Bitiruvchilarga diplom topshirildi

by Sirdaryo
Bitiruvchilarga diplom topshirildi

2018 yilning 20 iyun kuni Guliston tibbiyot kollejida bitiruvchi yoshlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda mahalla faollari, hamkor tashkilot va muassasa xodimlari hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda 3 yil mobaynida namunali hulki, yuqori darajadagi bilimi va jamoat ishlarida faol qatnashib barchaga o‘rnak bo‘lgan 18 nafar bitiruvchi yoshlarga davlat namunasidagi imtiyozli kasb-hunar kolleji diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek kolleji ma’muriyati tomonidan o‘quv yili davomida a’lo baholarga o‘qigan, o‘zining bilim saviyasi bilan tengdoshlari orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovar bo‘lgan bir guruh bitiruvchilarga faxriy yerliqlar, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomalar berildi.

Guliston tibbiyot kolleji axborot xizmati

June 21, 2018
by Sirdaryo