Qaddimni burib qarashim bilan bu yaʼna u ekanini his qildim meni quchgancha yarim egilib yuzimga yaqin turar ekan men shunchaki koʻzlarimni katta katta ochgancha unga qarab turgan edim u goh labimga goh koʻzimga qarar ekan birdan oʻzimga kelib qaddimni tikladim keskin harakat tufayli oyogʻimda qattiq paydo boʻldi va chiday olmay choʻkkalab qolganimda u yaʼna qoʻlimdan ushlab oldi va yaʼna bir qoʻlini yelkam pastrogʻida oʻtkazib ushlab oldi
Jungkook: ehtiyot boʻl, jarohating jiddiy koʻrinadi
Taeri: hech qisi yoʻq hammasi joyida shunchaki qayirib olganman xolos, oʻtib ketadi
Jungkook: aftidan oddiy qayirib olishga oʻxshamaydi, qani yurchi
U shunday deb meni yetaklashni boshladi, ammo qarshilik qilib oʻzim degan paytim yaʼna yiqilishimga sal qoldi u esa oxiri meni qoʻliga koʻtarib oldi va polatalardan biriga olib kirdi
Taeri: hoy nima qilyapsan, esingni yeganmisan tushir meni hoy kimga gapirgayman tushir meni
Jungkook: tipirchilashni bas qil, yoʻqsa battar axvoling ogʻirlashadi
Meni olib kelib yotoqqa qoʻydi va hamshira chaqirib keldi, hamshira kelib oyogʻimni koʻrdi va doktorni chaqirdi biroz vaqtdan soʻng ular uyogʻimni oʻrab qoʻyishdi gipsga qarab koʻzlarim hayrattan kattalashdi ha Taeri oyogʻingni yaxshigina sindiribsan qoyil, buyogʻiga endi singlingga kim pul topadi aytchi...
Taeri: axmoqman oʻzimni asrashim kk edi
Men asabiylashgancha boshimni mushtlab telbaga oʻxshab ura boshladim va shu payt u qoʻlimdan ushlab meni toʻztatib qoldi
Jungkook: nima qilyapsan, seningcha boshingni urganing bilan nimadir oʻzgarib qoladimi
Taeri: agar ovsar boʻlmaganimda shunday boʻlmasdi, endi nima qilaman
Jungkook: asabiylashma, yaqinda tuzalasan, koʻrmagandek boʻlib ketasan
Taeri: uncha kim menga pul topib beradi kim singlimni molajasiga pul topib unga qaraydi, hoʻsh...
Jungkook: xavotir olma, men bormanku yordam beraman
Taeri: menga begonalarni yordamini keragi yoʻq
Jungkook: qaysarlik qilmasangchi, menga ishonmayapsanmi yoki
Taeri: bugun tanishgan odamimga qanday ishonay, men shunchalik ishonuvchan odamga oʻxshab koʻrinyapmanmi
U bir muddat jim boʻldi va koʻzlarini shilingan qoʻlimga yoʻnaltirdi
Jungkook: axx bu doktorlar hech ishini toʻliq bajarmaydi...
U shunday deb xonani uyoq buyogʻiga qarab keyin nimadir topib qoʻlida olib keldi aftidan tibbiy quti koʻrinadi, qutini ochdi va ichidan bint va spirt olib menga yuzlandi
Jungkook: ijozat berasanmi?
U qoʻlimga ishora qildi va men ham ikkilanishsiz unga jarohatlangan qoʻlimni berdim va u asta sekin qoʻlimga spirt quyib arta boshladi. Achishishdan koʻzimni yumib yuzimni burishtirib zoʻrgʻa chidadim u buni sezib harakatini yanada sekinlatdi va puflay boshladi men ham sekin bunga koʻnikib koʻzimni u tomon qaratdim va savol berdim
Taeri: nega unday qilyapsan
Jungkook ishida davom etgancha ʼʼ yaʼniʼʼ
Taeri: nega menga yordam beryapsan
Jungkook: chunki buni oʻzim xohlayapman
Bu gapdan beixtiyor kulib qoʻydim,
Taeri: ishonish qiyin, hozirgi kunda odamlar bir biriga shunchaki yordam bermaydi, ayniqsa kelgindi begonalarga
U qoʻlimni bogʻlab boʻlgach qutini ichiga barcha buyimlarni solgancha
Jungkook: hamma odamlar ham bir xil emas, biror manfaat yoʻlida yordam beradigan, beminnat yordam beradiganlar bor lekin ularga ishonch yoʻq nega
Taeri: chunki haqiqat deganlarimiz baʼzan biz ishonib qolgan ertak yoki uydirma boʻlib qoladi, bunga odamlarni oʻzi tufayli moyillik katta
Jungkook: baʼzan shunday boʻlishi mumkin, lekin har doim shu strategiya bilan yashab qolma, men mashinamda urib yuborganim bu bir tasodif albatta, ammo yordamim bn bu aybimni yuvishni istayman
Taeri: mayli senga ishondim, ammo bilib qoʻy bu seni kechirdim degani emas, seni deb endi hech narsa qilolmayman, bu kasalxona ham tekinga men va singlimni olib oʻtirmaydi
Jungkook: shuning uchun harajatlaringizni qoplab beraman deyapman
Biroz oʻylanib qoldim bu nusxa qayerdan paydo boʻldi oʻzi bilmayman lekin hozir ayni damda unga ishonishdan boshqa ilojim yoʻq, ayni damda chorasizman...
Taeri: mayli, ammo bilib qoʻy oyogʻim tuzalishi bilan sen bilan ortiq koʻrishmaymiz degan umiddaman
Jungkook: men ham bir vijdon azobidan qutilib tinch yashashni istayman
Shunday qilib oʻsha joyda goʻyoki shartnoma tuzayotgan odamdek qoʻl berib shartlashdik...
7 kundan soʻng...
Mana oradan shuncha kun oʻtdi oyoqlarimni istamasamda ishlatishga harakat qilardim men bu holatda bunday yurolmayman ochigʻi Jungkookning har kuni bizdan kelib habar olishiga oʻrganib qolibman, negadir u bugun yoʻq. Toʻxta nega oʻylayapman oʻzi kelmasa kelmas balki endi bizdan hadeb habar olish joniga tekkandir, qarzdimni uzdim deb hisoblagandir, mayli endi nima boʻlmasin oyogʻimdagi bu baloni yechishim kk. Aravamni bir necha asboblar turgan stol yoniga haydab bordim va qoʻlimga qaychini olgancha avval qoʻlimdagi bintni yechib keyin amallab oyogʻimdagi gipsni amallab yechib tashladim. Qaddimni tiklar ekanman yurishni endi boshlagan chaqaloq kabi qadam tashlay olmay qoldim, bir zum muvozanatni saqladim va egnimga Jungkook keltirib bergan kiyimlarni kiyib oldim va xonadan chiqdim birinchi boʻlib Sora yotgan palataga bordim u yerda doktorni koʻrib unga murojaat qildim
Taeri: doktor singlimni axvoli yaxshimi
Doktor: singlingizni holati barqaror ammo singlingizga oqqon tashxisi qoʻyilganidan xabaringiz bormi?
Taeri: ha bor uni tezda operatsiya qilish lozim
Doktor: singlingizni davolash uchun anchagina mablagʻ kk
Taeri: qancha doktor
Doktor: ancha...
Taeri: men pul topaman albatta
Doktor: mayli, qancha tez boʻlsa shuncha yaxshi
Taeri: hoʻp janob, lekin... Bir narsa mendan boshqa kimdir singlimni koʻrishga kelmasin yoki pul bermasin iltimos...
Doktor: albatta
Men endi doktor bilan gapimni yakunlab ketayotganda uni gapi yaʼna meni toʻxtatdi
Doktor: bilasizmi, men sizga yaʼna bir yaxshi taklif bergan boʻladim
Taeri:... ( Ortga oʻgirildim
Doktor: singlingizni Seulga olib boring, tan olish kekakki u yerda qiyinchiligingiz kam boʻladi...
