August 24, 2021

Masjid al-Haramdagi akustika tizimi haqida

– Agarda siz masjid al-Haramdagi onlayn-translyatsiyani hech bo'lmaganda bir marotaba kuzatgan bo'lsangiz, hoynahoy imomning yoniga joylashtirilgan mikrofonlar jamlanmasiga ko'zingiz tushgan bo'lishi kerak.

– Namozda imom yonida joylashgan 6 yoki 9 ta mikrofonlardan iborat bo'lgan qurilma imomning ovozini qiyom, ruku va sajda holatlarida aniq va ravshan uzatilishini ta'minlaydi. Bu dunyodagi eng katta akustik tizimlardan biri bo'lib, u masjid al-Haram uchun maxsus ishlab chiqilgan.

– Masjid Al-Haramdagi akustik tizimlar bir emas, balki uchtadir - bitta asosiy va ikkita zaxira tizimlardan iborat. Ular konfiguratsiya jihatidan mutlaqo bir xildir va bir vaqtning o'zida bir yoki ikkita tizim ishlamay qolganida, bir-birini o'rnini bosishlari mumkin. Masjidning devorlarida, shuningdek, qo'shni ko'chalarda 6000 ta karnay o'rnatilgan.

– Akustik tizimlarning ishlashi maxsus elektr stantsiyasi tomonidan ta'minlanadi, u ham o'z navbatida o'zining nusxasiga ega. Shuningdek, elektr energiyasi umuman bo'lmay qolgan taqdirda, energiya ta'minotini saqlaydigan bir nechta batareyalar mavjud. Ushbu tizim uzoq vaqt davomida, avtonom tarzda ishlashi mumkin bo'lgan eng ishonchli tizim hisoblanadi.

– Masjid Al-Haramdagi ovoz tizimini boshqarish 50 ta tajribali texnik va ovoz muhandislarining bo'ynidadir. Masjidning har bir imomi va muazzini uchun, uning ovozi imkon qadar aniq va ravshan uzatilishiga imkon beruvchi o'ziga xos ovoz sozlamalari mavjud.

Huddi shu ovoz tizimi Madinadagi payg'ambar alayhissalomning masjidlarida ham o'rnatilgan.