May 28, 2020

Qanday yesang, shunday yashaysan! To'g'ri ovqatlanish va sog'lom yashashning 12 OLTIN QOIDASI!

(ovqatlanishga energetik nuqtai nazar.)

Zamonaviy turmush tarzi, sivilizatsiya tomonidan singdirilgan turli odatlar, sog'liq uchun zararli "oziq-ovqatlar" ning katta reklama hujumi ta'siri ostida tabiiy ovqatlanish haqida gapirish juda mushkul.

Odamlar ongining tabiiy holatidagi o'zgarishlar ham sog'lom turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi . Shuning uchun tananing tabiiy funksiyalarini tiklaydigan, inson salomatligini himoya qiluvchi va uni mustahkamlashga imkon beradigan maxsus ovqatlanish qoidalarini qo'llash o'ta zarurdir.

  1. YASHASH UCHUN YE, YEYISH UCHUN YASHAMA!

Oziq-ovqat — asosiy maqsad emas, shunchaki maqsadga yetishtiruvchi vositadir. Hayotning eng yuksak ma'nosini va maqsadini tushunib, faqat yuqori maqsadga erishish yo'lidagi samarali harakatlar uchun zarur jismoniy va ruhiy fazilatlarni qo'lga kiritishga yordam beradigan foydali mahsulotlarni iste'mol qilish kerak.

2. OCHLIK - HAQIQAT, APPETIT - YOLG'ONDIR!

Appetit (lotincha appetitus - istak, hoxish) —bu mazali narsalarni iste'mol qilish istagi.

Ochlik esa, bir tomondan, ovqat iste'mol qilishga tayyorgarlik (masalan, uzoq vaqt sayr qilgandan so'ng, yoki jismoniy harakat bilan shug'ullangandan keyingi ochlik) bo'lsa, ikkinchi tomondan organizmning aynan qanday ozuqa xohlayotganini ko'rsatadi (kaloriyali yoki vitaminli, shirin yoki nordon, suyuq yoki quyuq, ...)

Ochlik holatida organizm uchun zarur bo'lgan mahsulot sifatini aniq intuitiv bilish holati yuzaga keladi. Qisqa vaqt ichida ochlik hissi bilan ovqatlanish "ortiqcha vazn" ni yo'q qiladi, toksinlarni tozalashga yordam beradi va tabiiy sog'likni qaytaradi. Bunday holda, iste'mol qilingan oziq-ovqat faqat haqiqiy ehtiyojga bog'liq bo;lgan bo'ladi.
Oshqozonning to'yinganligi va to'liqligini his qilmasdan oldin ovqatlanishni to'xtatish kerak. Oshqozonni yarmiga to'ldirib, uning to'rtdan bir qismini suv uchun va to'rtdan bir qismini — hazm bo'ladigan oziq-ovqatning erkin harakatlanishi va gazlarni kengaytirish uchun qoldiring.
(masalan, kir yuvish mashinasi 8 kg kir olish imkoniyatiga ega bo'lsa ham, biz kirlarimiz sifatli yuvilishi, ular orasida suvning yaxshi aylanishi, kir yuvish mashinasining zo'riqmasdan ishlashi (!) uchun uning barabanini to'ldirib tashlamaymizku! Oshqozonimiz ham shunday. Biz o'sha jonsiz temirni ayab ishlatamiz, Olloh tomonidan bizga berilgan tanamizni esa...)

3.QANDAY ICHSANG — SHUNDAY YASHAYSAN!

Inson tanasi asosan suvdan iborat.
Va uning miqdori va sifati moddalar almashinuviga bog'liqdir. Ichimlik rejimini boshqarish orqali tananing ichki ritmlari va holatiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ko'pchilik katta miqdordagi suv semirtiradi deb o'ylashadi va iloji boricha kamroq suv ichishga harakat qilishadi. Aslida, ular suvdan semirmaydilar, ular tanadagi suvni chiqib ketishiga to'sqinlik qiladigan tuzli oziq-ovqatlarni juda ko'p miqdorda iste'mol qilishadi.
Tuz esa organizmdan chiqib ketishi kerak bo'lgan suvni o'zida ushlab qoladi va hujayralarning hajmini oshiradi. Shuning hisobiga organizmda semirish belgilari kuzatila boshlanadi.
Suv ichishning eng maqbul vaqti bu - ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ichilganidir.
Agar qila olsangiz kun davomida har yarim soatdan yarom stakandan suv yoki turli damlamalar ichib yurish organizmning hayotiy quvvatini oshirishga, tanimizda aykanayotgan qonning bir tekis aylanishiga, moddalar almashinuvining tezlashishiga, terimizning sog'lom va chiroyli ko'rinishga ega bo'lishiga xizmat qiladi.

4.QUYUQ OVQATNI ICH, SUYUG'INI YE!
Ovqat hazm qilish jarayoni - og'iz bo'shlig'ida hosil bo'ladigan so'lakning ishlab chiqarilishiga juda bog'liqdir.
So'lak bu — oziq-ovqat mahsulotlarini to'liq hazm qilish uchun zarur bo'lgan faol biokimyoviy moddadir. So'lak bezlarining va oshqozon shirasining faol ajralishi, ovqat hazm qilish jarayonida qatnashib, o'z vazifasini to'liq bajarishi uchun quyuq va qattiq ovqat luqmasi og'iz bo'shlig'ida chaynab turilishi va oshqozon shirasiga qo'shilishi uchun tezroq yutib yuborilishi lozim.

Suyuq ozuqalar esa (sho'rva, sut, sharbat, damlama ,... lar) ni darhol yutishga shoshilmang! Avval til va jag ' bilan "tatib ko'rish" harakatlarini bajaring, oziq-ovqatni tupurik bilan aralashtiring. Shundan keyin siz uni yutishingiz mumkin
Ovqat bilan birga ichilgan suv ko'p ham foydali emas, sababi ovqat massasi so'lak bezlari suyuqligi bilan birikib, suyulgandagina hamz jarayonining to'laqonli kechishi kafolatlanadi.
Eslatib o'tganimizdek, suvni ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ishish maqsadga muvofiqdir.

5.BO'SH QORIN BILAN ROHATLANING!

Xotirjamlikda yashang.
Ovqatlanayotganingizda tezroq va ko'proq yeyishga harakat qilmang, hattoki u yengil taom bo'lsa ham. Ovqat massasi uning ta'mini to'liq his qilguningizcha og'iz bo'shlig'ida qolishi kerak. Bu texnika orqali siz minimal ovqat massasining maksimal ta'mini his qilasiz.
Ushbu texnikadan foydalanib, siz, bir tomondan, uzoq vaqt davomida ta'm sezgilaridan bahramand bo'lishingiz va boshqa tomondan odatdagi oziq-ovqat miqdorining uchdan bir qismini kamroq yeyishga o'rganishingiz mumkin. Miya markazlari to'yinganlik hissini sezishi oshqozon to'liqligi tuyg'usidan emas, balki og'iz bo'shlig'i, tish va boshqalar retseptorlari tomonidan olingan signallarning soniga bog'liq. Bu usulda ovqatlanish — ortiqcha yeb qo'yishlik, semirish kabi holatlardan uzoqlashishga yordam beradi.

6.IKKITA QUYONNING ORTIDAN QUVMANG!

Chalg'itmasdan amalga oshiriladigan ishlar "parallel" faoliyat bilan birga keladigan narsalardan ko'ra ancha yuqori sifatga ega.
Oziq-ovqatlarni undan chalg'itadigan narsa bilan birlashtirmaslik kerak.
Masalan, o'qish, suhbatlashish, televizorni tomosha qilish va h.k. e'tiborni chalg'itganda, miya markazlari iste'mol qilinadigan oziq-ovqat sifati va miqdori haqida yetarli ma'lumot ololmaydi. Bu esa noqulaylikka, sifatsiz chaynashga, mahsulotlarni noto'g'ri birikishiga va ortiqcha ovqatlanishga olib keladi.
Ovqat paytida siz oziq-ovqat, uning ajoyib fazilatlari, foydalari va zavqlari haqida o'ylashingiz kerak, unga quvonch va maksimal ijobiy his-tuyg'ularni berishingiz kerak. Ovqatlanish-bu huddi ibodat qilishga tenglashtirilgan voqelikdir.
Shuning uchun ham ota-bobolarimiz ovqat yeyotgan mahalda gapirmaslikni, tinch va to'g'ri o'tirishni nasihat qiladilar.

7.TONG KECHQURUNDAN BOSHLANADI!

Kechgi ovqat va uyqu orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Eng yaxshisi esa, bu oraliqning 7 soat bo'lishidir!
Bu qoidalar ko'pchilik uchun erish tuyulishi tabiiy. Ammo, bu taktikalarning o'ziga yarasha sabablari bor:
birinchidan, ovqat massasi odam uyg'oq va harakatda bo'lgan paytdagina oshqozon - ichaklarda harakatlanib, hazm bo'ladi. Uyqu oldidan yeyilgan yeguliklar esa, o'z navbatida, organizm uyquga ketgan mahalda oshqozon - ichak yo'llari harakataning sekinlashishi natijasida turib qoladi, va odam ertalab uyg'onganda lohaslik, shish, og'izdan achchiq ta'm kelishi, ishtahasizlik kabi noxush sezgilar bilan uyg'onishiga sababchi bo'ladi.
ikkinchidan, yeyiladigan oziq mahsulotlarining hazm bo'lish vaqtlarini ham inobatga olish kerak. Masalan, meva - sabzavotlar, dukkakli mahsulotlarning to'liq hazm bo'lishi uchun 4 soat vaqt kerak bo'lsa, go'shtli mahsulotlar, bobovalar, yong'oqlarning hazm bo'lishiga 7 soat vaqt talab qilinadi.