Doktorning bu gaplari menda chuqur oʻyga tolishga majbur qildi, nima boʻlganda ham Seul poytaxt malakali doktorlar bor balki arzonga ham tushar, Ee Xudo nimalar boʻlyapti oʻzi bu odamlar buncha yaxshi menimcha tush koʻryapman yoki Koreya misoli ichqora va oqkoʻngillar birga yonma yon yashaydigan maskan...
Shunday qilib koʻcha aylanishga chiqdim. Koʻcha biroz sovuq boʻlgani uchun biroz pinjimga kirgancha u yoqdan buyoqqa alanglab qaray boshladim begona shahar begona manzillar kelganimdan beri faqat shifoxonani koʻrganim uchun oddiy shahar ham menda boshqacha taassurot qoldirdi. Biror bir eʼlon koʻrib ish qidirish ilinjida edim, tan olish kerakki Koreya va Xitoy oʻrtasida katta tafovud bor juda katta... Shunday qilib koʻcha boʻylab borar ekanman eʼtiborimni muyirishdan sal narida boʻlayotgan shovqin eʼtiborimni tortdi oqshom paytida bu qanday ovozlar boʻldi balki biror klub bordir, balki menga biror ish topilib qolar... Shunday qilib oʻsha tomonga bordim, aftidan klub emas kattagina turnir maydoni edi, aftidan bu yer oddiy joy emas koʻrinadi. Shunday qilib jang uchun bong urilar ekan ortaga ikkita raqib tushdi men ular kimligini bilishni juda xohladim va u yerga yaqin bormoqchi boʻldim va toʻxtab atrofga qaradim, bu shubhali joyda har narsani kutish mumkin kiyimimni bosh kiymini kiydimda ring maydoni tomon yaqinlashdim birdan koʻzim raqiblardan biriga tushdi va beixtiyor lablarimdan uning ismi chiqdi
Taeri: Jungkook...
Shunday qilib jang boshlanib ketti, jang chinakamiga ayanchli va shiddatli tus ola boshladi Jungkook raqibiga biqin hamda jagʻ qismidan ketma ket zarba berar ekan raqibi ham boʻsh kelmay uni siltab yelkasida koʻtarib yerga tashlab yuboradi va Jungkook shiddat bn yana oʻrnidan turib zarba berar chogʻ raqibi ham oʻzini himoya qilgancha pinjiga kiradi va bir necha yon zarbalar, jang ayovsiz tarzda tus olar ekan oxiri jang Jungkook raqibini burniga tizzasi bn aylanma zarba berib nakaut qilishi bn yakullandi, hakam Jungkookni qoʻlini balandga koʻtarar ekan Jungkook hansiragancha kulib atrofda uni ismini aytib baralla hayqirayotgan muxlislariga qoʻl silkir edi va birdan shiddat bn men tomon qaradiki goʻyoki men kelishimni sezgandek, keyin esa men tomon qadam bosib kelar ekan shu topda bir qiz meni turtib oldimga chiqdi
Taeri: hoy koʻzinga qarasang boʻlmaydimi nima koʻrmisan
Qiz: oyoq tagida turmaslik kk edi qoch sevgilim men tomon kelyapti
Bu gapdan keyin ensam qotdi va endi ortimga oʻgirilib ketayotganimda kimdir qoʻlimdan ushlab qolganini sezdim bu Jungkook edi
Jungkook: Taeri... Bu yerda nima qilayapsan
Taeri: men... Shunchaki... Ish izlab yuribman... Oʻzingchi
Jungkook: koʻrib turganingdek turnirda qatnashdim, janggimni koʻrgandirsana
Taeri: ha koʻrdim ochigʻi qoyil qoldim
Jungkook: ( kulgancha) ha... Toʻxta yuryapsanmi oyogʻing tuzaldimi, bir pasdaya
Taeri: ha umuman olganda jiddiy jarohat emas edi, va meni ushlab turoladigan darajada emas
Jungkook: nima boʻlganda ham oʻzingni urintirish kk emas edi
Men Jungkook bn samimiy suhbat qurar ekanman bu boshqa tomondan baʼzilarning gʻazabini oxirgi nuqtasigacha toshirmoqda edi...
1 oydan soʻng...
Restaranda idishlarni yigʻib boʻlib endi nafasimni rostlash uchun oʻzimni erkin qoʻyib endi idishlarni qoʻyaman degan mahal oʻsha qiz yaʼna qarshimda paydo boʻldi, ochigʻi uni yuziga qarashga ham holim yoʻq edi nima deyotgani esa umuman qulogʻimga kirmasdi birdan esa qoʻlimdagi narsalar qattiq zarb bn yerga tushib chil chil boʻldi, ovoz butun retoranni egallar ekan tobora gʻazabim qaynab qoʻllarim musht holga keldi tomirlarim boʻyinlarimdan tortishib bilinar darajaga kelar ekan zoʻrgʻa oʻzimni bosgancha bu alvastini tinglashga tushdim garchi toqatim boʻlmasa ham
Anna
Anna: sen megajin qayerdan paydo boʻlding, sen kelgandan beri Jungkookda halovat yoʻq, doim sen kabi noshudga yordam beraman deb hotirjam oʻtirgan kuni
Taeri: menga qara birinchidan men sevgilinga menga yordam demadim oʻzi meni yonimda oʻralashib yuribdi, ikkinchidan bu yerda yagona noshud sensan, noshudligingdan sevgiling boshqa qiz bn deyarli vaqtini oʻtqazyapti
Anna: voy sen lanatiyey
U shunday deb menga tashlana ketti oramizda deyarli soch yuldi boshlagandi birdan yaʼna qayerdandir Jungkook paydo boʻldi va bizni ajratib meni orqasiga oldi va Annaga qarshi turib oldi bu holatda esa ichimda qandaydir shaytoniy hayol oʻtdi va ayyorona jilmaygancha annaga yuzlabdim
Taeri: ayni damda ham u men tomonda...
Bundan jahli chiqqan Anna qoʻliga shisha idish oldida e men tomon yaqinlashib idish bilan urayotgan mahal qoʻlim bn qulogʻimni yopib pastga qaragan vaqt shisha idish singan ovozi keldi ammo menga tegmagan edi boshimni koʻtarib qaraganda Jungkook qoʻli bn toʻsib qolganini koʻrdim, bu aqldan ozgan qiz shunchalik qattiq urganki xatto Jungkookni kiyimidan ham oʻtib jarohatlagan edi.
Anna: J.jj.u.ng.k..ook me.n b.i.l..ma.y qoldim
Jungkook: Anna ket
Anna: men ata..
Jungkook: Anna ket dedim
Anna: ammo...
Jungkook: KET
Anna:...
Bir soʻz deyolmay qoldi ammo ketayotgan mahal ham menga shunday maʼnoli qaradiki goʻyoki sen bn ishimiz tugamadi degandek....
Jungkook: ufff e xudo
Taeri: bunday aqldan ozgan sevgiling boshqa yoʻq deb oʻylayman
Jungkook: u meni sevgilim emas
Taeri: nahotki...
Jungkook: ahvoling yaxshimi
Taeri: bu savolni senga berish kk, jarohating jiddiy koʻrinadi
Jungkook: hech qisi yoʻq oʻtib ketadi...
Jungkook mendan qoʻlini olib qochdi ammo qoʻlini ushlab oldim va
Taeri: qaysarlik qilma bu qoʻling hali koʻp kk boʻladi, axir sportchisan
Jungkook:...
Uni qoʻlidan ushlab oldim va atrofga alanglab tinchroq joyga olib borib oʻtqazdim va oʻzim tibbiy qutini olib keldim va uni qoʻlini bogʻlashni boshladim, u menga shu jarayonda qilt etmay qarab turarkan bundan biroz noqulay boʻldim va unga qarab
Taeri: nima, nega boyadan beri qarab turibsan
Jungkook: shunchaki
Taeri: yuzimga nimadir tegindimi
Jungkook: yoʻq hammasi yaxshi shunchaki kichkinaligimda oyim uxlamagan paytim qoʻrqitish uchun ʼʼ agar uxlamasang Xitoylik jodugar olib ketadiʼʼ derdilar
Taeri: ( kulgancha) nima jodugar?
