Xovosda ariq bo‘yida nasha o‘sayotganligi aniqlandi
Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab giyohvandlikga qarshi keskin kurashlar olib borilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, xanuzgacha giyohvandlik vositalarini yetishtirish, tashish, olib o‘tish,saqlash, sotish va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar soni kamayayotgani yo‘q.
Respublika huquqni muhofaza etish organlari va keng jamoatchilik tomonidan ushbu salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar kuchaytirilganligiga qaramasdan, Sirdaryo viloyatida ham mazkur turdagi jinoyatlar hamon sodir etilmoqda.
Yaqinda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrbanda va bojxona qonun buzilishlariga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Mirzaobod tumani hududida giyohvandlik moddalarini noqonuniy aylanuviga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Neksiya” rusumli xizmat avtomashinasida harakatlanib kelayotgan 2 nafar fuqarolari M.Muratov va O‘.Xidirovlar (ismi shariflari o‘zgartirilgan) to‘xtatilib, holislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish davomida fuqaro M.Muratov yonida gugurt qutisiga joylashtirilgan o‘tkir xidli, yashil rangli, xo‘l holdagi marixuana giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, fuqaro M.Muratovning ko‘rsatmasiga asosan Xovos tumani Ergash Qaxxorov SIU hududidan o‘tgan ariq (latok) yoqasidan yovvoyi holda o‘sayotgan 42 tup konoplya (nasha) o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar tadbir ishtirokchilari va holislar ishtirokida ildizi bilan yulib olinib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilib tegishli xujjatlar rasmiylashtirildi.
Xozirda ushbu xolatlar yuzasidan bojxona surushtiruvlari va tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
A.Karabayev,
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruxi