“Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”
2018 yil 28 iyun kuni Sirdaryo viloyat Fermerlar uyushmasining “Anjumanlar zali”da O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 86528 va 97948 harbiy qismlar shaxsiy tarkibi hamda viloyat axborot – kutubxona markazi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarni oilalarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularga shart-sharoitlar yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 86528 va 97948 harbiy qismlar shaxsiy tarkibi xodimlari va oilalari ishtirok etishdi. Tadbirni harbiy qism komandir o‘rinbosari M. Rahimov olib bordi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 86528 va 97948 harbiy qismlar shaxsiy tarkibi boshqarma boshlig‘i D.Xusainov hamda viloyat “Oila” markazi rahbari S.Zunnunova tashrif buyurdi va ma’ruza so‘zladilar. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad oilalarda yashovchi har bir oilalar bilan yaqindan tanishib borish, ularni sog‘ligidan habar olish, muammolarini o‘rganib borish va ularni muammolarini ko‘rib chiqib, yordam berishdir. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yuqorida ko‘zlangan maqsadlar xususida fikr bildirishdi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyat axborot – kutubxona markazi xodimi X.Riskulova so‘zga chiqib, sog‘lom oilarda sog‘lom muhitni shakllantirishda oilalarda kitobga mehr berish, oilada bolalarga alohida xona ajratish va albatta kichkina kitob javonini tashkil etish kerakligi xususida to‘xtaldi.
Tadbir so‘ngida viloyat axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yangi kelgan adabiyotlar” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmadan tadbir ishtirokchilari o‘zlariga kerakli adabiyotlar haqida ma’lumotlar ega bo‘ldi.
Tadbirda 62 kishi ishtirok etdi.