June 21, 2018
Elektr energiyasi qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo’lgan “ishbilarmon” qo’lga olindi
2018 yil 4 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yashovchi A.A. tuman MIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil mart oyi oxirlarida “Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari” korxonasi yuristi, muqaddam sudlangan S.O., fuqaro A.A.ning uyiga kelib, u tomonidan sarf qilingan elektr energiyasi qarzdorligini kamaytirib berishini va’da qilib, undan aldash yo’li bilan 150.000 so’m pulini olib, shu kungacha bergan va’dasini bajarmay kelayotganligini ma’lum qilgan. S.O. ushlangan.
O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi