June 27, 2018

Xalq rizqiga bolta urgan o’g’rilar

👉 https://t.me/Sirdaryo

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida shu yil yanvar oyidan 30 mart kunigacha bo’lgan vaqt oralig’ida noma’lum shaxs “Oqoltin” MFY hududidan o’tuvchi “Toshkent-O’sh” yo’lining 18-km.da joylashgan avtomashinalarga gaz quyish shahobchasiga markaziy gaz tarqatish tarmog’iga ulangan umumiy qiymati 39 mln. 240 ming so’mlik diametri 100 mm.li 436 metr gaz quvurlarini o’g’irlab ketganligini ma’lum bo’lgan. Ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi A.D. va F.K.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi