August 21, 2021

🤔 SAT o'zi nima?

SAT (Scholastic Assessment Test) – bu akademik baholash testi hisoblanadi. Imtihon Amerika maktab o'quv dasturiga tayangan holda, abituriyentning bilimlarini hamda umumiy intellektual salohiyatini baholaydi.

🎯 Agar sizning maqsadingiz Amerika universitetlari bo'lsa, siz albatta SAT imtihonini topshirishingiz kerak bo'ladi.

Imtihonning tuzilishi va namunasi

SAT imtihoni ikki qismdan iborat:
- umumiy (SAT 1 yoki Reasoning Test); - mutaxassislik (SAT 2 yoki Subject Test).

Testning birinchi qismi barcha abituriyentlar uchun bir xil. U uchta moduldan iborat:
– Reading Test; – Writing and Language Test; – Matematika.

SAT'ning ixtiyoriy to'rtinchi bo'limi insho yozishni o'z ichiga oladi.

— Reading testi – tarix, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo'yicha beshta qisqa matndan iborat. SAT topshiruvchilar 65 daqiqada o'qigan qismlari bo'yicha 52 ta savolga javob berishlari kerak bo'ladi.

— 35 daqiqalik "Writing and Language Test" testida ham abituriyentlar matn parchalarini o'qishadi. Biroq, bu holda, ularning vazifasi matndagi noaniqliklarni, grammatik va uslubiy xatolarni aniqlashdan iborat. 44 ta savolga javob berishda ishtirokchilar o'zlarining fikr va mulohazalarining ravshanligi, matn tuzilishini tushuna olishi, tinish belgilarini bilishi, ma'noga mos so'z va iboralarni tanlay olish qobiliyatlarini namoyon etishlari kerak.

Misol:

— Keyingi 80 daqiqa davomida SAT ishtirokchilari matematikadan 58 ta savolga javob berishadi. Topshiriqlar algebra, ma'lumotlar analizi va oliy matematikadan bilimlarni tekshiradi. Misollarning kichik bir qismi geometriya va trigonometriya mavzularini o'z ichiga oladi. Savollarning 80% qismi variant tanlanadigan testlar hisoblanadi, qolganlari esa - javobni jadvalga kiritishdan iborat. Dastlabki 38 ta masalani yechishda siz kalkulyatordan foydalanishingiz mumkin, qolgan 20 tasi aqlda hisob-kitob qilinishi kerak.

Misollar:

— Insho – testning ixtiyoriy qismi hisoblanadi, shunga qaramay ko'plab universitetlar uni talab qiladi. Topshiriq ma'lum bir fikr ilgari surilgan matnga asoslangan bo'ladi. SAT qoidalarida insho yozish uchun 50 daqiqa vaqt ajratilgan.

Misol:

Matematik topshiriqlarga misol

AQSh universitetlariga kirish uchun barcha abituriyentlar, hatto gumanitar fanlarni egallashni xohlovchilar ham, SAT'ning matematik qismini yozishlari kerak bo'ladi. Vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun faqatgina maktab o'quv dasturidagi bilimlar yetarli bo'lmaydi, chunki testda algebra va geometriyadan tashqari statistika va oliy matematika fanlari bo'yicha topshiriqlar mavjud.

Eng yaxshi universitetlarga kirish uchun qanday ballar kerak?

SAT'da to'planishi mumkin bo'lgan maksimal ball - 1600. 1100 ball natijasi universitetga kirish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi. Jahon reytingining birinchi elligidagi ta'lim muassasalarini zabt etish uchun natijalar 1450 balldan yuqori bo'lishi kerak.

Qanday qilib SAT'dan yuqori ball olish mumkin?

SAT testidan yuqori ball olish uchun siz nafaqat ingliz tilini ilg'or darajada bilishingiz, balki akademik terminlarni bilishingiz, oliy matematika va statistika sohasida bilimlarga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi.