashtirdi.Y/n uning qat'iyatini ko'rib, ortga chekinolmadi. U sekin yaqinlashib, Jungkookning bo'ynidagi eng issiq tomirga o'tkir tishlarini botirdi. Jungkook og'riqdan va ayni paytda cheksiz rohatdan ingrab yubordi. Y/n uning shirin qonini simira boshladi, so'ng o'z labini tishlab, qonatayotgan labini Jungkookning labiga bosdi. Jungkook qizning qonini yutdi.Shu soniyada Jungkookning tanasi ko'k rangli olovda yongandek titray boshladi. Uning ko'zlari to'satdan qip-qizil tus oldi, og'zidan esa o'tkir vampir tihlari bo'y ko'rsatdi. Ritual muvaffaqiyatli yakunlangandi. U endi odam emas, balki eng kuchli yangi vampir edi.To'satdan yotoqxona eshigi qattiq zarba bilan sindirib tashlandi. Ostonada Y/n'ning otasi va o'nlab qurollangan soqchilar turardi.
- Demak, xoiyanat qildingiz, malika! Bu haromingiz bilan birga o'lasizlar!
- deb baqirdi qirol.Jungkook to'shakdan turib, Y/n'ning oldiga o'tdi. Uning yangi uyg'ongan vampir kuchlari vujudida gupurlab urardi. U labidagi qonni artib, raqiblarga qarab vahshiyona jilmaydi.