Umuman olganda, kuchli metabolizmni rag'batlantirish, chidamlilikni oshirish, jismoniy kuch, salomatlikni mustahkamlash va umr ko'rish davomiyligini oshirish uchun qiyin hazm bo'ladigan taomlarni kuniga bir marta kundiz kuni yeyish eng yaxshisidir.

8.O'ZINGIZNI MAJBURLAMANG!

Biror o'zingizga yoqmaydigan odatingizdan voz kechmoqchimisiz yoki oldinlari ko'p iste'mol qilgan befoyda yeguliklardan tiyilmoqchimisiz?
Bularning barchasini shoshmasdan, bosqichma bosqich amalga oshiring.
Organizm bu yangi programmaga birdaniga moslasha olmaydi, bu mahsulotlarni birdaniga, qat'iy cheklash ularga bo'lgan ehtiyoj va talab hissining oshishiga sabab bo'ladi xolos.

9.POKLIK — ILOHIYLIKNING BELGISI!

Sog'likni saqlab qolish uchun nafaqat tashqi, balki ichki tozalikni ham saqlab qolish kerak, bu asosan oziq-ovqat va suv sifatiga, shuningdek tananing tabiiy va maxsus tozalash jarayonlariga bog'liq.

Mashina egalari mashinaning ishi dvigatelda benzin, yog ' va havoning tozaligiga bog'liqligini yaxshi tushunadi.

Inson organizmi ham huddi shunday, doimiy parvarishga, e'tiborga muhtoj bo'ladi. Insonning qiladigan zarali odatlari, o'z organizmiga befarqligi tanning vaqtidan ilgari qarishiga, ishdan chiqishiga sabab bo'ladi.

Olloh taolo barcha ne'matlari qatorida, insonni ham shu darajada mukammal yaratganki, organizmimiz o'z - o'zini himoyalash, tozalash, qayta tilkash xususiyatlariga ega. Va, agar, hech bo'lmaganda unga o'z funksiyalarini bajarishga xalaqit bermasak, u uzoq yillar harakatlanish xususiyatini saqlab qoladi. Agar, birozgina unga g'zmxo'rlik qilib, parvarish qilsak, organizmimiz bizga uzoq keksalikda ham yaxshi xizmat qilish qobiliyatiga ega.

10.SIZ NIMA YESANGIZ — BU SIZSIZ!

Organizmimiz u qabul qiladigan mahsulotlar tarkibidagi elementlar bilan shakllanadi, oziqlanadi. Va, o'z navbatida bu elementlarning sifatlarini ham oladi. Shunday ekan, faqat va faqat yangi, sarhil, vitaminlar va energiya bilan to'yingan, shirin va mazali ta'mga ega yeguliklarni iste'mol qiling.

G'arbliklar allaqachondan beri "junk food" (мусорной пищей) deb ataydigan — turli chipslar, fast foodlar, dudlangan, konserbalangan kolbasa va sosiska mahsulotlari, mayonezlar, ... haqida UNUTING!

Dunyodagi ko'pchilik odamlar - sog'lom va kuchli bo'lishi, go'zal qarash va har doim o'zini yaxshi his qilish bu eng asosiy nufuz ekanligini anglab yetdilar. Oziqlanish ratsionini boshqarish sizning tanangizning shakllanishiga, his-tuyg'ularning holatiga, ongga va sabab-ta'sir munosabatlariga (taqdirga) ongli ravishda ta'sir qilishi mumkin. Bu asrlar davomida sinovdan o'tgan va ko'plab tabiatshunoslarning amaliy tajribasida isbotlangan jarayondir.

11.MOS KELMAYDIGAN NARSALARNI ARALASHTIRMANG!

Turli xil mahsulotlarni hazm qilish turli xil biokimyoviy reaksiyalardan kelib chiqadi: kislotali yoki ishqorli. Bunday mahsulotlarni bir taomda birlashtirish kislota-ishqor neytrallanishiga va foydasiz tuzlarning shakllanishiga olib keladi, bu esa hazm qilish jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtiradi.

12."DOGM YO'Q"

kunlik Rejim va dietani aniqlashda, albatta, yuqoridagi barcha qoidalarni hisobga olish kerak, lekin biz birinchi navbatda o'zimizni yaxshi his qilishga e'tibor qaratishimiz va intuitiv his-tuyg'ularga rioya qilishni unutmasligimiz kerak.

✍️ Rus tilidan @Nodira_Xusainova tarjimasi.