OB-HAVONI KUCHLI ISIB KETGANIDA XARAKAT QOIDALARI
Kuchli issiq ob-havo — bir necha kun davomida ob-havoning o‘rtacha haroratidan 10 va undan ortiq gradusga ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi.
Bunda xavf insonlar tana xaroratini 37,1°Sga oshishi yoki issiqlik almashinuvini buzilishi – tana xaroratini 38,8°Sga yaqinlashishi. Uzoq vaqt yoki kuchli issiq ob-havoda bo‘lish issiq (oftob, kun) urishi yoki yurak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Terini qizarishi, shilliq qavatlarning qurishi va kuchli tashnalik issiq (oftob, kun) urishi simptomlari xisoblanadi. Ushbu simptomlar kuzatilganda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa xushdan ketish, nafas va yurak to‘htashi mumkin.
Issiq ob-havo paytida salomatlik bilan bog‘liq muammolarni oldini olish maqsadida, tamaki mahsulotlarini chekishni, alkogol ichimliklarini ichishni, kuchli jismoniy mexnat qilishni va ovqat iste’mol qilinishini kamaytirish lozim.
Kuchli issiq ob-havoga tayyorgarlik ko‘rish
Oldindan ichimlik suvi zaxiralarini yarating. Issiq ob-havoga mos kiyim-kechak, ventilyator, kondinsionerlarni tayyorlab qo‘ying. Agar siz dalada bo‘lsangiz chodir (chayla, kapa) hamda quduqlar ko‘rib qo‘ying. Iloji boricha elektr uskunalar ishlashi uchun avtonom elektr manbaini sotib oling. Ichimlik suvini tejab ishlating. O‘zingiz va oila a’zolaringizni issiq (oftob) urganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgating.
Issiq ob-havo paytida qanday harakat qilish kerak
- Issiq havo ta’siridan saqlaning. Och (oq) rangdagi xavo o‘tkazadigan (iloji boricha paxtadan tayyorlangan) kiyim-kechak va bosh kiyim kiyb yuring. Estda tuting, kuygan teri terlamaydi va sovumaydi. Ko‘chada shoshmay yuring, ko‘proq soyada bo‘lishga xarakat qiling.
- Ko‘proq suyuqlik (suv) iste’mol qilish. Suyuqlikni (suvni) to‘g‘ri iste’mol qilish rejimi organizmni yaxshi faoliyat qilishiga sharoit yaratadi. Issiq ob-havo paytida iste’mol qilinadigan suv miqdorini ko‘paytirish lozim. Bunda shirali ichimlik yoki shirin gazlangan ichimlik o‘rninga oddiy suv bilan organizmdagi suv tanqisligini bartaraf etish kerak. Pivo yoki boshqa alkogol ichimliklar iste’mol qilmang, bu organizmni umumiy holatini yomonlashishiga olib keladi. Issiq ob-havo paytida soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka xarakat qiling, ayniqsa ochiq quyosh tagida yurmang. O‘zingizni va ishngizni shunday rejalashtirinki bu oraliqda siz uyda yoki ish xonada bo‘ling.
- Iloji boricha ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam tozalanish terini yanada samarali nafas olishiga ko‘mak beradi. Suv xona xaroratida bo‘lishi kerak. Muzday suvda sovushga intilish, xaroratlarni birdan almashganida rivojlanadigan zotiljam kasalligiga qisqa yo‘ldir.
- Issiq (oftob) urganda soyaga yoki shaboda bor joyga o‘ting, dush qabul qiling va asta sekin ko‘p miqdorda suv iching. Issiq (oftob, kun) urishini oldini olish maqsadida o‘z tanangizni sovutishga xarakat qiling.
- Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibini o‘zgartishga xarakat qiling. Issiq ob-havo paytida e’tibringizni sovuq ovqatlar iste’mol qilishga qarating. Meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Ovqatlarni albatda tuz bilan iste’mol qiling. CHunki issiq ob-havo paytida inson ko‘p terlaydi va shu bilan birga etarlicha natriy tuzini yo‘qotadi.
- Sintetik matolarda tayyorlangan kiyim-kechaklar kiymaslimkka xarakat qiling. Issiq ob-havo paytida paxtadan tayyorlangan kiyim-kechak tanlash darkor. Kepka, panama yoki shlyapa kiyishdan uyalmang. Issiq (oftob) urishi ko‘pincha insonlarning boshi qizib ketishidan yuz beradi.
- Bunday issiq ob-havoni konditsionersiz tasavur qilib bo‘lmaydi. Agar siz konditsioner o‘rnatilgan xonada vaqtni o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, unda konditsionerdan esayotgan shamol yo‘nalishi bo‘ylab joylashmang. Odatda konditsionerlarda ko‘plab bakteriyalar mavjud, ushbu bakteriyalarni sovuq xavo bilan birga insonga ta’sir etishi, undagi surunkali bronxit va zotiljam kasalliklarini kuchayib ketishiga sabab bo‘ladi.
