April 17, 2024

HTML nima ?

HTML – bu (ing. HyperText Markup Language, uzb.Giper matnli belgilash tili) bo’lib, umumjahon internet tarmog’idagi hujjatlar uchun standartlashtirilgan belgilash tili hisoblanadi.

HTML gipermatnli belgilash tili bo'lib, u ingliz olimi Tim Berners-Li tomonidan 1986–1991 yillarda ishlab chiqilgan.

HTML hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD(bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib, u <HEAD > tegi bilan boshlanib </HEAD > tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas. Quyida sodda HTML hujjatini ko'rishingiz mumkin:

Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – web-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Web-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo web-sahifa nomini web-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Web-sahifa nomi </TITLE> tegi bilan yakunlanadi. Web-sahifaga istalgan nom berishingiz mumkin.

HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML5 versiyasidan foydalaniladi.