Jungkook: ha shunday qilib hatto yaqin oragacha xitoyliklarni xunuk deb hisoblardim ammo seni uchratib qattiq adashganimni tushunib yetdim
Jungkookni bu gapidan soʻng kulgim biroz zayiflashdi va uyalganimni sezdirmaslikka harakat qilib jilmayib qoʻydim va ishimni yakunladim.
Va jiddiy yuz ifodasini paydo qildim va
Taeri: menga yaqinlashma
Jungkookni birdan yuzi oʻzgarib jiddiy holga keldi vs va menga tushunarsiz qarab turgan edi
Taeri: men kimdir menga yaqin boʻlishini xohlamayman
Jungkook:...
Taeri: meni oʻz muammolarim oʻzimga yetarli boshqalarni bunga aralashtirishni istamayman
Shunday deb oʻrnimdan turib ketishga chogʻlangan vaqtim Jungkookni gapi meni toʻxtatdi
Jungkook: men senga yordam bermoqchiman va bermoqdaman bu hech qanday muammo emas
Taeri: muammo menda senda emas, xudbinligim chegarasi yoʻq
Oxirgi soʻzim shu boʻldi keyin restaranni tark etdim ish vaqtim tugagan edi. Chinakamiga Jungkook menga koʻp yordam berdi va bularni yerda shunday qoldirib boʻlmaydi garchi u buni istamasa ham, lekin bir narsa qiziq... Nega u menga yordam beryapti, maqsadi nima inson bemaqsad ish qilmaydi, ikkita sabab bor, biri yo u kimnidir turtkisi bn shunday qilyapti yoki boshqa biror sabab... Bir zum kelgan hayollarimni tarqatib yubordim ayni damda hayolga berilib oʻtirolmayman dam olib ertaga Sorani yoniga borishim kk...
Erta tong...
Erta uygʻondim va tayyorlanib Sora uchun ajoyib taom tayyorladim, yoʻlga tushdim, ochigʻi bugun kayfiyatim juda yaxshi edi toki oʻsha nusxani koʻrmagunimcha...
Qora soʻngi rusumli qora Mersedesdan tushgan nusxani koʻrib nafasim ichimga qaytib ketgandek boʻldi, azoi badanimdan jon borim chiqib ketgan boʻlsa ham bir amallab yurishga holi qolmagan oyoqlarimni ishga soldim va iloji boricha tezroq qutulish uchun yashirinib tez ortimga qaytdim. Bir necha daqiqa ichida uyimga yetib bordim eshikni yopib bir zum suyangancha oʻylab qoldim va tushunib yetdimki bu yerda qolib boʻlmaydi... Tezda narsalarimni yilishtirdim va shifoxonaga bordim hayroyatki Sora yurayotgan edi, xonasiga keldimda tezda uni tayyorlashni boshladim
Sora: nimadir boʻldimi
Taeri: hozir tushuntirishga vaqt yoʻq ketishimiz kk
Sora: lkn Taeri qayerga boramiz
Uning bu gapidan soʻng bir pas toʻxtab qoldim va doktorning gapini esladim
Taeri: biz Seulga ketamiz, u yerda seni davolay oladigan doktorlar bor
Sora: rostanmi, u yerda siz qiynalmaysizmi
Singlimning bu gapidan koʻzim oʻngimda oldingi damlarimiz gavdalandi va koʻzim yoshlandi, qoʻlimni uni yuziga olib bordim va jilmaygan koʻyi
Taeri: biz u yerda baxtli yashaymiz hamma muammolarni unutib
Bir pas shunday turdik vaen yaʼna oʻzimni oʻnglab hamma narsani yugʻib boʻlgach Sorani shifoxonadan olib chiqdim va Taxi toʻxtatdim. Biz taxiga oʻtirgach biroz muddat oʻtib ortimizdan yaʼna bir mashina ergasha boshladi men taxi haydovchisiga tezlashishini aytdim ammo u mashina ham tezlashdi va birdan biz kutmagan holda oldimizni toʻsdi, shu payt ichimga tushgan gʻulgʻula sabab ryugzagim va Sorani qoʻlini mahkam siqdim...