- Tana xaroratini pasaytirishga sovuq suvga oyoq va ko‘llarni botirish yo‘li bilan erishish mumkin. Issiq (oftob) urishi alomatlari (umumiy xolsizlik, bosh og‘rishi, yuz rangini o‘chishi (oqarib) yoki qizarib ketishi, pulsni me’yorida emasligi) paydo bo‘lganda terlash bilan bog‘liq suv yoqotilishini o‘rnini to‘ldirish uchun muntazam kichik xajmlarda (80-100 ml) suv iste’mol qilish kerak, bunda suvni iloji boricha uzoqroq og‘izda ushlab keyin ichish kerak, tanani tezda sovutish (soyaga, shaboda bor joyga o‘tish, dush qabul qilish) kerak.
Issiq (oftob, kun) urishi alomatlari:
xolsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi;
qusish, tomir tortishishlar va xushdan ketish.
Issiq (oftob) urishiga ko‘proq bolalar, usmirlar, qariyalar va alkogol ist’emol qilgan mast qishilar moyil bo‘ladilar. CHunki ularda har xil sabablarga ko‘ra organizmning xaroratni tartibga soluvchi tizimi yomonroq ishlaydi. (Xaroratni tartibga solish – organizmning muntazam xaroratini ushlab turishiga qaratilgan jarayon.)
Issiq (oftob) urishini oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:
ochiq quyosh ostida va kunning issiq paytida jismoniy mashq qilmaslik;
kiyim-kechak issiq ob-havo paytida engil va xavo o‘tkazuvchi (tabiiy matolardan (paxta) tayyorlangan bo‘lsa) bo‘lishi, iloji boricha bosh kiyim kiyib yurish;
choy (kuchli emas), kvas, va mineral suvlarni iste’mol qilish organizmda suv-tuz miqdorini ushlab turadi va organizmda tana haroratni tartibga soladi;
alkogol ichimliklarini issiq ob-havo paytida iste’mol qilish issiq (oftob) urishini tezlashtiradi, chunki alkogol organizmning xaroratni tartibga soluvchi tizimi ishdan chiqaradi, organizmda alkogol parchalanganida ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi.
Issiq (oftob) urganida birinchi tez yordam
jabrlanganni salqin joyga (soyaga) joylashtiring;
unga sovuq suv yoki choy, tuz qo‘shilgan suv bering;
qisib turadigan kiyimini eching;
jabrlanganning holati yomonlashganini bilmay qolmaslik uchun uni yaxshilab kuzating;
ter bilan xo‘lbo‘lgan kiyimini echib tashlang;
tanadagi yirik qon tomirlarni sovutish uchun sovuk xo‘l matolarni bo‘yin, qo‘ltiq osti, sonning ichki qismiga ko‘yib, jabrlanganni elpib turing;
jabranganni xo‘l sochiq yoki xo‘l choyshablar bilan sovutishga xarakat qiling;
agar jabrlangan ko‘sishni boshlasa, bezgak tutsa va xushidan ketsa darxol “Tez tibbiy yordam”ni chaqiring;
issiq (oftob) urganida jabrlanganda nafas olishi yoki yurak urishi to‘htab qolishi mumkin (infarkt miokarda), bunda reanimatsion (suniy nafas va yurak massaji) xarakatlarni amalga oshirishga tayyor bo‘lib turing.
Diqqat! Jabrlangan qishining badanini spirt bilan artmang chunki u teridagi teshikchalarni yopib, issiq chiqib ketishiga xalaqit beradi. Jabrlanganni sovuq suv bilan to‘ldirilgan vannaga qo‘ymang, bu uning ko‘krak qismini bosilishiga va nafas yo‘llarining o‘tkazish qobiliyatini qiyinlashishiga olib keladi.
Issiq ob-havo paytida plyajda o‘zini tutish qoidalari
Agar Siz issiq ob-havo paytida plyajda yoki daryo (soy) bo‘yida dam olayotgan bo‘lsangiz, doim esingizda tuting quyoshda havo xarorati +50 OS va undan ortiq bo‘lishi mumkin. SHu paytda suvning xarorati +22 OS - +26 OS bo‘ladi. Bunda xaroratlar farqi 25- 30 O Sni tashkil qiladi.
Agar suvning bo‘yida quyoshda uzoq vaqt bo‘lib, birdan suvga kirsangiz (suvga tashlansangiz), bunda xaroratlar farqi tufayli o‘pka siqilishi (nafas olish qiyinlashib) va yurak urishi to‘xtab qolishi mumkin.
SHuning uchun, suvga kirishdan oldin badanni xo‘llab (bel, ko‘krak va x.k.), suvga moslashish kerak. Bunga ko‘proq keksa yoshdagi kishilar amal qilishlari zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi